Sinonimiya va darajalanish munosabati
Kurs ishining tadqiqot uslubi va uslubiyati
Download 158.59 Kb. Pdf ko'rish
|
madinaxon kurs ishi 222 (2) (2) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. BOB. SINONIMIYA VA UNING MA’NO TURLARI 1.1. Sinonimiya haqida ma’lumot .
Kurs ishining tadqiqot uslubi va uslubiyati: Ilmiy ommabop manbalardan
to’plangan ma’lumotlar tahlil qilib, xulosa va takliflar qilish. Kurs ishi tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, ikkita bob va qilingan xulosalardan iborat. Ishga qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun to‘plangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi. [5] I. BOB. SINONIMIYA VA UNING MA’NO TURLARI 1.1. Sinonimiya haqida ma’lumot . Sinonimiya muammolari bilan shug‘ullanishda o‘zbek tilshunosligi katta tajriba to‘plagan va bu borada turli hajmdagi tadqiqotlar yuzaga kelgan. O‘zbek tilidagi sinonimiya hodisasi va bu hodisa jarayonida yuz beradigan til birliklari o‘rtasidagi o‘zaro ma’no munosabatlari haqidagi ilk qarashlar o‘zbek tilining leksikologiya yo‘nalishini yoritishga bag‘ishlangan hamda ta’limning turli bosqichlarida foydalanish uchun yaratilgan darslik va qo‘llanmalarda o‘z ifodasini topgan. Fahri Kamolning «O‘zbek tili leksikasi» va «Hozirgi zamon o‘zbek tili» , Ya. D. Pinxasovning «Hozirgi zamon o‘zbek tili leksikasi» va «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» , M. Mirzayev va boshqalarning «O‘zbek tili», mualliflar jamoasining «Hozirgi o‘zbek adabiy tili, ikki tomlik» , U.Tursunov va boshqalarning «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» U.Tursunov va N.Rajabovlarning «O‘zbek tili leksikasining ba’zi masalalari» , Sh. Shoabdurahmonov va boshqalarning «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» hamda «O‘zbek tili leksikologiyasi» akademik nashrlarini misol tariqasida keltirish mumkin. O‘zbek tili sinonimlarining lingvostilistik tabiati maxsus monografik tadqiqot obyekti ham bo‘lgan. S. Isamuhamedova va A. Doniyorovlar sinonimiya mavzusida nomzodlik dissertatsiyalari yozishgan. Sinonimiyaga oid o‘zbek tilshunosligida yozilgan maqolalar ham salmoqli miqdorni tashkil qiladi. Afsuski, bu o‘rinda ularning barchasini sanab o‘tishning imkoni yo‘q. Faqatgina R.Qo‘ng‘urov va S. Karimovlar tomonidan tuzilgan «O‘zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati bibliografik ko‘rsatkichidagi hamda S. Karimov va T. Jo‘rayevlar tomonidan tartib berilgan «O‘zbek tili uslubshunosligi va nutq madaniyati» Bular orasida M.Rahmatullayevaning «Alisher Navoiy tilidagi sinonimlarni o‘rganish masalasiga doir» mavzusida yozilgan nomzodlik dissertatsiyasi diqqatga sazovor. Sanab o‘tilgan [6] adabiyotlarning ko‘pchiligida sinonimlar sifatida leksik birliklar va ular o‘rtasidagi ma’no munosabatlari qaralib, ularga ma’nolari bir xil yoki ma’nolari bir-biriga yaqin so‘zlar deb baho beriladi. Ammo o‘zbek tilidan olingan qator misollar tahlili shuni ko‘rsatadiki, keltirilgan bu ta’riflarning birontasi ham sinonimiya deb ataladigan lingvistik hodisaning mohiyatini to‘liq qamrab ololmaydi. Birinchidan, tabiat va jamiyatda bir-biriga aynan o‘xshash narsa va hodisaning o‘zi bo‘lmagani singari ularning aynan mohiyatini aks ettiradigan ikki yoki undan ortiq so‘zlarni topish qiyin. Tilimizda respublika-jumhuriyat , universitet- dorilfunun, arxitektura-me’morchilik, lingvistika-tilshunoslik, stilistika- uslubshunoslik singari dubletlar yashab kelmoqda. Garchi dublet sanalsa ham, nutqda biri o‘rnini ikkinchisining bosa olmasligi ularning yashovchanligini ta’minlaydi. Garchi rasmiy hujjatlar va chiqishlarda O‘zbektston Respublikasi deb qayd etilgan holda, jumhuriyat birligi so‘zlashuv nutqi bilan chegaralanadi. Samarqand Davlat universiteti, Samarqand Davlat dorilfununi desa bo‘ladi. Ammo hayot dorilfununi deyish mumkin bo‘lgani holda uni hayot universiteti tarzida qo‘llab bo‘lmaydi 3 .Bu esa respublika, universitet so‘zlarining baynalmilal xarakterda ekanligi bilan, jumhuriyat so‘zining bir qadar eskirganligi, hududi chegaralanganligi, dorilfunun so‘zining ma’nosi universitetga qaraganda qamrovi kengligi, umumiyligi, universitet so‘zida esa bu ma’noning aniqligi, atama mazmunida ekanligi bilan bog‘liq. Demak, faqat yuzaki qaraganimizdagina bu so‘zlarning ma’nosini bir deb xulosa chiqarishimiz mumkin. Matnlar esa aslida bunday emasligini tasdiqlaydi. Ular, hech bo‘lmaganda, vazifaviy uslublararo chegaralanishi bilan, ya’ni uslubiy nuqtai nazardan farqlanadi. Ikkinchidan, ma’nolari bir xil sinonimlar tilda bo‘lganda ham ularning barchasi baravar ravishda, doimiy holda yashay olmaydi. Tilning amalda bo‘lish qonuniyatlariga ko‘ra, aytaylik, parallellikni xush ko‘rmasligidan kelib chiqib, vaqt o‘tishi bilan ularning biri ikkinchisiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi. Masalan: Download 158.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling