Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif. Reja: 1
Download 37.78 Kb.
|
Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabda darsdan avval o’tkaziladigan gimnastika
Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif. Reja: 1. O’quv kuni tartibida jismoniy tarbiyaning shakllari. 2. Jismoniy tarbiya daqiqasi. 3. Katta tanaffusda o’tiladigan o’yinlar. 4. Jismoniy tarbiya bo’yicha maktabdan tashqari ishlar. Umumtalim maktablari o’quv kuni tartibidagi jismoniy tarbiyaning shakllariga quyidagilar kiradi: mashg’ulotgacha gimnastika mashqlari, jismoniy mashq daqiqasi, tanaffuslar vaqtidagi o’yinlar, kuni uzaytirilgan guruhlardagi sport soati, sayrlar. Maktabda darsdan avval o’tkaziladigan gimnastika har kuni birinchi dars oldidan o’tkaziladi. O’quvchilarga gimnastika qildirishdan maqsad, bir tomondan, ulaming sog’lig’ini mustahkamlash bo’lsa, ikkinchi tomondan, o’quv materiallarini puxta o’zlashtirishga erishishdir. Darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika o'quvchilaming diqqatini faoliyatga jalb etadi va ulami darsga tayyorlaydi. Darhaqiqat, maktabga bolalaming ba'zi birlari oldin kelsa, boshqalari gimnastikaning boshlanish paytiga yetib keladi. O’quvchilaming ba'zilari maktabga kelgunga qadar o’ynab, yugurishga ulgurgan bo’lsa, boshqalari kechikmaslik uchun shoshilib kelishadi, ayrimlari shoshilmasdan, lanj holatda keladilar, ya'ni dars boshlanishidan oldin hamma o’quvchilaming ham diqqati bir yerga to’rejamagan bo’ladi. Shuning uchun ulaming diqqatini jamlash va aqliy mehnatga tayyorlash lozim. Ana shuning uchun ham mashg’ulotdan oldin o’tkaziladigan gimnastika ayni muddaodir. Maxsus tanlab olingan mashqlar bolalami tinchlantiradi, ulardagi hayajonlanish holatini bosadi, tetiklashtiradi. Darsdan oldin bajariladigan gimnastikam har bir maktabda o’tkazish shart. Maktab ma'muriyati va jismoniy tarbiya o'qituvchilari bu tadbimi yaxshilab yo’lga qo’yish uchun o’qituvchilar jamoasi, o’quvchilar, ota-onalar bilan birgalikda tayyorgarlik ishlarini olib borishi kerak. Agar pedagoglar yig’ilishida darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika jiddiyroq muhokama qilinsa, bu holda gimnastika maktab hayotiga tezroq singadi. Mashg’ulotgacha gimnastika o’tkazilishi maktab direktorining buyrug’i bilan e’lon qilinsa, yanada yaxshi bo’ladi, chunki bu holda o’quvchilaming intizomi yaxshilanib. bu muhim tadbirga butun jamoa safarbar qilinadi. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi darsdan oldin gimnastika mashqlarini o’tkazish uchun eng yaxshi o’quvchilar va faollami o’zigayordamchi qilib tayyorlashi kerak. O’quvchilarga mashq majmualanm jismoniy tarbiya darslarida o’rgatish mumkin. Ular esa bu majmualami uyda o’zlari mustaqil ravishda puxtalaydilar. Jismoniy tarbiya darslaridan vaqtincha yoki butunlay ozod etilgan o’quvchilar shifokoming maslahati bilan uyda har kuni ertalab gigienik gimnastika mashqlari majmuasini bajarishlari lozim. Ko’pchilik maktablaming tajribasiga asosan, o’quvchilarda darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastikaga havas uyg’otish uchun sinflararo musobaqa tashkil etilib, maxsus salomatlik burchagi tuzish, unga natijalarm yozib borish shart. Buning uchun faollardan hakamlar tanlanib, ular har bir sinfning mashqlarni bajanshi, xulqi, faolligini baholaydilar. O’quvchilaming uyushqoqligi ko’p jihatdan ular bilan olib borilgan tayyorgarlik ishlariga bog’liq bo’ladi. Mashqlarni bajarish uchun har bir sinfga maydondan alohida doimiy joyni ajratib qo’yish lozim. Mashqlarni jamoatchi faolning navbatchi o’qituvchiga raport berishidan boshlash kerak. Gimnastika mashqlari musiqa bilan o’tkazilsa yanada yaxshi bo’ladi. Darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika 8—10 minut davom ettiriladi. Kichik sinflarda mashqlarni bajarish vaqti 5-7 minutgacha qisqartiriladi. Har bir mashqlar kompleksini o’quvchilarga 10-15 kun davomida bajartirish mumkin. O’quvchiiarda mashq bajarishga bo’lgan havasni oshirish maqsadida har ikki-uch kundan keyin majmuaning biror qismini o’zgartirib turish lozim. Darsdan oldin bajariladigan gimnastikaning asosiy mazmunini umumrivojlantiruvchi mashqlar tashkil qilib, ular butun organizmni, barcha mushaklami rivojlantirishga qaratilgandir. Hamma o’quvchilami barabanga joylashtirish imkoniga ega bo’lgan maktablarda bu mashqlami yurish, yugurish harakatlari bilan to’ldirib borish tavsiya etiladi. Mashg’ulotgacha o’tkaziladigan gimnastika mashqlarini ham muayyan bir izchillikda qo’llash, ulaming organizmga ta'sirini asta-sekin oshira borish kerak. Darsdan oldin bajariladigan gimnastikani yurishdan, mushaklarga me'yorda ta'sir etadigan harakatlardan boshlash, birdan zo’r berib bajariladigan mashqlami qo’llamaslik kerak. Majmua tanlashda barcha mushaklami rivojlantiradigan mashqlarga e'tibor beriladi. Ular vaqti-vaqti bilan navbatlashtirib turiladi. Bu mashqlar qon aylanishini yaxshilaydigan, chuqur nafas olish va qaddi-qomatning to’g’ri rivojlanishiga yordam beradigan “kerishish” shaklidagi mashqlardan iboratdir. Ikkinchisi oyoqlami bukish va qonning butun organizmga tekis tarqalishi imkonini beradigan “cho’qqayish” shaklidagi mashqlar, uchinchi, to’rtinchi va beshinchilari - gavda mushaklarini rivojlantimvchi mashqlar. Ular qorin mushaklarini mustahkamlaydi va ichki a'zolaming me'yorda ishlashini ta'minlaydi, Bu mashqlar orqa mushaklami ham rivojlantirib, qomatni to’g’ri shakllantiradi, bukrilikning oldini olib, gavdaning qovurg’a mushaklarini mustahkamlash imkonini beradi. Oltinchisi - siltanish harakatlaridan iborat bo’lgan mashqlardir. Bunday mashqlar natijasida bo’g’imlar chaqqon ishlaydi, bilak, oyoq va ko’krak qafasi yaxshi rivojlanadi. Yettinchisi - sakrash, yugurish va chaqqonlik bilan cho’nqayish mashqlari bo’lib, ular nafas olish va qon aylanishini, barcha ichki a'zolaming faoliyatini kuchaytiradi. Mashg’ulotgacha o’tkaziladigan gimnastika turgan joyda yurish, chuqur nafas olish va to’g’ri qomatni his ettiruvchi mashqlar bilan tamomlanishi lozim. Maydonda yoki bino ichida har bir sinfni bemalol joylashtirish imkoniyati bo’lgan paytlarda mashqlami buyumlar bilan o’tkazish tavsiya qilinadi. Buyumlami maydonchaga oldindan shunday joylash kerakki, o’quvchilar saf tortish yoki darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika mashqlarini bajarish uchun o’z joylariga kelganlarida, ulami qo’llariga olishlari qulay bo’lsin. Jismoniy tarbiya daqiqasi. Uning maqsadi - hordiqni chiqarish, o’quvchilar ish qobiliyatini oshirish. Ma'lumki, uzoq vaqt qimirlamasdan o’tirish natijasida qo’l va oyoq barmoqlarining, tos, qorinning qon bilan ta'minlanishi susayadi. Bosh miyaning qon bilan ta'minlanishi yomonlashsa, kishining asab hujayralari ish faoliyati susayadi, bu esa, o’z navbatida, diqqatga ham salbiy ta'sir ko’rsatadi. Bu o’zgarishlar bolalarga ham xos. Oqibatda bola charchaydi, uning ish qobiliyati pasayadi, mashg’ulotlardan chetlashadi, e'tiborsiz, har narsani unutadigan bo’lib qoladi, o’quv matenallanni o’zlashtira olmaydi. Aqliy va jismoniy yuklamani o’z vaqtida almashtirib turish, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish faoliyatida muhim o’rin tutadi. Olimlarning kuzatishlaricha, birinchi sinf o’quvchilari uzluksiz 15-20 daqiqa davomida diqqatlarini jamlab o’tirishlari mumkin ckan. 35 minutli mashg’ulotdan keyin ularda ish qobiliyati keskin susayadi. Dars paytida ko’rish va eshitish organlari, tana, ayniqsa, orqa kurak qismi mushaklari, qo’l barmoqlari ko’proq yuklama oladi. Charchashning boshlang’ich holatida markaziy asab tizimining qo’zg’alishi jarayonida o’quvchilar xulqi tez o’zgaradi. ular o’qish faoliyatidan chalg’iydilar, o’qituvchining tushuntirishini e'tiborsizlik bilan tinglaydilar, gaplashadilar, o’rinlaridan turib ketadilar. Mana shunday holatda 2-3 ta jismoniy mashqni to’g’ri tanlash charchashm yo’qotadi, o’quvchilar diqqatini yaxshilaydi, ulaming ishlash qobiliyatini oshiradi. Jismoniy mashq daqiqalari oddiy, murakkab koordinatsiyani talab etmaydigan 2-3 ta mashqlar majmuasidan iborat bo’lib, ular qo’llar, tana, bosh, oyoq uchun mo’ljallangandir. Mushaklaming katta qismini qamrab oladigan va asosan statik kuchlanishni yo’qotadigan, nafas olishni faollashtiradigan, qon va limfa aylanishlarini kuchaytiradigan mashqlar majmuasi tanlab olinadi. Jismoniy mashq daqiqalarini hamma darslarda o’tkazish shart. O’quv faoliyatining turiga qarab mashqlar o’tirgan yoki turgan holda bajariladi. 1-2 daqiqagacha davom etadigan 3-4-mashqning har biri 4-6 marta takrorlanadi. Majmuaning 1-mashqi qo'llami harakatlantirgan holda turlicha dastlabki holatlardan cho'zilish, rostlanish, hamma bo’g’imlarda egilish mashqi bo’lishi kerak. 2- mashq - tanani o’ngga, chapga burish, oldinga va orqaga engashish, 3-mashq - oyoqlami bukish va rostlash, tizzada bukilgan oyoqlami ko’tansh, partada o’tirgan holda turish va dastlabki holatga qaytish, turgan holatdan o’tirish va hokazolar. 4- mashq esa tinchlantimvchi va oddiy mashqlar bo’lishi kerak. Mashqlar aniq, to’g’ri, chiroyli, nafas olish ritmiga mos bajarilishi zarur Jismoniy mashq daqiqalarini musiqa ohanglari ostida o’tkazish ham qo’llaniladi. Musiqa o’quvchilaming dam olish samaradorligi uchun qo’shimcha omil bo’lib, ularga ijobiy hissiyot beradi, harakat bilan bog’langan holda ish qobiliyatini oshirishning samarador vositasi bo’ladi. Download 37.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling