Синяя пульсация


Download 1.8 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1585187
Bog'liq
Markaziy nerv


O’zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish Vazirligi
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport
Universiteti Farg’ona filiali
“Sport turlari” fakulteti
“Yengil atletika” yo’nalishi “SP 03-22” guruhi talabasi Abdusalomov Asrorbekning Anatomiya
fanidan TAQDIMOTI

MAVZU: Markaziy nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari. Assotsiativ, komissural va proyeksion o’tkazuvchi yo’llar

Reja


Markaziy nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari
1
2
3
Assotsiativ o’tkazuvchi yo’llar
Komissural o’tkazuvchi yo’llar
4
Proyeksion o’tkazuvchi yo’llar
5
Nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari ahamiyati
Markaziy nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari
Bosh miya (encephalon) uni o‘ragan pardalari bilan birga kallaning miya qismi ichida joylashgan. Uning ustki yon yuzasi kalla qopqog‘i ichki yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil qiladi. Pastki yuzasi kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos murakkab relefga ega. Bosh miyaning og‘irligi katta odamlarda 1100 dan 2000 g gacha, o‘rtacha: erkaklarda 1394 , ayollarida 1245 g. Bosh miya uch yirik qismdan: katta miya yarimsharlari, miyacha va miya so‘g‘onidan iborat.
Katta miya (cerebrum) markaziy nerv tizimining odamda kuchli taraqqiy etgan eng katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. Katta miyaning bo‘ylama yorig‘i (fissura longitudinalis cerebri) uni o‘ng va chap yarimsharlarga ajratadi.
Yarimsharlar o‘zaro qadoq tana (corpus collosum) vositasida qo‘shilgan. Yarimsharlar orqa tomonda ko‘ndalang yorig’ (fissura transversa cerebri) vositasida miyachadan ajrab turadi. Miya yarimsharlarining tashqi yuzasi turli chuqurlikdagi egatlar (sulci cerebri) joylashgan. Chuqur egatlar yarimsharlarni bo‘laklarga (lobi cerebri) ajratsa, mayda egatlar pushtalarni (gyri cerebri) chegaralaydi.
Markaziy nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari
Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi yarimsharlar, miyacha va miya so‘g‘oning ventral qismlaridan hosil bo‘lgan. Uning oldingi qismlarida peshona bo‘lagining ostki yuzasida hidlov piyozchalari (bulbi olfactori) joylashgan. Uning ventral yuzasiga burun bo‘shlig‘idan g‘alvir suyakning ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan o‘tuvchi 15-20 hidlov nervlari (nn. olfactorii) I juft bosh miya nervi keladi.
Markaziy nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari
Hidlov piyozchasidan orqaga qarab hidlov yo‘li (tractus olfactorius) yo‘naladi. Uning orqa qismlari kengayib hidlov uchburchagini (trigonum olfactorum) hosil qiladi. Hidlov uchburchagining orqa tomonida oldingi ilma-teshik modda (substantia perforata anterior) joylashib, bu teshiklar orqali miya ichiga arteriyalar kiradi. Ilma-teshik modda oralig‘ida ko‘ruv nervi kesishmasi (chiasma opticum) joylashgan. U ko‘ruv nervi (n. orticus) II juft bosh miya nervi tolalaridan hosil bo‘ladi. Ko‘ruv nervi orqa tomonga ko‘ruv trakti (tractus opticus) bo‘lib davom etadi. Ko‘ruv nervi kesishmasining orqa tomonida kulrang tepacha (tuber cinereum) yotadi. Uning pastki qismi torayib quyg‘ichni (infundibulum) hosil qiladi. Quyg‘ichning uchida ichki sekretsiya bezi gipofiz (hypophysis) turadi. Kulrang tepachaning orqa tomonida oq sharsimon shakldagi ikkita oq so‘rg‘ichsimon tana (corpora mamillaria) bor.
Markaziy nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari
So‘rg‘ichsimon tananing ikki yon tomonida bo‘ylamasiga joylashgan ikkita yo‘g‘on oq to‘sinlar singari miya oyoqchalari joylashgan. Ular o‘rtasida oyoqchalararo chuqurcha (fossa interpedincularis) bo‘lib, uning tubini orqa ilma-teshik modda (substantia perforata posterior) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya oyoqchalarining ichki yuzasidan III juft bosh miya nervi ko‘zni harakatlantiruvchi nervning (n. oculomatorius) ildizi ko‘rinadi. Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa tolalardan iborat. Uzun tolalar uzunchoq miyani oldingi qismida pastga tushuvchi, harakatlantiruvchi piramida yo‘lini hosil qiladi. Uning orqa lateral yuzasida yuqoriga ko‘tariluvchi orqa miyani miya yarimsharlari va miyacha bilan bog‘lovchi sezuvchi yo‘llar joylashadi.
Markaziy nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari
Orqa miya-po‘stloq yo‘li uzunchoq miya sohasida kesishib qovuzloq kesishmasini (decussatio lemniscorum) hosil qiladi.
Qisqa tolalar kulrang modda o‘zaklarini o‘zaro bog‘lab, shuningdek uzunchoq miyani bosh miya so‘g‘onining qo‘shni qismlari bilan qo‘shib turadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uzunchoq miya yuqori va gorizontal joylashgan. Piramida yaxshi taraqqiy etmagani uchun olivalar bir-biriga yaqin turadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan aniq ajramagan. Bola hayotining birinchi yilida olivalar asta-sekin bo‘rtiq shaklini oladi va yoshga qarab kattalashib boradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uning uzunligi 8-9 mm, kengligi 4-5 mm, bir yoshda esa uzunligi 12-13 mm bo‘ladi. Erta bolalik davri so‘ngida miya o‘tkazuv yo‘llari taraqqiyoti natijasida piramidalar kattalashib olivalar bir-biridan uzoqlashadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan ajralib, nozik va ponasimon bo‘rtiqchalar paydo bo‘ladi. Uzunchoq miya o‘zaklari taraqqiyoti 7 yoshda tugaydi.
Markaziy nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari
Markaziy nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari
Assotsiativ o’tkazuvchi yo’llar
Refleks asosida reflektor yoyi yotadi. Reflektor yoyida nerv impulsi 120 m/sek. tezlikda yuradi. Sodda reflektor yoyi odatda ikki neyrondan iborat bo‘lib, ulardan bittasi sezuvchi yuzadan boshlansa, ikkinchisi aksoni bilan muskullarda tugaydi. Murakkab reflektor yoyida uchinchi oraliq neyron bo‘lib, u sezuvchi neyron bilan harakatlantiruvchi neyronni bir-biriga bog‘lab turadi.
Barcha o‘tkazuv yo‘llari uch guruhga bo‘linadi: proyeksion, komissural va assotsiativ. Organizm taraqqiyotida proyeksion
o‘tkazuv yo‘llari oldinroq paydo bo‘lib, keyin komissural va eng so‘ngida assotsiativ yo‘llar paydo bo‘ladi.
Assotsiativ o‘tkazuv yo‘llari bosh miyaning bitta yarimshari kulrang moddasini bir-biriga qo‘shib turadi. Assotsiativ o‘tkazuv yo‘llari har xil tuzilishdagi neyronlar zanjiridan iborat bo‘lib, ular afferent yo‘llarning oxirgi neyroni bilan efferent yo‘llarning birinchi neyroni o‘rtasida oraliq neyron holatida joylashib, reflektor yoyini biriktirib turadi. Assotsiativ yo‘llar uzun va qisqa tolalardan iborat bo‘ladi.
Assotsiativ o’tkazuvchi yo’llar
Komissural o’tkazuvchi yo’llar
Ontogenezda assotsiativ yo‘llar komissural va proyeksion yo‘llarga nisbatan kechroq paydo bo‘ladi, ammo bola tug‘ilganidan keyingi davrda tez o‘sib, miyelin pardasi bo‘lmaydi. Bola hayotining ikkinchi oyidan boshlab ularda miyelin parda hosil bo‘ladi va proyeksion markazlar bilan aloqalar paydo bo‘ladi.
Proyeksion o’tkazuvchi yo’llar
Proyeksion o‘tkazuv yo‘llari bosh miya po‘stlog‘i bilan miya pog‘onasi o‘zaklari (qisqa proyeksion yo‘llar), hamda orqa miya o‘zaklari (uzun proyeksion yo‘llar) o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqani ta’minlab turadi. Nerv impul’slarini yo‘nalishiga qarab proyeksion yo‘llar ikki guruhga markazga intiluvchi-afferent, sezuvchi yo‘llar nerv impul’sini periferiyadan markazga po‘stloqqa olib boruvchi va markazdan qochuvchi-efferent, harakatlantiruvchi, impul’sni miya po‘stlog‘idan periferiyaga olib boruvchi yo‘llarga bo‘linadi. Afferent va efferent proyeksion yo‘llar murakkab reflektor yoyining asosiy qismlari bo‘lib, ular o‘zaro miya po‘stlog‘ida assotsiativ o‘tkazuv yo‘llari vositasida qo‘shiladilar.
Nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari ahamiyati
Fiziolog olim Pavlov nerv tizimining ikki muhim funktsiyasi oliy va tuban funktsiyalari mavjudligini uqdirib o`tadi. Oliy funktsiya organizmni tashqi dunyo bilan aloqasini bog`lab turadi. Oliy funktsiya oliy nerv faoliyati tomonidan amalga oshirilib, unda katta miya yarim sharlari va po`stloq osti yadrolari ishtirok etadi.
Tuban funktsiya esa organizmdagi barcha to`qimalar, organ va sistemalar ishini boshqarib boradi. Tuban funktsiya oliy nerv faoliyati va nerv-gumoral yo`li bilan boshqariladi.
Nerv hujayrasi o`zining barcha o`simtalari bilan birga neyron deyiladi. Ha bir neyronda yadro va tsitoplazma mavjud. Neyron tashqi tomondan yarim o`tkazgich membrana pardasi bilan o`rab olingan bo`lib, u tufayli neyron ichida va tashqarisida ionlar kontsentratsiyasi belgilangan normada saqlanadi. 
Nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari ahamiyati
Qo`zg`alish tufayli membrananing ionlar o`tkazish qobiliyati o`zgaradi, natijada u yerda potentsiallar ayirmasi vujudga keladi. Barcha nerv hujayralari qon tomirlari bilan yaxshi ta`minlangan bo`lib, u yerda qon harakati juda intensiv bo`ladi. Nerv hujayrasining eng uzun o`simtasi akson deyiladi. U yumshoq po`st nevrolemma bilan o`ralgan. Uning tagida Shvannov po`stlog`ining yadrosi joylashgan. Bu qismlar nerv tolasi uchun ajratuvchi mielin po`stini hosil qiladi va trofik funktsiyani bajaradi. Mielin po`sti oqsillar va lipidlardan iborat bo`lib, nerv tolalarini bir biridan izolyatsiya qilish funktsiyasini bajaradi. Nerv tolasining ichki tomonida neyrofibril tolalari bo`lib, ular nerv tolasini ancha baquvvat saqlaydi. Shvannov hujayralari birikib nerv tolasi atrofida maxsus po`st hosil qiladi, ular o`rtasida esa maxsus bo`shliqlar bo`lib, ma`lum suyuqlik bilan to`lgan. Shu oraliq orqali membrana tashqi muhit bilan bog`lanadi. Renve xalqasida potentsiallar generatsiyasi bo`lib, qo`zg`alishning navbatdagi tolaga o`tishini ta`minlaydi.
Nerv tizimining o’tkazuvchi yo’llari ahamiyati
Nerv tolasini nerv hujayrasidan ajratsak, degeneratsiyalanadi. Lekin ma`lum vaqt o`tishi bilan degeneratsiyalangan nerv tolasi harakatlanuvchan muskullargacha qayta tiklanishi mumkin. Nerv tolasining sutkalik regeneratsiyasi 2-4 mm. Nerv tolasining yo`g`onligi 4-16 mikron bo`lishi mumkin. Odatda, yo`g`on tolalardan ta`sirning o`tishi ingichka tolalarga qaraganda ancha tez bo`ladi. Nerv tolasi muskul bilan birlashgandan keyin mielin po`stini yo`qotadi va harakat blyashkalarini hosil qiladi.
Nerv tizimi umuman olganda butun bir organizmda moddalar almashinuvi protsessini boshqarib, barcha organ va sistemalarning tuzilish, o`sishi va rivojlanishini ta`minlab turadi.

E’TIBORIZ UCHUN RAHMAT

E’TIBORIZ UCHUN RAHMAT


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling