Сынгги ырта асрларда Ырта Осиё хонликларининг таш=и и=тисодий ало=алари


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana20.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1628892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sayyoh va elchilarning esdaliklari markaziy osiyo tarixini organishda

 
 
 
 
 
 
 




Kirish 
Yurtimizning milliy istiqlolga erishish sharofati bilan o‘zbek xalqining tarixini 
chuqur urganish xa uni haqqoniy, rostguylik asosida yoritish hamda milliy 
qadriyatlarimizni tiklash vaqti keldi. Yurtboshimiz Islom Abdug’anievich Karimov
ta’kidlaganlaridek “Bugun bizning oldimizdaShunday tarixiy imkoniyat paydo 
buldikiy, biz bosib o‘tgan yo‘llarimizni tanqidiy baholab, milliy davlatchiligimiz 
negizlarini aniqlab, buyumadaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga 
qaytib, utmishimizdagi boy aha`nalarimizni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq 
etmog`imiz kerak”
1
Yurtbishimiz tarixchi olimlar bilan bo`lgan uchrashuvda tarix fanining yangi 
yunalishlarini belgilab, milliytariximizga yangicha yondoshib, uni asl manbalar 
asosida yoritib, chuqur tahlil qilishni ta` kidladilar
2

Bugungi murakkab globallashuv davrida bunday tahdidlarga qarshi har 
tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va 
uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin. 
“Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va 
taqdirini, o‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi”
3
Mazkur malakaviy bitiruv ishida Rossiya imperiyasi, Angliya va boshqa 
qushni davlatlarning Markaziy Osiyo, shu jumladan uchala xonlik bilan olib 
borgan savdo-iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy va diplomatik munosabatlarda 
elchilar va sayyohlarning esdaliklariga katta etibor qaratiladi. 
O`rta Osiyo davlatlari uzoq davrlar mobaynida Xitoy, Hindiston, Eron, 
Afg‘oniston va Sharqdagi boshqa mamlakatlar hamda Rossiya davlati bilan iqtisodiy, 
siyosiy va madaniy aloqalarda bo`lib keldilar. Ayniqsa, O`zbekistonning qo`shni 
davlatlar bilan hozirgi kundagi yaqin do`stona aloqalarining ildizlari ana o`sha uzoq 
tarixiy davrga borib taqaladi. 
1
Islom Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddas. Toshkent. “O`zbekiston” 1995. 176-bet. 
2
Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Шарқ, 1998. 
3
Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008.- б. 9 




Ma`lumki, XVI asrdan boshlab Osiyo hududida ikkita xonlik - Buxoro va Xiva 
xonliklari, XVIII asr boshlaridan esa uchinchi Qo`qon xonligi vujudga kelgan. 
Mazkur malakaviy bitiruv ishi XVI-XIX asr birinchi yarmida uchala xonlik - Buxoro, 
Xiva va Qo`qon xonliklarining Xitoy, Hindiston, Eron, Afg‘oniston va Rossiya bilan 
iqtisodiy savdo aloqalari masalalari o`rin olgan. Ushbu malakaviy bitiruv ishini 
yozishda mahalliy manbalardan va rus sayyohlari, diplomatlari va elchilarining 
bergan ma`lumotlaridan, nashr qilingan rus va o`zbek tilidagi kitoblardan keng 
foydalanildi. 
Eslatib o`tish joizki, ilmiy ma`lumotlar davr jihatidan birmuncha kechroq 
chop qilingan. Masalan: XVI-XVIII asrlardagi rus elchi va diplomatlarining 
materiallari asosan XIX asrlarda nashr qilingan. Lekin, O`rta Osiyo 
xonliklarining qo`shni Sharq davlatlari bilan savdo aloqalari haqidagi xabarlari 
asosan, XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlarida chop qilingan asarlardan o`rin olgan. 
Ma`lumki, O`rta Osiyo xonliklarining qo`shni davlatlar bilan savdo — 
iqtisodiy aloqalari qanchalik zarur va ahamiyatli bo`lmasin, bu aloqalar ichki 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda barqarorlik yo`qligi tufayli 
tranzit savdo uchun yaxshi imkoniyatlar ochib bera olmagai. Zero, tranzit savdo 
O`rta Osiyo uchun muhim rol’ o`ynardi. SHu bilan birgalikda, so`nggi o`rta asrlarda 
– jahon savdo yo`llarining o`zgarishi, buyuk geografik kashfiyotlar, eronning 
doimiy ravishda Turkiya va O`rta Osiyo xonliklari bilan harbiy ziddiyatlari, XVI 
asrdan boshlab O`rta Osiyodagi siyosiy beqarorlik Movarounnahrning 
oldingi dovrug‘iga, ya`ni uning jahon tranzit savdo markazi maqomiga putur 
etkazgan. Shuning uchun, XVI asrdan boshlab O`rta Osiyo Rossiya bilan savdo 
aloqalaridan: ko`proq va ishonchliroq manfaatdor bo`la boshlagan. Asta-sekin 
Moskva davlati O`rta Osiyoning tashqi savdosida muhim rol’ o`ynay boshlagan. 
Ikkinchi tomondan, g‘arbda kapitalistik munosabatlarning paydo bo`lishi va 
rivojlanishi Yevropa davlatlarining Sharq davlatlariga yaqinlashuviga sabab bo`ldi. 
Jumladan, ingliz savdo kompaniyasining vakili A.Jenkinsonning O`rta Osiyoga 
yuborilishi (XVI asr) bu harakatning yaqqol isboti edi. Biroq A.Jenkinsonning hisobot 




va ma`lumotlari O`rta Osiyo xonliklari tashqi iqtisodiy munosabatlari tarixi uchun 
qimmatli material ekani biz uchun muhim
4
Tarixchi P.P.Ivanov missiyani baholab, Rossiya bilan O`rta Osiyo o`rtasida 
savdo-iqtisodiy munosabatlarni Jenkinson kashf etmagan. Jenkinson bilan 
Moskvaga kelgan savdo karvoni 1000 tuyadan iborat bo`lgani avvaldan Moskva-
O`rta Osiyo savdo munosabatlari an`anaviy darajada bo`lganidan dalolatdir, deb 
yozgan edi
5
. Haqiqatdan ham, 1556 yil Astraxan bosib olinganda, bu erda O`rta 
Osiyo savdogarlari bo`lgani ma`lum. Ular o`z tovarlari bilan Moskva davlati 
ichkarisigacha kirib borgan. Fikrimizcha, P.P.Ivanovning bu mulohazasida
haqiqat bor. 
Ma`lumki, XVI asrdan boshlab O`rta Osiyo xonliklarining Moskva bilan 
savdo aloqalari rasmiy tus ola boshlaydi. Bizni bu o`rinda Jenkinson tomonidan 
Buxoroning qo`shni SHarq davlatlari bilan aloqalari haqida bergan 
ma`lumotlari ahamiyatlidir.
Jenkinsonning Buxoroga kelishi arafasida O`rta Osiyo Hindiston va eron 
bilan faol savdo iqtisodiy aloqalar o`rnatgan edi. Jenkinson, “Buxoroda 
savdogarlarning har yilgi yig‘ilishi bo`lib, u erga Hindiston eron, Balx, Rossiya va 
boshqa davlatlardan savdogarlar katta karvonlar bilan kelib yig‘ilib turadi»
6
, – deb 
yozgan edi. 
4
Антоний Женкинсон 1558 йилда Моквага Лондон савдо компаниясининг вакили сифатида ташриф буюрган, 
ҳамда Россия подшоси Иван IVнинг ёрлиғи билан Хива ва Бухорога келган эди: Дженкинсон Антоний. 
Путешествие в Среднюю Азию в 1558 —1560 гг. //Английские путешественники в Московском государстве в 
ХУ1 веке. /Пер. с англ. Ю.В.Готье. М.: ОГИЗ. 1937. 
5
Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (ХУ1 — середина XIX вв.). М.: ИВЛ. 1958. С.76. 
6
Дженкинсон Антоний. Путешествие в Среднюю Азию в 1558 —1560 гг. //Английские путешественники в 
Московском государстве в ХУ1 веке. /Пер. с англ. Ю.В.Готье. М.: ОГИЗ. 1937. 184 бет. 





Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling