Reja: - 1. Sulfanilamidlar
- 2.Sulfanilamidlarning qo’llanilishi
- 3. Nojo’ya ta’sirlari
- 3. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha turlicha bo’lgan mikrobga qarshi dori vositalari
Sulfanilamidlar – Moddalar kimyoviy jihatdan sulfanil kislota amidididan sintez yo’li bilan olinadi. Birinchi eng oddiy sulfanilamid steptotsid bo’lib, hozirda 20dan ortiq turi qo’llaniladi. - Sulfanilamidlar – Moddalar kimyoviy jihatdan sulfanil kislota amidididan sintez yo’li bilan olinadi. Birinchi eng oddiy sulfanilamid steptotsid bo’lib, hozirda 20dan ortiq turi qo’llaniladi.
- Sulfanilamidlarning mikroorganizmga qarshi ta’siri paraaminobenzoy kislota bilan qarama qarshiligiga bog’liq.
- Sulfanilamidlar keng ta’sir spektriga ega bo’lib, ular gramm musbat va gramm manfiy bakteriyalarga, jumladan gazli gangrena, kuydirgi, difteriya, traxoma , pnevmokokk, meningokokk, gonokokklarga ta’sir ko’rsatadi.
- Yiring hosil bo’lgan joylarda sulfanilamidlar ta’siri kamayib ketadi.
Sulfanilamidlarning qo’llanilishi - Sulfanilamidlarning qo’llanilishi
Ular qo’llanilishiga qarab 3 guruhga bo’linadi: - Me’da ichakdan yaxshi so’riladigan, ya’ni rezorbtiv ta’sir etuvchi
- Ichak oralig’ida ta’sir etuvchi, ya’ni meda ichakdan so’rilishi qiyin moddalar
- Mahalliy ta’sir etuvchi moddalar
- Me’da ichakdan yaxshi so’riladigan moddalar – sulfadimezin, sulfazin, etazol, urosulfan, norsulfazol, sulfapiridazin, sulfamonometoksin, sulfadimetoksin.
- Ular ichakdan qonga yaxshi so’riladi, qonda albuminlar bilan bog’lanib, to’qimalarga tarqaladi. GEB va platsentar baryerdan yaxshi o’tadi, seroz bo’shliqlarda to’planadi. GEB’dan sulfapiridazin va sulfadimezin boshqalarga qaraganda yaxshiroq o’tadi, sulfadimetoksin va norsulfazol deyarli o’tmaydi. Sulfanilamidlar jigarda biotransformatsiyaga uchraydi – atsetillanadi. Atsetillangan sulfanilamidlar mikroorhanizmlarga qarshi xususiyatini yo’qotadi, ularning neytral va kislotali muhitda eruvchanligi kamayib, kristalluriya ro’y beradi, siydik yo’llarida cho’kib qolishi mumkin. - Sulfanilamidlar jigarda biotransformatsiyaga uchraydi – atsetillanadi. Atsetillangan sulfanilamidlar mikroorhanizmlarga qarshi xususiyatini yo’qotadi, ularning neytral va kislotali muhitda eruvchanligi kamayib, kristalluriya ro’y beradi, siydik yo’llarida cho’kib qolishi mumkin.
- Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda buyraklarning filtratsiya xususiyati yaxshi rivojlanmagan bo’ladi va sulfanilamidlar ular organizmida 2-3 baravar ko’proq tutilib qoladi.
- Sulfanilamidlar ta’sir davomiyligi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi:
- Qisqa muddat ta’sir etuvchi – sulfadimezin, etazol, urosulfan, norsulfazol, ularning ta’siri 30-40 daqiqadan keyin boshlanib, qonda 2-3 soat ichida yuqori miqdorda bo’ladi 8-20 soatlardan keyin 50% kamayadi. Ta’sirni tutib turish uchun har 4-6 soatda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |