Синтетик ва табиий дори воситалар
Download 78.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-seminar. Sintetik va tabiiy dori vositalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vitamin S. (l-askorbin kislotasi)
Аktinomitsin.
Аktinomitsin Streptomyces antibioticus bakteriyasi shtammasidan fermentativ usulda ajratib olingan. U DNK molekulasi uchun juda kuchli spetsifik ingibitor boʼlib, unga bogʼlanadi va RNK sintezida uning matritsalik holatini buzadi. Uning bu xususiyati rak oʼsimtalaridagi DNK va RNK lar ishtirokida ketadigan oqsil biosintezini sekinlashtiradi va shu sababli uning normal holatga oʼtishiga yordam berishi mumkin. Streptomitsinlar. Streptomyces griseus bakteriyasidan fermentativ jarayon orqali ikkita antibiotik - streptomitsin А va streptomitsin V (mannozidostreptomitsin)lar ajratib olinadi.
Mannozidostreptomitsin Streptomitsin antibiotiklari koʼp xil mikroblarga, bakteriyalarga qarshi qoʼllaniladi. Bulardan streptomitsin А asosan aktiv forma hisoblanadi, mannozidostreptomitsinning aktivligi ancha past boʼlib, faqat 20% aktivlikka ega. Vitamin S. (l-askorbin kislotasi) Bu birinchi vitamin hisoblanadi. U rangsiz kristall modda, Tsuyuql.=192 ºC, suvda yaxshi eriydi, spirtda yomon eriydi. Vitamin S, umuman, juda koʼp oʼsimliklarning gullarida, mevalarida boʼladi, ayniqsa naʼmataklarda, masalan, Begger naʼmatagi (Rosa beggeriana Schrenk), burushqoq naʼmatak (Rosa rugosa Thunb), dauriya naʼmatagi (Rosa davurica Pall), zangezur naʼmatagi (Rosa zangezura P.Yarosch), itburun naʼmatagi (Rosa Canina L.); qoraqand (smorodina) - Ribes nigrum L.; oʼrmon qulupnayi (er tut) - Fragaria vesca L. kabi oʼsimliklarda koʼp tarqalgan boʼladi va ulardan ajratib olinadi. Vitamin S ni birinchi boʼlib Sent Dʼordi individual holatda ajratib olgan va soʼng sintez qilingan. Download 78.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling