5-SINFLARI UCHUN ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN
DIKTANT MATNI
II variant
Musiqaning qudrati
Rivoyat qilishlaricha, Olloh yaratgan o'n sakkiz ming olam ichida eng g'aroyibi bo`lgan inson dunyoga kelar ekan, unga jon musiqa orqali singdirilibdi. Shundan buyon inson o'z hayotini musiqasiz tasavvur eta olmaydi. Zero, kuy-qo'shiq kishiga cheksiz estetik zavq berishi barobarida uning qalbida ajib his-tuyg'u uyg'otadiki, u insonni doimo ezgulikka chorlaydi. Shundan bo’lsa kerak, asrlar mobaynida ota-bobolarimiz farzand tarbiyasida musiqa ilmiga alohida e'tibor bilan yondashganlar. Zotan, musiqaga, kuy-qo'shiqqa yoshligidanoq oshno bo’lgan insonning hech qachon ko'ngliga adovat, qo'lidan yovuzlik kelmaydi.
Bugun bobolar tomonidan aytilgan ushbu fikrlarning naqadar haqiqat ekanligini respublikamizning turli musiqa dargohlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning fikr-o'ylari misolida ham bilib olishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |