Siniq chiziq. Ko`pburchak
Download 39 Kb.
|
106 Siniq chiziq
Siniq chiziq. Ko`pburchak . Bir nechta kesmalar berilgan bo`lsin. Kesmalardan birining oxiriga ikkinchisining boshini ustma-ust qo`yaylik, so`ngra ikkinchisining oxiriga uchunchisining boshini ustma-ust qo`yaylik va hakazo. Bunda kesmalardan tashkil topgan geometrik shakl hosil bo`ladi. Bir to`g`ri chiziqda yotmagan kesmalardan tashkil topgan geometrik shakl hosil bo`ladi. Bir to`g`ri chiziqda yotmagan kesmalardan tashkil topgan geometric shakl siniq chiziq deb ataladi. Siniq chiziqni tashkil qilgan kesmalar uning tomonlari, kesmalarning uchlari siniq chiziqning uchlari deb ataladi. Odatda, siniq chiziq uning uchlaridagi nuqtalarni ifoda etuvchi harflarning ketma-ket yozilishi bilan ABCDEF shaklida belgilanadi. Agar siniq chiziqning biror tomoni boshqa tomoni bilan kesishsa, yoki boshqa tomonning qismi bo`lsa, siniq chiziq maxsus, aks holda esa sodda siniq chiziq deyiladi. Siniq chiziq tomonlari uzundliklari yig`indisi uning perimetri deb ataladi. Boshlang`ich va oxirgi nuqtalari ustma- ust tushadigan siziq yopiq siniq chiziq deb ataladi. Sodda yopiq siniq chiziqdan tashkil topgan shakl ko`pburchak deb ataladi. Siniq chiziq tomonlari va uchlari mos ravishda ko`pburchakning tomonlari va uchlari deb ataladi. Tomonlarning soniga qarab kopburchaklar uchburchak , to`rtburchak , beshburchak va hakazo deb nomlanadi. Yopiq siniq chiziq tekislikni tashqi va ichki sohalarga bo`ladi. Agar ko`pburchakning ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma shu ko`pburchakka tegishli bo`lsa, bu ko`pburchak qavariq ko`pburchak deyiladi. Aks holda ko`pburchak botiq ko`pbarchak deyiladi. Biz bundan keyin faqat qavariq ko`pburchaklarni o`rganamiz. Agar ko`pburchak deyilsa, qavariq ko`pburchak tushuniladi. Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling