Sinonimiya va darajalanish munosabati


Download 158.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi158.59 Kb.
#1573864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
madinaxon kurs ishi 222 (2) (2) (3)

II. BOB 
O‘zbek tilshunosligida graduonimiya va sinonimiyaning 
tadqiq qilinishi
2.1. Sinonimiya va antonimiya hodisasining graduonimiya bilan semantik
farqlanuvchanlik munosabatlatlari.………………………………..…….13
2.2. Sinonimlar – stilistik vosita sifatida………………………………...20
BOB BO‘YICHA 
XULOSA………………………………………………………………….
XULOSA………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
[3]


KIRISH
“Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar
o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu
fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan
singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir”
1
. O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla
yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e'tibor va uni o‘rganishga qiziqish
kuchaymoqda. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alisher Navoiy
nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil
etish to‘g’risida» Farmonining qabul qilinishi ham tilga berilayotgan e'tiborning
har tomonlama kuchaytirishga qaratilib, bu borada ilmiy asoslarni ham
mustahkamlash nazarda tutildi
2
.
O‘zbek tiliga berilayotgan alohida e'tibordan ruhlanib, yurtimizda faoliyat
yuritayotgan ko‘plab diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ham turli
davralarda aynan o‘zbek tilida so‘zlab, ma'ruzalar qilayotganliklarini ham bu
boradagi islohotlarimiz samarasi sifatida baholash mumkin . 
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Sinonimiya va graduonimiya haqida
umumiy tushuncha ,sinonimiyaning turli ko‘rinishlari . Ma’lumki, oliy o‘quv
yurtlarida malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini har taraflama yaxshilashning
eng muhim shartlaridan biri bo‘lajak kadrlarga mustaqil fikrlash, o‘z fikr-
mulohazalarini mustaqil bayon qila olish ko‘nikmalarini singdirishdan iboratdir.
Talabaning «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmetidan bajaradigan kurs ishi
jarayoni talabalarning kelgusida tilshunoslik muammolari bo‘yicha olib boradigan
ilmiy tadqiqot ishi bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki bakalavr
talabalar bajaradigan
referatlar, ilmiy ma’ruzalar, kurs va bitiruv malakaviy ishlarida o‘quv jarayoni
bilan ilmiy-tadqiqot elementlari ma’lum darajada uyg‘unlashgan bo‘lishi talab
1
Karimov A.I. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” 
2
Karimov I.Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch.-T:Ma’naviyat.2008.B-51.
[4]


qilinadi. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursi o‘zbek filologiyasi fakultetlarida
birinchi – uchinchi kurslarda o‘qitiladi. Respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tasdiqlagan namunaviy o‘quv rejasiga muvofiq talabalar “Hozirgi o‘zbek
adabiy tili”ning «Kirish», «Fonetika va fonologiya», «Orfografiya, grafika va
orfroepiya», «Leksikologiya, frazeologiya, leksikografiya va frazeografiya», «So‘z
yasalishi, morfemika va morfologiya», «Sintaksis va punktuatsiya» kabi
bo‘limlarini o‘qish va o‘rganish bilan birga, kurs ishlari ham yozib topshiradilar.
Kurs ishlari orqali talabalarning nazariy bilimlarni qay darajada o‘zlashtirganligi,
til faktlarini qanchalik bilishi va mustaqil ravishda ilmiy kuzatish olib borishga
layoqati borligi aniqlanadi. Respublikamiz oliy o‘quv yurtlari o‘zbek filologiyasi
fakultetlari talabalari uchun «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» o‘quv predmetidan kurs
ishlari bajarish bo‘yicha yaratilgan uslubiy qo‘llanma1ning hozirgi kun talablariga
to‘la javob bera olmay qolganligini nazarda tutib, mazkur uslubiy tavsiyalar
tuzildi. Bu ishda «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» o‘quv kursining har bir bo‘limi
uchun nazariy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar ro‘yxati ilova qilindi.

Download 158.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling