Sinfdan tashqari musiqiy tarbiya ishlarida musiqiy to'garaklar


Download 30.26 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi30.26 Kb.
#1120764
  1   2   3
Bog'liq
SINFDAN TASHQARI TO\'GARAKLAR ISHI


Sinfdan tashqari musiqiy tarbiya ishlarida musiqiy to'garaklar
Sinfdan tashqari musiqiy tarbiya ishlari maktabning turli to'garaklar - xor, cholg'u ijrochiligi, yakka qo'shiqchilik, turli ansamblarni tashkil qilish shakl larida amalga oshirilmoqda.
Yakka cholg'uchilik to'garagi
O'zbek xalq musiqasi hamda milliy musiqamizni anglashdagi eng muhim vositalardan biri o'zbek cholg'ulari bo'lib, yakka cholg’uchilik to'garaklari ushbu vazifani bajarishda yoshlarni to'g'ri yo'naltiruvchi omillardan biri sanaladi. Yakka cholg'u ijrochiligi to'garaklari musiqani o'rganishga intilayotgan bolalarga bilim olish unkoniyatini beradi. Maktab to'garagiga yoshi va musiqa tayyorgarligi saviyasidan qat'iy nazar, xohlagan bola kelishi mumkin va bu maktab musiqa hayotining barcha shakllarining samaradorligini ko'tarishiga ko'maklashadi.
Yakka cholg’uchilik to'garaklari biror bir milliy cholg'uda ijro etish malakalarini shakllantirishga va mazkur cholg'u yordamida dastur tayyorlashga qaratilgan bo'ladi. Mashg'ulotlarda milliy cholg'ularning kelib chiqish tarixi, ijrochilik imkoniyatlari, tembr xususiyatlarini to'la-to'kis ochib berish, ular orqali milliy musiqamizning lad va ohanglari, usul xusuiyatlarini to'g'ri idrok etishga c'rgatadi. Dastlab ijro cholg'usi haqida tushunchalar beriladi. So'ng boshqa sozlar - yakkaparvoz, jo'rparvoz, cholg'u ansambli va orkestr haqidagi ma'lumotlar berib boriladi. Undan tashqari milliy musiqiy janrlar: kasbiy va ommaviy janrlar haqida tushunchalar beriladi. Kasbiy ijodiyot namunalaridan - katta ashula, maqom, dostonchilik, ommaviy janrlardan - lapar, yalla, terma, allalar, yor-yorlar va bolalar qo'shiqlari ham amaliy ham nazariy jihatdan o'rgatilib boriladi. Cholg'uchilik to'garaklarida o'quvchilarni nafaqat cholg'u asbobida ijro etish, balki ularni ma'naviy, estetik, madaniy va jismoniy rivojlantirishga kuchli e'tibor qaratiladi.
Vokal-cholg'u ansambli to’garagi
Vokal-estrada studiyalari va vokal-choig'u guruhlari bugungi kunda maktab o'quvchilarini musiqaga jalb etislming eng ommaviy shakliga aylanib ketdi. Ba'zan esa ular musiqali-ma'rifiy ishlarning markaziga aylanib, yosh avlodni zamonaviy musiqaga jalb etib, unga bo'lgan qiziqishini uyg'otmoqda, yaxshi musiqaviy didni tarbiya]ashiga xizmat qilmoqda. Ammo ko'p hollarda, ularning faoliyati jamiyatimizning ma'naviyati va axloqiga yot bo'lgan, badiiy va musiqiy sifati jihatidan talab riarajasida bo'lmagan namunalarni ommalashuviga sabab bo'lmoqda. O'quvchilarning maktabda vokal-cholg'u ansamblni tuzish tashabbuslarini qo'llab-quvvatlagan holda, o'qituvchi ularga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan asarlarni tanlashiga yordam berib, bolalarnnng faoliyatini to'g'ri yo'lga qaratmog'i lozim.
Vokal-cholg'u ansambllarining ommaviy musiqiy tarbiyadagi ahamiyati ijobiy yoki salbiy xaraktyerda bo'lishi ularning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari, shuningdek, ular faoliyatining mazmuni va mohiyatiga bog'liqdir.

Download 30.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling