Sinonimiya va darajalanish munosabati


Download 158.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana18.06.2023
Hajmi158.59 Kb.
#1573864
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
madinaxon kurs ishi 222 (2) (2) (3)

2.2
 
Sinonimlar – stilistik vosita sifatida.
Sinonimlarning stilistik xususiyatlari leksik stilistikada sinonimiya hodisasi
muhim o‘rin tutadi. Stilistik bo‘yoqli so‘zlar, ayniqsa, sinonimik qatorda o‘z
ifodasini topadi. Ma’lumki, sinonimik qatorning uzunligi turlichadir: bir
tomondan, sinonimik qator faqat ikkita so‘zdan tuzilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
bir necha so‘zdan tuzilishi mumkin, masalan: ikki qismli sinonimik qator:
chopmoq-yugunnoq, sevinmoq-xursund bo‘lmoq, uysiz-joysiz, dum-quyruq. Ko‘p
qismli sinonimik qator: yuz, aft, bashara, turq, bet, chehra, siymo, kulmoq,
jilmaymoq, tabassum qilmoq, tirjaymoq, irshaymoq, iljaymoq, ishshaymoq
21
. Bu
sinonimik qatordagi har bir so‘z turli nutq vaziyatlarida tanlab ishlatiladi. Masalan:
shamol, sabo, yel, shabada, to‘fon, dovul, bo‘ron, kulmoq, jilmaymoq, tabassum
qilmoq, tirjaymoq, irshaymoq, iljaymoq, ishshaymoq. Bu sinonimik qatordagi har
bir so‘z turli nutq vaziyatlarida tanlab ishlatiladi. Masalan: shamol, sabo, yel,
shabada, to‘fon, dovul, bo‘ron.
II.Bob bo ‘yicha xulosa
Insoniyat tomonidan o‘rganilayotgan har bir fan o‘zining bosqichma-
bosqich rivojlanish tarixiga ega. Bu jarayon uzluksiz davom etib turadi, bir ilmiy
tadqiqot ikkinchi birining o‘rnini to‘ldiradi, uni yangiliklar bilan boyitib boradi,
tahlil etadi va o‘zgartiradi. Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida so‘zlararo
ma’noviy munosabatlarning yana bir turi bo‘lmish lug‘aviy graduonimiya hodisasi
haqidagi qarashlarning shakllanib borayotganligi o‘zbek tili leksikologiya sathida
21
Abdiyev E. Yashin drammalari tilida sinonimlarning qo‘llanishi, «Sovet maktabi» jurnali, 1986, ¹5, 35-36-betlar
.
[20]


yechimini kutayotgan dolzarb muammolar borligidan dalolat beradi. Bu borada
graduonimiya hodisasining an’anaviy sinonimiya xususidagi qarashlar bilan
o‘zaro munosabati masalasiga oydinlik kiritilishi so‘z shakli va ularning ma’noviy
munosabatlari doirasida bajarilgan yangi bir tadqiqotni yuzaga chiqaradi.
Jumladan, lug‘aviy ma’no guruhlaridan biri bo‘lgan sinonimik so‘zlar orasidagi
bunday munosabat ma’no jihatdanbir xil bo‘lgan so‘zlar belgisining oz-ko‘plik
darajasiga ko‘ra farqlanishiga asoslanadi. So‘zlarning ana shu munosabatlarini
hisobga olib guruhlash, ya’ni so‘zlarning (ma’no) miqdoriy ko‘rsatkichiga
ko‘ra darajalanishini asoslovchi guruhlangan so‘zlar qatori graduonimik lug‘aviy
qatorni tashkil etadi. Graduonimiya va sinonimiya hodisalarining o‘zaro
munosabati haqida O.Bozorov o‘z ilmiy ishida ayrim ma’lumotlar beradi,
jumladan, u V.G.Pavlovning fikrini quvvatlab quydagicha yozadi: Graduonimiya
va sinonimiya hodisalari o‘zlarining asos belgilariga ko‘ra keskin farqlanadilar.
Zero sinonimiya ikki vaundan ortiq leksema va frazema sememalarining
aynanligiga asoslansa, graduonimiya sememalar asosiy semalardagi gradatsiyali
farqlanuvchiga tayanadi.Bundan sinonimlardagi asosiy ma’nolarning tengligi,
graduonimiyada esa teng emasligi ma’lum bo‘ladi. Sinonimlar har doim bir-
birining o‘rnida ishlatila olishi, biror bir predmet yoki shaxsning xususiyatlarini
ifodalashda ma’no jihatidan yaqin variantni sifatida qaralib, ma’nodosh
leksema hisoblansa, graduonimlar daraja jihatidan farqlanuvchi, hajmiga ko‘ra,
ishlatilish ko‘lamiga ko‘ra, kontekstga ko‘ra, stilistik bo‘yoqdorligiga ko‘ra
leksemalarning graduonimik qatorlari a’zolarining o‘zaro farqlanishi bilan ajralib
turadi. Graduonimik qator a’zolarini sinonimik qator birliklaridan ajratishdagi
asosiy belgi ma’no va mazmun jihatidan darajalarda farqlanishdir. Ammo hozirgi
kungacha ko‘pgina tillardagi sinonim lug‘atlarida ular aralash holda keltirilishi
graduonimiyani tushunishga ajratishga to‘sqinlik qilmoqda. Xulosa sifatida shuni
aytishimiz mumkinki, darajalanish leksemalarni paradigmalarga (guruhlarga)
birlashtirishning omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Albatta, darajalanish
qatorlari ma’nodoshlikning bir turi sifatida qaraladimi yoki LMGlarning bir turi
[21]


sifatida o‘rganiladimi bu alohida tadqiq qilinadigan masaladir. Xullas,
graduonimik qatorning eng muhim belgisi, ya’ni xususiyati shundaki, bu qatorda
aynanlikka nisbatan farqlilik bo‘rtib turadi va farqlilik omilining yetakchiligida
(bir umumiy sema belgisi miqdorining ozaytirilishi yoki ko‘paytirilishi natijasida)
yangidan yangi leksemalar (graduonimlar) hosil qilinadi.
XULOSA
Tilimiz boy tarix va o‘zining buyuk ma'naviy merosiga ega. Bunda albatta buyuk
bobokalonlarimiz, zabardast tilshunos olimlarimizning hissalari benihoya. Shu
bilan birga tilshunoslik sohasida muammo bo‘lib kelayotgan masalalar ham yo‘q
emas. Tilshunoslik sohasining bugungi kundagi dolzarb masalalaridan biri
graduonimiya va sinonimiya hodisalarining o‘zaro farqli jihatlaridir. Bu masala
o‘tgan asrning 80-yillariga qadar o‘z yechimini topa olmayotgan jo‘n fikr bo‘lib
kelayotga edi. 1980- yillarda tilshunoslar tomonidan bu jumboqning yechimini
topishga harakat boshlandi. R.Safarova o‘z ilmiy ishida so‘zlarning ma'no
munosabatlari antonim, sinonimlar bilan cheklanib qolmay va yana shu qatorda
zamonaviy munosabatlarning bir ko‘rinishi tur-jins sifatida berildi. R.Sayfullayev,
E. Begmatov, H. Ne'matov, R. Rasulov "Leksik mikrosistema va uning tadqiq
metodikasi" mualliflari LGMlarda ma'noviy munosabatlar antonimik, sinonimik,
polisemantik, giponomik munosabatlar bilan cheklanibgina qolmay, so‘zlararo
bunday munosabatlar xilma-xil yangi ko‘rinishlarga ega bo‘la olishini ko‘rsatish
maqsadida graduonimik, partonimik, funksionimik munosabatlari borligini eslatib
o‘tishgan. Keyinchalik Sh. Orifjonova nomzodlik dissertatsiyasida, O. Bozorov, H.
Ne'matov, Sh. Rahmatullayevlar o‘z ilmiy ishlarida keng tadqiq eta boshladilar.
Tilshunosligimizda sinonimlar yetarli darajada tadqiq qilingan, ularning
xususiyatlari ma’lum ilmiy izlanishlar orqali o‘z isbotini topgan. Ammo
graduonimiya hodisasi talab darajasida tadqiq qilinmagan. Graduonimiya
hodisasining leksema ma’no munosabatlarining bir turi sifatida qaralish 80-yillar
[22]


oxiridan boshlandi. Bu davrga qadar darajalanish hodisasi sinonimlar doirasida
o‘rganilar edi. Buning asosiy sababi darajalanish xususiyatiga ega so‘zlar o‘zbek
tilining sinonimlar lug‘ atida ma’nodosh so‘z sifatida berilar edi. Bu masala tadqiq
etilgach, graduonimiya va sinonimiya ayni bir xil hodisa emasligi o‘rganilgach
darajalanuvchi so‘zlar sinonimik uyalarga tarqatib yuborilgan.
Sinonimik qator paradigma a’zolarining ma’no jihatdan bir umumiy denotant
atrofida birlashuvidan hosil bo‘ladi. Bunda paradigma a’zolari o‘rtasida anglatgan
ma’no, nomlaydigan ataydigan voqea-hodisa, belgi-xususiyatlar aynan bir
tushunchani ifodalaydi. Ular o‘z paradigmasida uslubiy bo‘yoqlar va qo‘llanish
doirasiga ko‘ra farqlanishi mumkin. Graduonimiya — darajalanish so‘zini
tilshunoslik atamasi sifatida birinchilardan bo‘lib R.Safarova va “Sistem
leksikologiya tezislari” mualliflari tomonidan qo‘llanilgan.Lug‘ aviy
graduonimiyaning mohiyati bir necha so‘zning ma’lum bir belgining oz-ko‘pligiga
qarab lug‘ aviy ma’noviy qatorda tizilishida namoyon bo‘ladi. Lug‘ aviy
graduonimik qatorlar ko‘pgina hollarda alohida bir yetakchi so‘z (dominanta)
atrofida birlashadi va lug‘ aviy ma’no guruhlari oldiga qo‘yiladigan barcha
talablarga to‘la-to‘kis javob beradi. Graduonimik paradigma a’zolari esa sinonimik
qator a’zolaridan farqli o‘laroq, ayan bir tushunchani emas, balki ma’lum
tushunchani miqdoran darajalab oko‘rsatadi. Bunda miqdoriy belgi paradigma
a'zolari o‘rtasida ko‘payib yoki kamayib borish xususiyatiga ko‘ra darajalanadi.
Graduonimiya umumiy ma'noda ma'noviy darajalanish hodisasidir. Graduonimiya
bugungi kun hodisasi emas, balki necha asrlar ilgari adabiyotimizning buyuk
allomasi A. Navoiy o‘zining tilshunoslik sohasiga bag'ishlangan ikki til
muhokamasi "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida ilk bor tilshunoslikda darajalanish
hodisasi borligini yig‘lamoq fe'lining kuchayib borish darajasiga qarab o‘sib
borishini aytib o‘tgan. Darajalanish hodisasini barcha so‘z turkumlari doirasida
ko‘rishimiz mumkin. Masalan: Otlarda graduonimik qatorlar juda ko‘pdir buning
sababi ular predmetni ifodalaydi. Predmet esa ma'lum bir belgilar majmuasi
sifatida yuzaga chiqadi va otlarda belgi ma'nosi ulardagi ma'no tarkibining muhim
[23]


tarkibiy qismidir. Shuning uchun o‘zbek tilida ko‘pchilik muayyan (konkret) otlar
va bir qator mavhum otlar graduonimik qatorlarni tashkil etadi. Xususan,
numerativ so‘zlarda to‘la-to‘kis graduonimik munosabatlar asosida quriladi: Mm—

Download 158.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling