2- §. Sterjenlarni ustuvorlikka amalda hisoblash
Sterjen ustuvorligini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan chegaraviy
kuchlanish
σ
kr
kattaligi sterjen materiali va geometrik o‘lchamlariga
bog‘liq ekanligini aniqladik.
Ustuvorlikka hisoblashda, ruxsat etilgan
kuchlanishdagi kabi ehtiyot koeffitsienti kiritiladi.
Mustahkamlikka
nisbatan ustuvorlikdagi ehtiyot koeffitsienti kattaroq qiymatga ega,
chunki bir qator tasodifiy kattaliklar –
sterjen egriligi, markaziy
bo‘lmagan yuk, tasodifiy yondan ta’sirlar kabi kattaliklarga bog‘liq
bo‘ladi. Ustuvorlikdagi ruxsat etilgan kuchlanish [σ
y
]
mustahkamlikdagi
ruxsat etilgan kuchlanish bilan quyidagicha bog‘langan
[ ]
kr
y
ϕσ
σ
=
(12.4)
bu yerda: φ – o‘lchovsiz koeffitsient, siqilgan
sterjenlar uchun asosiy
ruxsat etilgan kuchlanishni pasaytirish koeffitsienti deb, ba’zan
bo‘ylama egilish koeffitsienti deb ataladi.
φ kattaligi sterjen materiali egiluvchanligiga bog‘liq
va u maxsus
jadvalda (12.1-jadval) keltiriladi.