Sintoizm dini Qadimgi yaponiyada vujudga kelgan
Download 1.93 Mb.
|
SINTOIZM
Xalq e`tiqodlari. Har bir ibodatxonada Sintay ilohiyati turadigan xonden (muqaddas joy) bor. Xondenning yonida xayden (ibodat qiluvchilar turadigan joy) bo’ladi. Ibodatxonalarda ilohiyatlar timsoli yo’q. Ammo ayrim ibodatxonalar sher, ba`zilari tulki, maymun yoki kiyik timsollari bilan bezatilgan. Bu hayvonlar muayyan ilohiyatlarning elchisi hisoblanadi. Bularning barchasi sintoizmning turli-tuman, o’ziga xos milliy e`tiqodlar bilan chambarchas bog`liqligini ko’rsatadi.
Xalq orasida tulki tabiatiga ega bo’lgan odamlarni sehrgar, folbin, bashoratchilik xususiyatiga ega deb hisoblaydilar. Ular tulki timsolidagi ilohiyatga sig`inadilar. Qadimda yaponlar bo’riga ibodat qilganlar. YAqin-yaqinlargacha ular bo’rini Akama tog`larining ruhi deb hisoblab kelganlar. SHuningdek, yaponlar toshbaqa, ilon, chuvalchang, baliq, ninachi, akula, qisqichbaqa kabi ko’plab turli hayvonlarni muqaddas hisoblab, ularning timsollarini yomon ruhlardan himoya qiluvchi, omad-baxt keltiruvchi narsalar sifatida uylari, ibodatxonalariga osib qo’yadilar. YAna ba`zi daraxt va gullarni, tog`, buloq, tosh kabilarni ham ilohiylashtiradilar. SHunisi ham borki, ushbu urf-odatlar diniy e`tiqoddan ko’ra ko’proq xalqning qadimiy tasavvurlari bilan bog`liq. Xulosa qilib aytish mumkinki, yapon xalq e`tiqodlari juda xilma-xil. Ular bir shakldan ikkinchisiga o’tib hozirgacha yo’qolmay etib kelgan. Bu e`tiqodlar ham o’z navbatida, chetdan kirib kelgan turli dinlardan ta`sirida shakllangan. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling