Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150
Download 97.74 Kb.
|
feruzbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayirish sistemasi.
- Nerv sistemasi.
Qon aylanish sistemasi. Chuvalchanglar orasida birinchi marta paydo bo’lganligidanancha soda tuzilgan. Asosiy qon tomirlari uchta bo’lib, ulardan biri orqa qomiri ichakning ustida, ikkita yon tomirlar tanasining ikki yonidan joylashgan. Qon tomirlari tananing oldingi uchida o’zaro tutashib ketadi. Bundan tashqari qon tomirlari o’zaro kundalang tomirlar orqali ham qo’shilgan bo’ladi. Qon oziq moddalar va kislorodni tanadagi hamma organlar va to’qimalarga tashiydi. Qon tarkibidagi nafas olish pigmentlari shu jumladan, qonni qizg’ish, sariq yoki yashil rangga bo’yaydi. Shunday qilib, nemertinalarning maxsus nafas olish organlari bo’lmasa ham qon nfas olish funksiyasini o’taydi.
Ayirish sistemasi. Protonefrediy tipida tuzilgan, tanasi oldingi qismining ikki yonida joylashgan ikkita naydan iborat. Har bir naydan juda ko’p mayda naychalar tana bo’ylab tarqalgan. Naychalar xilpillovchi kiprikli xujayralar bilan tamom bo’ladi. Modda almashinuv maxsulotlari qondan ayirish diffuziya orqali o’tadi. Nerv sistemasi. Yaxshi rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi ikki juft miya gangliylaridan va ular bilan bog’langan nerv stvollaridan iborat. Bir juft tserebral xartum qini ustida, ikkinchi jufti qinning ostida joylashgan. Gangliylar komissuralar (nerv tolalari) orqali birlashgan. Bosh miyadan orqaga bir juft kuchli rivojlangan nerv stvollari chiqadi. Nerv stvollari konnektivalar (ko’ndalang nerv tolalari) orqali birlashgan. Sezgi organlari yon tirqishlar va serebral organlardan iborat. Yon tirqishlar bosh qismining ikki yonda joylashgan bo’lib, xilpillovchi kipriklarga ega. Serebral organlar shulalanuvchi kipriklar bilan ta’minlangan ancha chuqur, lekin tor naychalar bo’lib, miya gangliylari bilan bog’langan. Ikala organlar ham kimyoviy sezgi vazifasini bajaradi. Ular yordamida hayvonlar suvning kimyoviy tarkibini, tuyg’u organlari yaxshi rivojlangan. Bu organlar tana bo’ylab tarqalgan sezgir tukchali hujayralardan iborat. Odatda miya ustida 2,4 ta yoki undan ko’proq invertirlangan ko’zchalar yorug’likni sezadi. Download 97.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling