Сынгги ырта асрларда Ырта Осиё хонликларининг таш=и и=тисодий ало=алари


I Bob. Sayyoh va Elchilarning esdaliklarida Buxoro xonligi savdo va iqtisodiy


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana20.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1628892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sayyoh va elchilarning esdaliklari markaziy osiyo tarixini organishda

I Bob. Sayyoh va Elchilarning esdaliklarida Buxoro xonligi savdo va iqtisodiy 
aloqalarining o‘rganilishi. 
1.1. Buxoro xonligining XVI-XVIII asrlarda iqtisodiy aloqalarining 
urganilishiga oid manbala 
XVI-XIX asrlarda O`rta Osiyoda uchala xonlikning hukmronlik davrida 
Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo`qon savdogarlari Hindiston, eron, Koshg‘ar, Sibir’, 
Qozoq va No`g‘oy xonliklariga tovar olib borib savdo-sotiq qilardilar. Asrlar 
davomida bu iqtisodiy aloqalar xonliklarning xo`jalik hayoti – iqtisodiy va 
madaniy taraqqiyotiga, ayniqsa shaharlar hayotining rivojlanishiga sezilarli turtki 
bo`lgan edi. 
SHu jumladan Buxoro xonligining qo`shni sharq davlatlari bilan savdo-
iqtisodiy munosabatlari o`sha mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
ahvoliga bog‘liq holda tarixiy manbalarda o`z ifodasini topgan. 
Eslatib o`tish joizki, ilmiy ma`lumotlar davr jihatidan birmuncha kechroq 
chop qilingan. Masalan: XVI-XVIII asrlardagi rus elchi va diplomatlarining 
materiallari asosan XIX asrlarda nashr qilingan. Lekin, O`rta Osiyo 
xonliklarining qo`shni SHarq davlatlari bilan savdo aloqalari haqidagi xabarlari 
asosan, XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlarida chop qilingan asarlardan o`rin olgan. 
V.V.Bartol`dning yozishiga ko`ra, XVI asrdan boshlab Buxoro xonligining 
tashqi aloqalariga doir ma`lumotlar Rossiyaga nug‘oy knyazlari orqali etib kelgan 
ekan. 
Rus olimi S.V.Jukovskiy Jenkinsonning Buxoroga borishi haqidagi fikrlarini 
bayon qilib quyidagicha yozadi: "Aytish qiyin, nahotki Jenkinson chindan ham 
Ioann Grozniyni o`z tomoniga og‘dirib olgan, va go`yo Ivan Grozniy inglizlarga 
yoqish uchun uni O`rta Osiyoga borishiga ruxsat bergan. Jenkinsondan balki podsho 
(Ivan Grozniy – R.A.) foydalangandir va uni, 1557 yilda Rossiyada erkin savdo 
qilishlari uchun ruxsat so`rab hadya va tortiqlar bilan Moskvaga kelgan Xiva va 




Buxoro elchilik missiyasiga javob tariqasida Jenkinsonni Buxoro va Xivaga elchi 
qilib yubormadimikan?»
1
.
Yuqoridagi fikrlarga tayanib, aytish mumkinki, Jenkinson Moskva Rusining 
Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi. O`ylaymizki, Jukovskiyning 
ikkinchi fikri haqiqatga yaqin bo`lsa kerak, ya`ni podsho O`rta Osiyo bilan savdo 
aloqalarini o`rnatish maqsadida ingliz savdogari Jenkinsonga rasmiy yorliq bergan. 
Jenkinsonning Rossiya nomidan O`rta Osiyoga jo`natilishi Rossiyaning O`rta 
Osiyo savdosida ma`lum bir manfaati bo`lgani tasdiqlaydi va Rossiya bilan 
O`rta Osiyo o`rtasida savdo aloqalarining rivojlanishiga yo`l ochgan. 
1558 yil 23 dekabrda Jenkinson Rossiya podshosi Ivan IV ning ishonch 
yorlig‘i bilan Buxoroga keladi va u erda savdoning holati bilan tanishadi. 
Jenkinson Moskvaga qaytayotganida u bilan birga Buxoro, Urganch, Balx elchilari 
ham birga kelishgan. 
Ma`lumki, XVI asrdan boshlab O`rta Osiyo xonliklarining Moskva bilan 
savdo aloqalari rasmiy tus ola boshlaydi. Bizni bu o`rinda Jenkinson tomonidan 
Buxoroning qo`shni SHarq davlatlari bilan aloqalari haqida bergan 
ma`lumotlari ahamiyatlidir.
Jenkinsonning Buxoroga kelishi arafasida O`rta Osiyo Hindiston va eron 
bilan faol savdo iqtisodiy aloqalar o`rnatgan edi. Jenkinson, “Buxoroda 
savdogarlarning har yilgi yig‘ilishi bo`lib, u erga Hindiston eron, Balx, Rossiya va 
boshqa davlatlardan savdogarlar katta karvonlar bilan kelib yig‘ilib turadi», – deb 
yozgan edi. 
Bu holat XVI asr o`rtalarida Buxoro qadimgiday xalqaro savdo markazlaridan 
biri bo`lib qolganligidan dalolat beradi. Lekin ba`zi mualliflar Ushbu masalaga 
shubha ko`zi bilan qaradilar. Masalan, M.YUldashev – "Jenkinsonning Buxoro 
savdosi haqidagi ma`lumotlarini to`liq haqiqat deb bilish qiyin. Aftidan savdoda 
raqobatchi bo`lishi mumkin bo`lgan savdogarlarni bu savdodan chalg‘itmoqchi 
bo`lgan bo`lsa kerak. Buxoroda har yili Hindiston, eron, Buxoro, Rossiyadan 
kelgan savdogarlarning yig‘ilishi bo`lib turadi, deb yozib, Jenkinson yana 
7
Жуковский С. В. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсосотлетие. Пг., 1915. С.3




qo`shib qo`yadi, «go`yoki bu savdogarlar shu darajada qashshoqki, ular kam 
tovarlar olib kelishiga qaramay bu tovarlarni hatto uch yillab sotadi, shuning uchun 
bu erda foydali savdo qilish uchun hech qanday ishonch yo`q», – deb yozadi
4

Ba`zi tarixchilarning fikricha, Jenkinson Angliya manufakturalarida 
to`qilgan movut matolarni O`rta Osiyoda sota olmagani uchun ataylab 
Buxorodagi hind savdogarlarining faoliyati va rolini pasaytirgan. Jenkinsonning 
ma`lumotlariga ko`ra, hind savdogarlari Buxoroga quyidagi mollarni olib 
kelishgan: salla uchun ishlatiladigan yupqa oq mato, ko`ylak uchun ishlatiladigan oq 
matolar. Buxorodan esa hind savdogarlari ipak matolar, oshlanmagan teri, qullar va 
otlar olib ketgan, lekin karazeya va movut matolarini qadrlashmagan
1

Shunday qilib, Jenkinsonning ma`lumotlariga asoslanib aytish mumkinki, 
Buxoro bilan Hindiston o`rtasida barqaror savdo aloqalari o`rnatilgan bo`lgan. 
Bu savdodagi asosiy tovarlardan biri indigo – nil bo`yog‘i bo`lgan. Nil 
bo`yog‘i shu qadar ko`p ediki, uni sotish uchun Hindiston savdogarlari 
ikki-uch yillab qolib ketardi.
XVI asrda ikkala davlat o`rtasidagi savdo va diplomatik aloqalar 
jonlanganini tasdiqlovchi ma`lumotlar mavjud. Jumladan, Abdulloxon davrida 
Buxoro bilan Rossiya o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatilgan. 1585 yil 
Buxorolik elchi Muxammad Ali Rossiya podshosi Fyodor Ivanovichga 
Abdullaxon nomidan tartiqlar olib kelgan, hadyalar tarkibida 40 pud nil 
bo`yog‘i ham bo`lgan
2

Bu ma`lumot, o`sha davrda Buxoro bilan Hindiston o`rtasidagi savdoda 
Buxoroning tranzit mollar bozori vazifasini o`taganligidan dalolat beradi. 
N.I.Kostomarov va M.V.Fexnerlar o`z asarlarida Buxoro orqali hind 
tovarlarining Rossiyaga keltirilishi haqida yozib qoldirgan. 
Hindiston Boburiylar saltanati davrida xalqaro savdoda faol 
qatnashgan. Ammo Hindiston g‘arb davlatlari bilan dengiz orqali savdo qilish 

Юлдашев М.Ю. К истории торговых и посольских связей Средней Азии с Россией в ХУ1 - XVII вв. 
Ташкент. 1964, С.18-19. 
9
Дженкинсон Антоний. Путешествие в Среднюю Азию в 1558 —1560 гг. //Английские путешественники в 
Московском государстве в ХУ1 веке. /Пер. с англ. Ю.В.Готье. М.: ОГИЗ. 1937. С.185 . 
10
Материалы по истории Узбекской, Таджикской и Туркменской ССР. Ч .1. Л.: Изд-во АН СССР. 1932. С.9. 




imkoniyatidan asta-sekin ajrala boshlaydi. V.V.Bartol’d «Portugallar Hindiston 
bilan foydali savdoni o`z qo`llarida saqlab qolish maqsadida XVI asr 
boshlaridayoq eng muhim qirg‘oqbo`yi erlarni egallab ola boshlagan edi», deb 
yozadi
3

Jenkinson Buxoro bozorlaridagi hind savdogarlarining faoliyati haqida, “ular 
Buxoroga na oltin, na kumush, na qimmatbaho toshlar, na ziravorlar keltiradi. Men, 
Hindistondagi bu tovarlar ishlab chiqariladigan eksport tovarlar portugallar qo`l 
ostida bo`lganligi uchun, bu tovarlar bilan savdo okean orqali olib borilishini 
aniqladim”
4
, deb yozadi. 
Jenkinsonning Buxoroga hindlar na oltin, na kumush, na qimmatbaho toshlar, 
na ziravorlar keltiradi, degan fikri haqiqatdan yiroq. Ziravorlar Hindistondan 
Buxoroga keltiriladigan asosiy eksport tovarlaridan hisoblangan. 
Tarixchilar tadqiqot ishlari natijasida O`rta Osiyo bilan Moskva o`rtasidagi 
savdoning uch xil usulini aniqlashgan. Bular quyidagilar: 
1). “Poval’naya” deb ataluvchi oddiy savdo bo`lib, bu savdo erkin savdogarlar 
orqali amalga oshirilgan. 
2). Shox va xonlarning tovarlari bilan savdo bo`lib, bu savdo shox va 
xonlarning elchilik bilan kelgan shaxsiy savdogarlari orqali amalga oshirilgan. SHox 
va xonlarning tovarlaridan soliq olinmagan. 
3). “Lyubitel’skie pominki” deb atalib, ikki davlat shox va xonlari o`rtasidagi 
bojsiz tovar ayirboshlash hisoblangan
5

Savdoning bu turlari hattoki Buxoro va Hindiston o`rtasidagi savdoda ham o`z 
aksini topgan. I.G‘.Nizomiddinovning fikricha, qimmatbaho toshlar, oltin va kumush 
Buxoroga savdoning ikkinchi va uchinchi usullari ko`rinishida keltirilgan. 
11
Бартольд В.В. Рец. на кн.: С.В. Жуковский. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Пг. 
1915. С.285. 
12
Дженкинсон Антоний. Путешествие в Среднюю Азию в 1558 —1560 гг. //Английские путешественники в 
Московском государстве в ХУ1 веке. /Пер. с англ. Ю.В.Готье. М.: ОГИЗ. 1937. С.184 . 
13
Чулошников А. Торговля Московского государства с народами Средней Азии в XVI - XVII веках. // 
Материалы по истории Узбекской, Таджикской и Туркменской ССР. Ч.1. Л.: 1932. С.68; Юлдашев М.Ю. Ўша 
асар. С.70 - 71 ; Байко ва Н.Б . Роль Средней Азии в р усско -индийских торговых связях (первая 
половина XVI - вторая половина XVIII в.). Ташкент. 1964. С.51.


10 
10 
Jenkinson savdoning bu turlaridan bexabar bo`lgan ko`rinadi, shuning uchun 
Yuqoridagi fikrga kelgan bo`lishi kerak
14

XVI asrda Buxoroning eron bilan savdosi ham ahamiyatga ega. XVI asrda 
O`rta Osiyo bozorlarida eronlik savdogarlar ham savdo qilgan edi. Jenkinson 
ma`lumotlariga ko`ra, erondan matolar, ip gazlama, surup, guldor ipak, 
arg‘umoqlar keltirilgan, bu erdan esa oshlanmagan teri va rus tovarlari, jumladan, 
qullar olib ketilgan. Uning yozishicha, eronliklar matolar sotib olishmagan, chunki 
o`zlari ularni Buxoroga olib kelgan. Jenkinsonning aniqlashicha matolar 
eronga Suriyadagi Xalafdan va Turkiyadan keltirilgan. 
Davlatlar o`rtasidagi o`zaro urushlar savdo-sotiqqa salbiy ta`sir ko`rsatgan. 
1558 yili Jenkinson Buxorodalik vaqtida O`rta Osiyo bilan eron o`rtasida katta 
urushlar boshlangan. Bunday vaziyatlarda ular o`rtasidagi bir maromda davom 
etadigan doimiy savdo haqida gap ham bo`lishi mumkin emas edi. Urushlar 
natijasida savdo yo`llari ishdan chiqqan. Jenkinson ma`lumotiga ko`ra, Hindiston va 
erondan kelayotgan karvonlar qaroqchi bosqinchilar tomonidan talangan va 
Buxorodan 10 kunlik yo`lda savdogarlarning katta qismi o`ldirilgan
15

XVI asrdagi O`rta Osiyoning eron bilan savdo-iqtisodiy va diplomatik 
munosabatlari eronda bo`lgan rus elchilarining hujjatlarida o`z aksini topgan. 
1890-1898 yillarda rus olimi N.I.Veselovskiy XVI-XVII asr boshlaridagi 
Rossiya va eron munosabatlariga bag‘ishlangan uch jilddan iborat bo`lgan 
asarlarini nashr qildirgan
16
. Asarlarning birinchi jildida Rossiyadan eronga 
jo`natilgan 
uchta 
elchilik, 
Grigoriy 
Vasil’chikov, Andrey Dmitrievich 
Zvenigorodskiy va kenas (knyaz’) Vasiliy Vasil’evich Tyufyakin elchiligining 
materiallari berilgan edi. Bu nashr Tashqi Ishlar Vazirligining Moskva Bosh 
Arxivi materiallari asosida bitilgan asarlar hisoblanadi. 
Bizning tadqiqotimiz uchun ikkinchi elchilik ma`lumotlari, ya`ni Andrey 
Dmitrievich Zvenigorodskiyning eronga elchiligi haqidagi hisobotlari muhim 
14
Низамутдинов И.Г. Сношения Средней Азии с Индией в ХVI-XVIII вв. Ташкент. Фан. 1966. С.16..; 
Низамутдинов И.Г. Из истории среднеазиатско — индийских отношений (IX-XVIII вв.). Ташкент. Узбекистан. 
1969. С.50. 
15
Дженкинсон Антоний. Путешествие в Среднюю Азию в 1558 —1560 гг. //Английские путешественники в 
Московском государстве в ХУ1 веке. /Пер. с англ. Ю.В.Готье. М.: ОГИЗ. 1937. 186- бет. 


11 
11 
ahamiyatga egadir. Asarda Andrey Dmitrievich Zvenigorodskiy elchiligining eronga 
jo`natilishi, rus podshosining elchiga torshiriqlari, hamda elchilik faoliyati haqidagi 
hisoboti o`z aksini topgan. 
N.I.Veselovskiyning to`plagan ma`lumotlariga ko`ra, 1594 yili rus podshosi 
Fedor Ivanovich Andrey Dmitrievich Zvenigorodskiyni elchi qilib eronga jo`natadi. 
elchilik tarkibi 63 ta kishidan iborat bo`lgan. elchilik tarkibida ikki nafar tilmochlar 
– Stepan Poluxanov va Aydar Pavlov, drujina xalfasi Kuz’minlar bo`lgan
17
. 1594 yil 
5 noyabrda Kashan shahriga eron shoxi nomidan Azi Xosrov kelib Andreyga shoh 
tomonidan elchi saroyga taklif qilinganligini aytgan. “Saroyda o`sha vaqtda turk va 
buxoro savdogarlari va boshqa erlardan kelgan odamlar bo`lishini va elchi bu 
manzaraning guvohi bo`lishini, qolganlar esa eron shohiga Rossiya podshosi Fedor 
Ivanovich nomidan katta elchi kelganligining guvohi bo`lib hayratga tushishini, 
hamda elchining keltirgan sovg‘a salomlarini ko`rishini xohlagan... Bundan 
tashqari, shohning dushmanlari, ya`ni turk va buxorolik elchilar Rus podshosi bilan 
eron shohi munosabatlarini ko`rib larzaga tushishini istagan”
18

Shunday qilib, shox Andreyni saroyda qabul qiladi. Zvenigorodskiyning 
ma`lumotlariga ko`ra, Andrey shoh huzuriga kirayotgan vaqtda u erda na turkiyalik 
va na buxorolik elchilar, va na boshqa kishilar bo`lgan. 
1595 yil 18 yanvarda shox Andreyni o`z huzuriga chaqirada. elchi bilan 
suhbatda shox “Eshitishimcha, Buxoroda Nurumov shohning odami bo`lgan va 
uning aytishicha, buxorolik savdogarlar Abdullaxonga Sibirdan uchta lochin olib 
kelgan ekan. Abdullaxon lochinlarning birini Balx noibi Abdulmo`minga yuborgan. 
Sibirdan hammasi bo`lib yigirma ettita lochin keltirilgan ekan. Sibirdan Buxoroga 
suvsarlar va qora tulki mo`ynalari keltirilgan, va u erdan eronga olib boriladi, 
shuning uchun bu erda (Eronda) suvsarlar va tulkilar arzon. Andreyning shohga 
16
Веселовский Н.И. Памятники дипломатических и торговых сношений Московской Руси с Персией. Т. 1-3. СПб., 
17
Веселовский Н.И. Ўша асар. Т.1. СПб., 1890. С.221-222 . 
18
Веселовский Н.И. Ўша асар. Т.1. 257 б.; Қаранг: Сугорский И.Н. Сношения с Персией при Годунове 
//Русский вестник. Т.210. СПБ., 1890. С.115. 


12 
12 
aytishicha, Rusning buyuk shohi Sibir xoniga qimmatbaho lochinlar, suvsarlar va 
qora tulkilarni buxoroliklarga sotishni man qilib qo`ygan”
19

SHu voqea bilan bog‘liq bo`lgan dalillarni tarixchi X.Ziyaevning asarida ham 
uchratish mumkin. Muallif, XVII asrda turli xil mo`ynalarning Sibirdan olib chiqib 
ketilishi taqiqlab qo`yilganligini yozadi. Keltirilgan dalillar rus hukumatining XVI 
asrda ham mo`ynalarning olib chiqib ketilishini taqiqlash darajasida Sibir’ xonligiga 
nisbatan ta`sirga ega bo`lgan, deyishga asos bo`ladi. X.Ziyaevning ma`lumotlariga 
ko`ra, “Rus hukumati Sibir’ mo`ynalari savdosi ustidan nazoratni o`rnatish 
maqsadida 1698 yilda Sibirda mo`yna bilan shaxsiy savdoni taqiqlash to`g‘risida 
farmon chiqargan.” X.Ziyaevning ta`kidlashicha, bu farmon kutilgan natijani 
bermagan, ayniqsa buxoroliklar xufiyona ravishda sibir mo`ynalarini O`rta Osiyo, 
Xitoy va boshqa mamlakatlarga olib chiqib ketaverishgan
20
.  
Shunday qilib, ko`rib o`tilayotgan vaqtda Buxoro va eron o`rtasida keskin siyosiy 
munosabatlar mavjud edi. Ammo, qiyin siyosiy ahvol hukm surishiga qaramasdan 
ikkala mamlakat o`rtasidagi savdo aloqalari to`xtab qolmagan. 
XVII asrda Moskva davlatining iqtisodiy va siyosiy manfaati uning O`rta Osiy 
davlatlari bilan o`zaro aloqalarini rivojlantirish uchun asos bo`lgan edi. Rus davlati 
savdoni rivojlantirish va rus qullarini ozod qilish, Rossiya bilan Hindiston o`rtasida 
savdo munosabatlarini yo`lga qo`yish maqsadida, qolaversa, XVII asrdan boshlab 
Rossiya O`rta Osiyo bilan savdo qilish uchun eng yaqin va qulay savdo yo`llarini 
topish maqsadida O`rta Osiyo xonliklariga elchilarni jo`nata boshlagan. elchilarga 
berilayotgan topshiriqlar va ularning keltirgan xabarlari O`rta Osiyoning Hindiston 
bilan savdo aloqalarini o`rganish uchun muhim ahamiyatga ega edi. Aytish joizki, 
XVII asrda O`rta Osiyoga jo`natilgan rus elchilarining ma`lumotlarini o`rganish 
O`rta Osiyoning eron bilan aloqalari haqidagi ilmlarni ancha kengaytiradi. 
Masalan, 1620 yilda Buxoroga kelgan I.Xoxlov elchiligining ma`lumotlari katta 
ahamiyatga egadir
21
.
19
Веселовский Н.И. Памятники дипломатических и торговых сношений Московской Руси с Персией. Т. 1-3. СПб. 
268 б 
20
Зияев Х. К истории экономических связей Средней Азии с Россией через Сибирь в XVIII в. //Известия Академии наук 
УзССР. Серия общественных наук. 1958. № 4. С.31. 
21
Статейный список посольства в Бухарию дворянина Ивана Хохлова (1620 -1622) // Сборник князя 


13 
13 
1620 yili Buxoro xoni Imomqulixonning elchiligiga javoban 1620 yil 26 may 
sanasi bilan tasdiqlangan yorliq bilan Ivan Xoxlov O`rta Osiyoga yuborilgan
22

I.Xoxlov 1600 va 1613 yillarda eronga diplomatik topshiriqlar bilan borgan va bu 
sohada ma`lum tajribaga ega salohiyatli kishi bo`lgan. 
Xoxlovning aytishicha, “Buxoro eri ikkiga bo`lingan bo`lib, noiblarning 
biriga Buxoro, ikkinchisiga Balx tekkan. Balx eron va Hindiston bilan 
chegaradosh. Balx noibi Nodir Hindiston va eron bilan raqobatda bo`lib, hind 
shohi Nodirdan boyliklarini tortib olgan va korxonalarini sindirgan, savdogarlarni 
Balx va Buxoroga qo`ymagan. Hozirda ular o`rtasida tinchlik va savdo 
munosabatlari o`rnatilgan. Buxoro ham Toshkent bilan urush holatida. qizilboshlar 
shohi Abbos hind shohi Boburiy Salim bilan urushib, undan Qandahorni tortib 
olgan”
23

CHor Rossiyasi Hindiston bilan yaqin savdo aloqasi o`rnatish maqsadida 
1646 yil N.Siroejin bilan V.Tushkanovni Hindistonga elchi qilib jo`natadi. 
elchilarga berilgan topshiriqlarda Hindistonga qaysi mamlakatlardan qanaqa 
tovarlar keltirilishi va ularning narx-navosi haqida ma`lumot to`plash aytilgan 
edi
24

Rossiyaning O`rta Osiyo bilan aloqalari Moskvadan tashqari boshqa 
markazlar bilan ham o`rnatilgan. 1670 yili 16 kishi bilan Tabol’skga kelgan Buxoro 
elchisi Mulla Farrux Buxoroning eron bilan savdosi hamda u erdan 
keltiriladigan mollar va ularning narxlari haqida qisqacha ma`lumot beradi
25

So`ng ular Moskvaga jo`natilgan bo`lib, shox ularni juda tantanali 
ravishda qabul qilgan.1671 yilda elchilik mahkamasida Mulla Farrux 
so`rov qilinadi. So`rovda “ularda kindyaki, zandonachi va kitayki 
gazlamalari mavjud, lekin kamok deb ataluvchi gazlama va atlas (o`ng 
Хилкова. СПб., 1879 
22
Уляницкий В.А. Сношения России с Среднею Азиею и Индиею в ХУ1 - XVII вв. М.: 1889; Қаранг: 
Веселовский Н.И. Иван Данилович Хохлов: Русский посланник в Персию и Бухару в XVII веке. СПб., 1891; 
Жуковский С.В. Ўша асар.; Бартольд В.В. История изучения Востока в Европе и России.Соч. Т.IX. М.: 1977. 
С.369-370 
23
Уляницкий В.А. Ўша асар. 11 б. 
24
Русско-индийские отношения в XVII веке: Сборник документов. М.: ИВЛ, 1958. С.58 . Байкова Н.Б. Роль 
Средней Азии в русско-индийских торговых связях (первая половина ХУ1-вторая половина XVIII в.). Ташкент: 
Наука, 1964. С.52-53, 81-82 


14 
14 
yuzasi guldor ipak gazlama) lar kam, borlari ham oddiyroq. Selitra 
(mineral tuz) ularning davlatida ko`p bo`lib, eronnikiga nisbatan sifatli, 
ularni botmon bilan sotishadi, bir botmonini bir yarim pudga teng, 
botmonni ular 5 oltin buxoro puliga sotishadi, Buxoro tiyini ruslarning 5 
tiyiniga teng. Jami 25 rus oltiniga teng bo`ladi. Paf deb ataluvchi ipak 
matosini 2 rubldan sotib olishgan. Mulla Farrux Buxoro bilan Xiva 
oralig‘idagi masofani 17 kunlik yo`ldan iborat deb hisoblaydi. Hindistonda 
har turli gulli matolar hamda toshlar ko`p. Keyingi safar elchilik mahkamasining 
rahbari A.S.Matveev buxoro elchisi Mulla Farruxdan Buxoroning Hindiston bilan 
savdo aloqalari va Buxoroda talabgor bo`lgan hind tovarlari haqida ma`lumotlar 
so`ragan. Mulla Farrux Buxoroda ipak matosi, kindyaki, kitayki, kamki matolari 
to`qilishi, kumush va qalayi ma`danlari, lal toshlari, selitra olinishini, boshqa 
tovarlar esa Hindistondan keltirilishini aytadi. U Buxoro bilan Hindiston o`rtasidagi 
doimiy savdo aloqalari o`rnatilganligini, u erdan qimmatbaho toshlar, durlar va 
har xil guldor matolar keltirilishini ma`lum qilgan. Buxoro elchisi o`z nutqida 
Buxoroda rus tovarlariga, masalan: qilich, qora tulki, oqsuvsar, movut, baliq tishlariga 
talab kuchli ekanligini eslatib o`tadi
26

I.G.Nizamutdinov Mulla Farrux elchiligining ahamiyatini yuqori baholagan. 
Ayniqsa, elchi keltirgan ma`lumotlarning Buxoro bilan Hindiston o`rtasidagi savdoning 
darajasini aniqlashda va Buxoro aholisining hind tovarlariga bo`lgan talablarini 
aniqlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib o`tgan edi
27

Rus hukumati turli yo`llar bilan SHarq mamlakatlari haqida, jumladan, 
O`rta Osiyo haqida ma`lumotlar to`plashga harakat qilgan. SHu maqsadda, 
1675 yili elchixonada hindistonlik CHenay Makarandev va Bagare Leleevlar 
so`roq qilinadi. Bir vaqtning o`zida Boris va Semen Pazuxinlarning 
ma`lumotlari ham tekshiriladi. Suhbat chog‘ida hindlar Boris Pazuxinlar 
ro`yxatida ko`rsatilganidek, Hindistonga Astraxan orqali yo`l cho`l orqali 
o`tganligi sababli uzoq va yurish qiyin, yo`lda qaroqchilar ko`p bo`lib, 
25
Русско-индийские отношения в XVII веке. С.170. ; Жуковский С.В. Ўша асар. 32-33 б. 
26
Русско-индийские отношения в XVII веке. С.171.; Уляницкий В.А. Ўша асар. 43 б.; Материалы по истории 
Узбекской, Таджикской и Туркменской ССР. Ч.I. С.336-337. 


15 
15 
karvonlarga hujum qilib turadi, deb ta`kidlashgan. SHuning uchun ularning 
fikricha, Hindistonga Buxoro orqali borish qulay. Ular Astraxandan Buxoroga 
va undan Balx orqali Hindistonga boradigan yo`l marshruti haqida xabar 
beradi
28

Rossiyada XVII asrda asta-sekin Buxoro va Hindiston o`rtasidagi savdo 
aloqalariga doir ma`lumotlar to`plana boshlagan. Masalan: 1675 yili Rossiyadagi 
elchixonada buxorolik elchi Xoja Farrux elchilik mahkamasi boshlig‘i A.S.Matveev 
savollariga javob berib, “Agarda rus podshosi bilan Buxoro xoni o`rtasida doimiy 
aloqalar bo`lib tursa, savdogarlar har ikki tomonga savdo uchun qatnab turadi va 
movut, qizil rangli bulg‘ori charm kabi rus tovarlariga Buxoroda kamki, atlaslar va lal 
toshlarini, qimmatbaho hind tovarlarini, kumush, oltinga ayirbosh qilishi mumkin. 
Xoja Farruxning malumotiga ko`ra, Buxorodan Balxga 10 kunda, Balxdan 
Kobulgacha esa 10 kunda etib borish mumkin
29
. M.V.Fexner yozishicha, O`rta 
Osiyoga Hindistondan ravoch olib kelingan
30
. Ravoch asosan O`rta Osiyoga 
Hindistondan keltirilgan. 
Buxoro-Hindiston munosabatlari to`g‘risidagi rus manbalarida berilgan 
ma`lumotlarni g‘arbiy Evropa mualliflarining asarlarida ham uchratish mumkin. 
CHet ellik mualliflardan frantsuz sayohi Fransua Bern’e (1625-1688) Hindistonda 
12 yil yashagan. Uning ma`lumotiga ko`ra, Hindistonda ho`l mevalarga talab kuchli 
bo`lgan. Ho`l mevalar: qovun, olma, nok, uzum Samarqand, Buxoro va erondan 
Dehliga olib borilgan va butun qish davomida qimmat narxda sotilgan. Hindistonda 
quruq mevalar, jumladan, bodom, pista, o`rmon yong‘og‘i, olxo`ri, o`rik, mayiz va 
boshqa quruq mevalar yil bo`yi sotilgan
31

F.Bern’e yozishicha, Hindistonda O`rta Osiyo otlariga talab katta 
bo`lganligi uchun har yili O`zbekistondan yigirma besh ming ot Hindistonga olib 
27
Низамутдинов И.Г. Из истории среднеазиатско-индийских отношений (1Х- XVIII вв).С. 48 . 
28
Русско-индийские отношения в XVII веке. С.191. 
29
Русско-индийские отношения в XVII веке. С.191 .; Материалы по истории Узбекской, Таджикской и 
Туркменской ССР. Ч. I. С.219-223 .
30
Фехнер М.В.Торговля русского государства со странами Востокав в ХУ1 веке. М.1956. С.81. 
31
Бернье Франсуа. История последних политических переворотов в государстве Великого Могола. Пер. с 
франц. В.Жуховецкого и М.Томара. М.-Л.: Соцэкгиз, 1936. С.184 


16 
16 
borilgan
32
. I.M.Reysnerning ma`lumotiga ko`ra, XVII asrda Hindistonga 
keltiriladigan tovarlarning asosiy qismi O`rta Osiyo va Arabistondan keltiriladigan 
otlar hisoblangan
33

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan dalillarga asoslanib aytish mumkinki,
XVI-XVII asrlarda O`rta Osiyo va Hindiston o`rtasidagi savdo aloqalari har qanday 
to`siqlarga qaramasdan davom etib kelgan. 
XVIII asrda O`rta Osiyoning qo`shni SHarq davlatlari bilan aloqalarini 
o`rganishda rus manbalari alohida ahamiyatga ega. CHunki rus manbalarida iqtisodiy 
va siyosiy munosabatlarni tahlil qilish, savdo yo`llarini o`rganish uchun qilingan 
harakatlar, hamda qaysi mamlakatdan qanday mollar qancha mikdorda
keltirilganligi haqidagi ma`lumotlar batafsil berilgan. Rus manbalari deganda, biz 
rus elchi va elchiliklarining hisobotlari, Buxoro, Xiva va Hind elchilari hamda 
savdogarlarining so`rov ma`lumotlarini tushunamiz. SHu bilan birga shoh va 
podsholar hamda xonlarning bir — birlariga tortiqlari, sovg‘alari ham muhim dalil 
hisoblanadi. CHunki shular orqali O`rta Osiyoning Hindiston bilan Rossiya 
o`rtasidagi savdodagi tutgan o`rnini belgilash mumkin. SHuning uchun XVIII 
asrda rus diplomatlari, savdogarlari va O`rta Osiyoda bo`lgan rus olimlarining 
faoliyatlari muhimdir. 
XVIII asrda, ya`ni Petr I hukmronligi yillarida Rossiyaning O`rta 
Osiyoga qiziqishi kuchayadi. O`rta Osiyo Rossiyani SHarqning savdo — 
iqtisodiy markazi, Rossiyadan Hindistonga boradigan asosiy yo`llardan biri ekanligi 
bilan o`ziga jalb qilardi. 
1714 yili Petr I Sibir gubernatori knyaz Gagarindan erketi shahrida (ya`ni 
Yorkend) oltin qumlar borligi xususida xabar topadi. erketi bu davrda Jung‘or 
xonligiga bo`ysunganligi aytiladi. Gagarin Petr I ga bu shaharni bosib olib, 
Yorkend yo`lidagi Yamishev ko`li bo`yida qal`a qurishni tavsiya qilgan
34
. Evgraf 
32
Бернье Франсуа. История последних политических переворотов в государстве Великого Могола. Пер. с 
франц. В.Жуховецкого и М.Томара. М.-Л.: Соцэкгиз, 1936. С.184 
33
Рейснер И.И. Народные движения в Индии в XVII- XVIII вв. М.: ИВЛ, 1961. С.32 . 
34
Соймонов Ф.И. О торгах за Каспийское море древних, средних и новейших времен; выписано из журнала Его 
Превосходительства Господина Тайного Советника сенатора и ордена Святого Александра Кавалера Федора 
Ивановича Соймонова, и из внесенных во оной дополнений Академии Наук Конференц – Секретаря, 
Профессора Истории и Историографа, Г.Ф.Миллера. М., 1765. С.26-27 . 


17 
17 
Kaydalov kundaliklarida ham bu haqda ma`lumotlar berilgan
35
. U Rossiya savdoni to 
Hindistongacha rivojlantirish maqsadida qilayotgan harakatlarini va oltin qumlarni 
topish uchun ekspeditsiya uyushtirishini Petr I ning buyuk jonbozligi, deb 
hisoblagan edi. 
Petr I Gagarinning xabaridan so`ng unga xat yozib, YAmishev ko`li bo`yida, 
iloji bo`lsa undan ham yuqorida shahar qurish, daryoda kemalar qatnashi mumkin 
bo`lgan joygacha suzib borib, so`ng YOrkendga borib, uni egallashni topshirgan edi. 
1714 yilda Irtish daryosining yuqori oqimi bo`ylab padpolkovnik Buxgol’ts 
ekspeditsiyasi uyushtiriladi. 
Rus manbalarining bergan ma`lumotlariga ko`ra, uzoq vaqtlardan buyon 
davom etib kelayotgan bahs XVI-XVII asrlarda O`rta Osiyo Rossiya uchun – 
Hindistonga kirib borish yo`lida bir vajmi, yoki rus hukumatining manfaatlariga 
xizmat qiladigan SHarqning muhim mintaqasi – yirik savdo markazimi, degan 
savolni tug‘dirdi
36
. XX asrning boshlarigacha bo`lgan ko`plab tarixchilar birinchi 
nuqtai nazarning tarafdorlari bo`lib, ular Rus podsholari O`rta Osiyoga jo`natadigan 
elchilarining aksariyatiga rus qullarini sotib olish va Hindistonga boradigan eng 
yaqin, qulay va xavfsiz savdo yo`lini topish topshirilgan, deb hisoblaydilar. 
Sovet adabiyotida bu kabi nuqtai nazarni E.V.Bunakov, P.P.Ivanov, 
D.M.Lebedevlar qo`llab quvvatlaganlar. Ularning fikricha, Hindistonga kirib borish 
russlar uchun natija bermagan taqdirda ham, O`rta Osiyoga boradigan yo`l ma`lum 
bir ma`noda na faqat topildi, balki o`zlashtirildi ham
37

Fikrimizcha, ikkinchi qarash haqiqatga yaqin ko`rinadi. Masalan: O`rta 
Osiyoga Rossiyaning munosabati masalasi tarixchi N.B.Baykova asarida o`z aksini 
topgan. Muallif inqilobgacha bo`lgan tarixchilar va yuqorida nomlari tilga olingan 
olimlarni to`g‘ri tanqid qilgan. N.B.Baykovaning fikricha, O`rta Osiyo xonliklariga 
boradigan savdo yo`llari XVI asrdayoq Rossiyaga ma`lum bo`lgan. Uning 
35
Кайдалов Е. Караван-записки, во время похода в Бухарию Российского каравана, под воинским прикрытием, 
в 1824 и 1825 годах; веденные начальником онаго Каравана над купечеством, Евграфом Кайдаловым. В трех 
частях. М., 1827-1828. 
36
Веселовский Н.И. Прием в России и отпуск среднеазиатских послов в XVII и XVIII столетиях // Журнал 
Министерства народного просвещения. СПб., 1884. Кн.: 7; Уляницкий В.А. Ўша асар.; Бартольд В.В. История 
изучения Востока в Европе и России. 
37
Лебедев Д.М. География в России XVII века: (Допетровский период). М.-Л.: Изд-во АН СССР. 1949. С.106. 


18 
18 
ta`kidlashicha, Rus davlati Hindistonga boradigan yo`lni qidirib O`rta Osiyoga 
boradigan yo`lni ochgan va o`zlashtirgan. Aslida esa O`rta Osiyodagi Xiva va 
Buxoro bozorlarida rus savdogarlari hind savdogarlari bilan uchrashganlar, rus 
hukumatiga qulayroq yo`lni, ya`ni hindlar uchun odatiy bo`lgan Astraxan, Kaspiy 
dengizi va eron orqali boradigan yo`lni ko`rsatganlar
38

1717 yil Petr I Amudaryo orqali Hindistonga boradigan yo`lni topish 
maqsadida Bekovich-CHerkasskiy ekspeditsiyasini O`rta Osiyoga yuboradi. Rus 
podshosi ekspeditsiyaga bergan ko`rsatmasida, “Xiva xonidan kema olib Kojina 
degan savdogarni Amudaryo orqali Hindistonga jo`natish va kema borishi mumkin 
bo`lgan joyga qadar suzib borish, so`ng yo`lni davom ettirib daryolar, ko`llar, suv va 
quruqlik yo`li, ayniqsa, suv yo`lini yozib borish, va Hindistondan shu yo`l bilan ortga 
qaytish, agarda Hindistondan Kaspiy dengiziga boradigan undan ham yaxshi yo`lni 
eshitsa, o`sha yo`l bilan kelish va uni ham yozib borish”, topshirilgan edi
39

Petr I ning ikkala ekspeditsiyasi ham mag‘lubiyat bilan yakunlangan. 
Buxgol’tsni Irtishning yuqori oqimida jung‘orlar haydab yuborgan bo`lsa, Bekovich-
CHerkasskiy esa Xiva xoni tomonidan tor-mor keltirilgan edi. 
XVIII asr boshlarida Buxoroda siyosiy vaziyat juda og‘ir bo`lgan. Xon 
hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan edi. 1721-1725 yillarda O`rta Osiyoda 
bo`lgan Florio Beneveni ekspeditsiyasi bu siyosiy holatning guvohi 
bo`lgan
40
. Bu ekspeditsiya Buxoro xonining rus podshosidan elchi 
yuborishini so`rab qilgan murojaatiga javoban jo`natilgan edi
41
. elchilikdan 
ko`zlangan asosiy maqsad, 1718 yil 13 iyuldagi “Ko`rsatma”da Buxoro xonligining 
ichki ahvolini to`la-to`kis o`rganish, deb belgilangan edi. Bundan tashqari, Buxoro 
xonligining qo`shni SHarq davlatlari bilan savdo munosabatlarini o`rganish, hamda 
rus-buxoro savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlarini topish vazifasi ham o`rin 
olgan edi.
38
Байкова Н.Б. Ўша асар. 10 б. 
39
Соловьев О.Ф. Из истории русско-индийских связей. М.: Соцэкгиз.1958. С.31. 
40
Попов А. Сношения России с Хивою и Бухарою при Петре Великом // Записки Императорского Русского 
Географического общества. Кн.:1Х. СПб., 1853. С.34. 
41
Попов А. Сношения России с Хивою и Бухарою при Петре Великом // Записки Императорского Русского 
Географического общества. Кн.:1Х. СПб., 1853. С.34. 


19 
19 
Florio Benevenining ekspeditsiyasi XUSH asr boshlarida Buxoro 
xonligining 
siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvoli 
haqidagi 
ma`lumotlarni 
kengaytirishga xizmat qilgan. U Buxoro xonining ichki va tashqi savdo rivojiga 
to`sqinlik qilgan kuchli o`zbek qabila boshliqlari bilan kurashishiga to`g‘ri 
kelganligini yozadi. Uning bergan ma`lumotlariga ko`ra, xivaliklar, buxoroliklar va 
afg‘onlar uzoq vaqtdan buyon eronlik qizilboshlar bilan urush holatida bo`lgan
42

Beneveni Buxoroning eron bilan aloqasiga doir ma`lumotlarni berar 
ekan, u 1722 yil ko`p savdo karvonlari Mashhaddan Buxoroga, Hirot va 
Isfahonga jo`natilganligi, lekin ularning bari turkmanlar yoki afg‘onlar 
tomonidan talanganligini, oqibatda Balx orqali bo`ladigan savdo to`xtab qolganligi, 
to`rtinchi yil Kobul, Laxor va Hindiston shaharlariga karvonlar qatnamay 
qo`yganligini yozadi. 
Mashhur rus geografi P.I.Richkov Buxoroning Hindiston bilan savdo aloqasida 
Orenburgning ahamiyatini alohida ta`kidlab o`tadi. U, butun SHarqiy Hindistonda 
yashayotgan xalqlar rus va boshqa g‘arb tovarlarini faqat Orenburg va Buxoro 
orqaligina to`g‘ridan-to`g‘ri va arzon narxda bu qadar ko`p miqdorda va arzon 
narxda sotib olishi mumkin, deb ta`kidlagan edi
43

Bizni qiziqtirgan masala bo`yicha muhim ma`lumotlar rus sayyohi va ofitseri 
T.S.Burnashev asarida uchraydi. U Rus hukumatining topshirig‘iga ko`ra, 1794 yili 
Buxoroda bo`lgan edi
44
. U Buxoroda bo`lgan vaqtida u erga savdo qilish uchun 
Afg‘oniston, eron, Hindiston va boshqa yurtlardan kelgan turli millat vakillarini 
ko`rgan. Burnashev Buxoroda joylashgan bozorlar to`g‘risida yozib qoldirgan. 
Agarda Efremovning sayohati davrida Buxoroda 4 ta g‘isht karvon-saroy bo`lgan 
bo`lsa, Burnashev davrida ularning soni 9 ta bo`lgan. Karvon-saroylar sonining ortib 
borishiga e`tiborni qaratsak, Buxoroning tashqi iqtisodiy aloqalarining o`sib 
borganligi to`g‘risidagi taasurotga ega bo`lamiz. 
42
Беневени Ф. Реляции из Бухары // Попов А. Сношения России с Хивою и Бухарою при Петре Великом // 
Записки Императорского Русского Географического общества. Кн.:1Х. СПб., 1853.С. 143. 
43
Рычков П.И. Топография Оренбургской губернии. Оренбург, 1887. С.138. 
44
Бурнашев Т.С. Путешествие от Сибирской линии до города Бухары в 1794 и обратно в 1795 году //Сибирский 
вестник. СПб., 1818. ч.П-Ш. 


20 
20 
Burnashevning ma`lumotlariga ko`ra, Buxoro Hindiston va erondan tillo, 
kumush va hind malmali olgan. Buxoro eronga qorako`l terisi va boshqa tovarlar 
eksport qilgan. Burnashev Buxoroga keltiriladigan chet el tovarlaridan qirqdan bir 
miqdorida boj solig‘i olinishini eslatib o`tadi. Rus savdogarlari esa o`z mablag‘idan 
yigirmadan bir miqdorida soliq to`lagan
45

Burnashevning ta`kidlashicha, Buxoro tog‘larida tillo va kumush ko`p 
bo`lishiga qaramasdan, buxoroliklar ularni Hindiston, eron va Xitoydan, mis, qalayi 
va temirni Rossiyadan olishga harakat qilgan. Uning ma`lumotlariga asoslanib 
aytish mumkinki, Buxoroga chetdan tillo, kumush va boshqa ma`danlar 
keltirishining sababi, buxoroliklar hali tog‘lardan bu ma`danlarni qazib olishning 
yangi texnologiyalarini bilmasligi oqibatidir. 
Burnashev mamlakatning siyosiy ahvoli haqida yozib, amir SHoxmurod 
Hindiston, eron, Qo`qan, Xo`jand, Toshkent va Xiva bilan harbiy 
to`knashuvlarda bo`lganligi, 1795 yili Buxoro eron bilan jang qilib, juda ko`p 
eronliklarni asir olganligi va ularni Buxoroda qul qilib sotganligi haqida ma`lumot 
beradi. 
Shunday qilib, XVSH asr rus elchilari, sayyohlari, turli tadqiqotchilari 
asarlarida Buxoro xonligining ichki va tashqi savdo aloqalari to`g‘risida xilma-xil 
ma`lumotlar to`plangan va umumlashtirilgan. Ayniqsa, P.I.Richkov va M.D.CHulkov 
asarlarida O`rta Osiyoning, asosan, Buxoro xonligining qo`shni sharq davlatlari bilan 
savdo aloqalarining rivojlanish darajasini ko`rsatuvchi ma`lumotlari muhim ahamiyat 
kasb etadi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling