Sintaksis reja


Download 0.85 Mb.
Sana26.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1297244
Bog'liq
СИНТАКСИС

  • SINTAKSIS
  • Reja:
  •  
  • Sintaksis va uning turlari
  • So'z birikmasi
  • Sintaktik munosabatlarni ifodalovchi vositalar
  • www.arxiv.uz
  • Sintaksis va uning turlari
  • Sintaksis termini grek. sintaxis "tuzish"demakdir. Gap va uning tuzilishi. turlari so'z birikmasini o'rganuvchi grammatikaning bir bo'limi smtaksis deyiladi.
  • Ma'lumki. kishilar bir-birlari bilan fikr almashadilar, aloqa qiladilar. Bu esa gap orqali ro'yobga chiqadi. Gap o'z navbatida so'zlarning turli sintaktik munosabatlari asosidatuziladi. Ana shu fikr almashuv vositasi bo'lgan gap va so'z birikmasini o'rganish smtaksisning asosiy vazifasidir.
  • Shunga ko'ra sintaksisning o'rganish sohasi bir necha turlarga bo'linadi.
  • So'z shakl sintaksisi har bir gapda ma'lum bir shaklda ishtirok etadigan mustaqil so'zlarni ya'ni gap bo'laklarini o'rganadi. Masalan: oftob olamni yoritadi (gapida oftob -ega, olamni -to'ldiruvchi, yoritadi - kesim) kabi.
  • www.arxiv.uz
  • So'z birikmasi sintaksisi o'zaro sintaktik bog'lanib, tushuncha ifodalovchi birliklarni o'rganadi. Masalan: rektorning buyrug'i, quyoshning tafti, odamlarning fikri, talabaning kitobi.
  • Gap sintaksisi o'zaro sintaktik bog'lanib, fikr ifodalovchi birliklarni - sodda va qo'shma gaplarni o'rganadi. Masalan: Bahor keldi (sodda gap). Bahor keldi, gullar ochildi (qo'shma gap).
  • Matn sintaksisi mazmuniy yaxlitlikni tashkil etgan oliy darajadagi kommunikativ butunliklarni o'rganadi. Masalan: Bizning keyingi yillarda erishgan eng katta yutug'imiz - bu umimiiy xonadonimizda qaror topgan tinchlik va barqarorlik, millatlar aro va fuqarolar aro totuvlikdir(I. Karimov). Sintaksisning asosiy birliklari quyidagilar:
  • www.arxiv.uz
  • l.So'z (leksema) - leksik, so'z shakl-grammatik birlik. ma'lum grammatik shakldagi so'z (so'z shakl) gapda ma'lum sintaktik vazifa bajaradi, sintaktik birlik bo'ladi va gap bo'lagi vazifasini bajaradi;
  • So'z birikmasi - so'zlar o'zaro sintaktik bog'lanib,tushuncha ifodalovchi birlik so'z birikmasini hosil qiladi. U gaptarkibida unli hosil qiluvchi unsure hisoblanadi.
  • Gap-so'zlar sintaktik bog'lanib xabar bildiruvchi, fikrifodalovchi birlik yuzaga keladi.
  • www.arxiv.uz
  • So'z birikmasi
  • Tushunchalar orasidagi munosabatlarni ifoda qilish uchun ma'no va grammatik jihatdan o'zaro bog'lanib kelgan ikki va undan ortiq mustaqil so'z, so'z birikmasi deyiladi. Masalan: a'lochi talaba, keksa bog'bon, tovushdan tez, oppoq qor, Shohistaning kitobi.
  • So'z birikmasi kamida ikkita mustaqil so'zning o'zaro grammatik jihatdan bog'lanishidan hosil bo'ladi. So'z birikmasi erkin birikma hisoblanadi va turg'un birikmalardan farq qiladi.
  • Turg'un birikmalar tarkibidagi so'zlar o'rnini almashtirib bo'lmaydi va ular bir gap bo'lagi vazifasini bajaradi. Erkin birikma tarkibidagi so'zlar o'rnini almashtirish mumkin va birikma tarkibidagi har bir so'z alohida gap bo'lib kela oladi. Misollarni solishtiring:
  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling