Sintoizm dini Qadimgi yaponiyada vujudga kelgan
Download 1.93 Mb.
|
SINTOIZM
Ibodat marosimlari. Oddiy yapon kishi uchun uning o’z ibodatxonasi, unda amalga oshiriladigan marosimlar, yilda bir marta bo’ladigan rangin bayramlar hayotining zaruriy qismi bo’lib qolgan. Uning ota-bobolari ham shunday yashaganlar, o’zi ham undan oshirmasdan shu tarzda yashaydi.
Ibodatxonalar uchun alohida o’ziga xoslik bilan birga ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan jihatlar mavjud. Bu hukumatning din ishlarini tartibga solish va sintoizmni davlat diniga aylantirishga qaratilgan urinishlari natijasidir. SHunday urinishlarning biri 1868 yilda Meydzi qayta qurishidan keyin bo’lib o’tgan. O’shanda sintoizm ruhoniylarini o’qitadigan ta`lim tizimini yaratishga harakat qilingan edi. Kannusi deb ataladigan bunday ruhoniylik lavozimi odatda meros sifatida uzatilar edi. 1946 yilda konstitutsiya yo’li bilan din davlatdan ajratildi. Ibodatxonada turli amallar bajariladi. Dindorlar mehrob oldida turib, maxsus katakli qutiga biror tanga tashlaydilar, ta`zim qiladilar, bir necha chapak chalib va ibodat so’zlarini qaytaradilar. Ibodatxonada turli bayramlar ham uyushtiriladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling