Kimyoviy tuzilishi turlicha mikroorganizmlarga qarshi vositalar - Bularga nitrofuran, xinolon unumlari kiradi, moddalar asosan me’da ichak va siydik yo’llarining kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
- Nitrofuran unumlariga furatsillin, furadonin, furagin kabilar kiradi.
- Nitrofuranlar gramm musbat, gramm manfiy mikroorganizmlarga yiirk viruslar, trixomonadalar, lyambliyalarga qarshi ta’sir ko’rsatadi, mikroorganizmlarning nuklein kistoalarini bog’lab, ularning tuzilishini o’zgartiradi, membranalarning oqsillariga kerakli fermentlarning faolligini kamaytiradi, shu tufayli konsentratsiyaga qarab bakteriostatik va bakteritsid ta’sir ko’rsatadi.
Nitrofuranlar antibiotiklarga sulfanilamidlarga chidamli mikroorganizmlarga qarshi ta’sir ko’rsatadi, penitsillin, tetratsilkin, aminoglikozidlarning ta’sir kuchini oshiradi. - Nitrofuranlar antibiotiklarga sulfanilamidlarga chidamli mikroorganizmlarga qarshi ta’sir ko’rsatadi, penitsillin, tetratsilkin, aminoglikozidlarning ta’sir kuchini oshiradi.
- Bu moddalarga o’rganish holatlari kam uchraydi, organizmning himoya kuchini kamaytirmaydi
- Furatsillin asosan mahalliy mimroorganizmlarga qarshi, yiringli yaralarni, jarohatlarni davolash va oldini olish uchun qo’llaniladi, bakterial dizenteriyani davolashda ichga buyurilishi mumkin.
Furazollidonga, ayniqsa gramm manfiy, trixomonadalar, lyambliyalar, dizenteriya, qorin tifi, paratifni paydo qiluvchi mikroorganizmlar sezuvchan bo’ladi, ogiz orqali buyuriladi, ichakdan qonga so’riladi, safri, siydik orqali organizmdan chiqib ketadi. Bundan tashqari shamcha shaklida ham qo’llaniladi. - Furazollidonga, ayniqsa gramm manfiy, trixomonadalar, lyambliyalar, dizenteriya, qorin tifi, paratifni paydo qiluvchi mikroorganizmlar sezuvchan bo’ladi, ogiz orqali buyuriladi, ichakdan qonga so’riladi, safri, siydik orqali organizmdan chiqib ketadi. Bundan tashqari shamcha shaklida ham qo’llaniladi.
- Furadonin siydik yo’llari jarohatlanganda pielit, pielonefrit, sistit, uretritlarda keng qo’llaniladi. Uni siydik yo’llaridan boshqa infeksiyalarda yuboriladigan moddalar bilan qo’llash tavsiya etilmaydi, chunki moddaning mikroorganizmlarga qarshi xususiyati kamayib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |