Sinflar uchun matematika Variant I 1-15 testlar qiyinlik darajasi I, har bir to`g`ri javobga 2,1 balldan


savollar-qiyinlik darajasi II, har bir to`g`ri javobga 3,2 balldan


Download 23.17 Kb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi23.17 Kb.
#251832
1   2   3   4
Bog'liq
5-6-7 sinflar uchun testi

savollar-qiyinlik darajasi II, har bir to`g`ri javobga 3,2 balldan.

  1. It o`zidan 60 m narida turgan tulkini quva ketdi. It har sakraganda 2m, tulki esa 1 m masof ani o`tadi. Agar it 2 marta sakraganda tulki 3 marta sakrasa, it o`zidan necha metr masofada tulkini quvib etadi.

A) 240 B) 30 C) 120 D) 40

17) Elektron soat ekrani soat ( ikkita raqam, 00 dan 23 gacha) va minut( ikkita raqam, 00 dan 59 gacha)ni ko’rsatadi. 00:01 dan 23:59 gacha bu soat necha marta chapdan o’ngga va o’ngdan chapga o’qiganda bir xil bo’lgan vaqtni ko’rsatadi?

A) 10 B) 13 C) 15 D) 18

18) 1-quvur hovuzni 6 soatda, 2-quvur esa 12 soatda to`ldiradi. Ikkala quvur barobar ochib qo`yilsa, hovuz qancha vaqtda to`ladi?



  1. 5 soatda B) 4 soat 30 minutda C) 3 soat 30 minutda D) 4 soatda

19) Bir kishi bozorga tuxum olib keldi. Birinchi xaridorga u jami tuxumlarning yarmini va yana 1 dona tuxum, ikkinchi xaridorga qolgan tuxumlarning yarmini va yana 1 ta tuxum, uchinchi xaridorga qolgan tuxumlarning yarmini va yana 1 ta tuxum sotdi. Shundan so`ng uning savatida 10 dona tuxum qoldi. Kishi necha dona tuxum olib kelgan?

  1. 47 ta B) 84 ta C) 94 ta D) 100ta

20) Kesma uchta bo`lakka bo`lindi. O`rtadagi kesmaning uzunligi 25 cm, chekkadagi kesmalar o`rtalari orasidagi masofa 45 cm. Katta kesma uzunligini toping.

A)115 cm B) 65 cm C) 60 cm D) 70 cm

21) 10 nafar ishchi buyurtmani 8 kunda bajarishi kerak edi. Ular 2 kun ishlagach, ishni 3 kundan keyin bajarish haqida ko`rsatma olishdi. Buyurtmani keyin aytilgan vaqtda bajarish uchun yana necha kishini ishga jalb qilish kerak.

A)5 B) 10 C) 20 D) 15



  1. O’quvchi dastlabki 2008 ta tub sonlarni ko’paytirib chiqdi. Ko’paytma nechta nol bilan tugaydi?

A) 0 B) 1 C) 10 D) 20

23) O’lchamlari 2×9 bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning kataklarida tangalar turibdi. Qaysidir katakda tanga bo’lmasa, unga qo’shni kataklardan kamida bittasida tanga bor (umumiy tomonga ega bo’lgan kataklar qo’shni hisoblanadi). U holda bu to’rtburchakda eng kami nechta tanga bo’lishi mumkin?

A) 4 B) 6 C) 5 D) 8

24) 1234512345123451234512345 sonida 12 ta raqam shunday o`chirilganki, natijada eng katta son hosil bo`ladi.

Shu sonning 5 raqamini toping.

A) 1 B) 3 C) 4 D) 2



25) Agar N ta juft son va M ta toq sonning yig`indisi hisoblanganda juft son chiqsa, M ning qiymati qanday son bo`ladi?

A) faqat 0 B) juft C) toq D) yoki juft yoki toq
Download 23.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling