Sinxron raqamli iyerarxiya (sdh)


Download 198.5 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi198.5 Kb.
#244074
1   2   3
Bog'liq
SDH

2.3-rasm.( “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi ).



2.4-rasm. ( 1+1 turidagi Himoyaga ega bo’lgan “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi ).

“Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi. 1.11.-rasm. 1+1 turidagi Himoyaga yega bo‘lgan “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi 1.10.3. Konsentrator funksiyasini qo‘llovchi “yuluzcha” topologiyasi Bunday topologiyada kommutatsiya markazi (masalan raqamli ATS) yoki markaziy xalqadagi SDH tuguni bilan ulangan olisdagi bir tarmoq tuguni, konsentrator vazifasini bajaradi. Bunday tugunda trafikning bir qismi foydalanuvchilarga, qolgan qismi yesa tarmoqdagi boshqa tugunlarga taqsimlanadi. Konsentratorlar bunday vazifani bajarish uchun faol va intellektual bo‘lishi kerak, ya’ni kross-kommutatsiyani amalga oshiruvchi kirish/chiqishli multipleksor bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda agar bunday sxemalarning kirishiga to‘liq bo‘lmagan STM-N oqimi (yoki bir pog‘ona pastdagi oqimlar) berilsa, uning chiqishida to‘liq STM-N oqimi bo‘lsa, bunday sxemalar optik konsentrator deyiladi. Aslida bunday topologiya markazi tugunda SDH multipleksori qo‘llanilgan “yulduzcha” topologiyasini eslatadi (1.12.-rasm). 1.12-rasm.





2.5-rasm. ( Kontsentrator funksiyasini bajaruvchi yulduzcha topologiyasi ).

Konsentrator funksiyasini bajaruvchi yulduzcha topologiyasi.

1.10.4. “Xalqa” topologiyasi Xalqa topologiyasining yeng ajoyib xususiyatlaridan biri tarmoq ishdan chiqganida o‘z-o‘zini tiklash qobiliyatidir.

Bu topologiyaning asosiy afzalligi, 1+1 turdagi himoyani oson amalga oshiradi. Bunday himoyani oson amalga oshirishning sababi sinxron mulpleksorlardagi (SMUX) “sharq-g‘arb” deb nomlanadigan va qarama-qarshi yo‘nalishdagi ikkita xalqa oqimini hosil qiladigan ikki juft (asosiy va zaxira) chiqish optik agregatlarning mavjudligidadir (1.13.-rasm)





2.6-rasm. ( Nuqta-nuqta va xalqali SDH tarmog‘i).

Demak, SDH tarmoqlarini loyihalashtirishda, transport tarmoqlarining tuzilishi yuqorida ko‘rib chiqilgan topologiyali tarmoqlarning alohida bir yelmenti sifatida tashkil qilinadi. Odatda xalqa topologiyasi yoy “nuqta-nuqta” yoki “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Misol tariqasida “nuqta-nuqta” va “xalqa” arxitekturasi keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, bu tarmoqni qurish uchun ikkita “xalqa” va “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyalari qo‘llanilgan.



SDH tarmoqlarining arxitekturasida eng ko‘p qo‘llaniladigan “Xalqa-xalqa” topologiyalardir. Bunday ulanishlarda xalqalar bir xil yoki SDH iyerarxiyasining turli sathlarida bo‘lishi mumkin. 1.15-rasmda STM-1 ning interfeys kartalari yordamida STM-4 sathidagi ikki xalqaning ulanishi ko‘rsatilgan.



1.15-rasm. Interfeys portlari yordamidagi bir satxda (STM-4) joylashgan ikki xalqa orasidagi aloqaning sxemasi

1.10.5. Yacheykali topologiya

Xalqali topologiyani kirish/chiqishli mulpleksorlar tashkil yetsa, yacheykali topologiyaning markazi va uning yelmentlari vazifasini operatsion ulovchi apparatura (OUA)lar tashkil yetadi (1.16-rasm).





1.16-rasm Yacheykali topologiya. OUAlar o‘ziga tushgan axboratli kirishlarni, VC-3 , VC-4 virtual konteynerlarning marshrut sarlavhalarini mos yo‘nalishi bo‘yicha taqsimlaydi. Bunday variantga yega bo‘lgan topologiyaning afzalligi shuki, har bir yo‘nalishda o‘zining yuklamasi va uzatish tezligi nazarda tutiladi. Bundan tashqari,biror yoki bir necha yo‘nalishda uzilish ro‘y bergan taqdirda ham mos keluvchi punktlar orasida aloqa uzilmaydi. Yacheykali tuzilishga yega bo‘lgan topologiyada aloqa qancha katta bo‘lsa, yacheykali apparaturalarda ishonchlilik shuncha yuqori bo‘ladi.
Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling