Sirdaryo viloyati tarixi


Sirdaryo viloyati sanoati


Download 98.73 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi98.73 Kb.
#1490104
1   2   3   4   5
Sirdaryo viloyati sanoati
20-asr boshlarida viloyatda bir necha mayda korxona bor edi. 1970-yillarda 8 paxta tozalash zavodi, 29 paxta qabul qilish punkti boʻlgan. Paxta zavodlaridan chiqqan paxta tolasi Bolgariya, Polsha, Kuba, Chexoslovakiya, Turkiya, Afrika mamlakatlariga joʻnatilgan.
Sirdaryo viloyatidagi 10774 ta korxonadan 10129 tasi kichik va oʻrta biznes korxonasi, shundan 8557 tasi mikrokorxona va 1282 tasi kichik va 290 tasi oʻrta korxonalardir.
Viloyatda xorijiy investitsiya ishtirokida 39 ta korxona faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 35 tasi qoʻshma korxonadir. Qoʻshma korxonalardan: Oʻzbekistan — Rossiya hamkorligidagi "Turkiston S" (konditer mahsulotlar ishlab chiqaradi), Oʻzbekiston — Chexiya "Lechiva" farmsanoat qoʻshma korxonasi (tibbiy spirt, doridarmon tayyorlaydi), chet el parrandachilik firmasi, Oʻzbekiston — Avstriya "Sirdaryo", "Lolamodel" (trikotaj buyumlar ishlab chiqaradi), "Sarbonteks" (tibbiy bint, doka, jarroxlik salfetkalari), Oʻzbekiston — Eron "Sayxun PAYA" (tomat pastasi ishlab chikariladi), Oʻzbekiston — Xitoy "Paxtakor LTD" (issiqxona),Oʻzbek — Arab "Ok,oltin PMB" (paxta tolasi ishlab chiqaradi) va boshqa korxonalar, ayniqsa, samarali faoliyat koʻrsatmoqda. 9 paxta tozalash zavodi, Sirdaryo issiklik elektr stansiyasi, Farhod GES, "Momiq", "Zilola", "Shuxrat", "Gulistonnon", "Xovosdon", "Oq oltindon" aksiyadorlik jamiyatlari, "Sayxunsut" xususiy korxonasi, "Bunyod" korxonasi (temirbeton buyumlar ishlab chiqaradi) va b
Sirdaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963 yil 16 fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 5,3 ming km. Aholisi 667.748 kishi (2003). Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, maye. Boyovut tumani), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Guliston shahri.

Sirdaryo viloyatida, asosan, oʻzbeklar (60%), shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa 70 dan ortiq millat vakillari yashaydi. 1 km² ga 126 kishi toʻgʻri keladi (2003). Qishloq aholisi 455,9 ming kishi, shahar aholisi 211,9 ming kishi.Sirdaryo viloyati respublikaning yirik paxtachilik bazalaridan biri. Viloyat xoʻjaliklari, asosan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati paxtani va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan.20-asr boshlarida viloyatda bir necha mayda korxona bor edi. 1970 yillarda 8 paxta tozalash zavodi, 29 paxta qabul qilish punkti boʻlgan. Paxta zavodlaridan chiqqan paxta tolasi Bolgariya, Polsha, Kuba, Chexoslovakiya, Turkiya, Afrika mamlakatlariga joʻnatilgan.Sirdaryo viloyatidagi 10774 ta korxonadan 10129 tasi kichik va oʻrta biznes korxonasi, shundan 8557 tasi mikrokorxona va 1282 tasi kichik va 290 tasi oʻrta korxonalardir.


Viloyatda xorijiy investitsiya ishtirokida 39 ta korxona faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 35 tasi qoʻshma korxonadir. Qoʻshma korxonalardan: Oʻzbekistan — Rossiya hamkorligidagi "Turkiston S" (konditer mahsulotlar ishlab chiqaradi), Oʻzbekiston — Chexiya "Lechiva" farmsanoat qoʻshma korxonasi (tibbiy spirt, doridarmon tayyorlaydi), chet el parrandachilik firmasi, Oʻzbekiston — Avstriya "Sirdaryo", "Lolamodel" (trikotaj buyumlar ishlab chiqaradi), "Sarbonteks" (tibbiy bint, doka, jarroxlik salfetkalari), Oʻzbekiston — Eron "Sayxun PAYA" (tomat pastasi ishlab chikariladi), Oʻzbekiston — Xitoy "Paxtakor LTD" (issiqxona),Oʻzbek — Arab "Ok,oltin PMB" (paxta tolasi ishlab chiqaradi) va boshqa korxonalar, ayniqsa, samarali faoliyat koʻrsatmoqda. 9 paxta tozalash zavodi, Sirdaryo issiklik elektr stansiyasi, Farhod GES, "Momiq", "Zilola", "Shuxrat", "Gulistonnon", "Xovosdon", "Oq oltindon" aksiyadorlik jamiyatlari, "Sayxunsut" xususiy korxonasi, "Bunyod" korxonasi (temirbeton buyumlar ishlab chiqaradi) va boshqa ishlab turibdi.
Paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, mevachilik, sabzavotpolizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sirdaryo viloyatida 30 shirkat va 6170 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi (2004). Viloyatning jami ekin maydonlari 245,0 ming ga, shundan 115,3 ming ga yerga paxta, 86,3 ming ga yerga gʻalla, 6,0 ming ga yerga sholi, 1,9 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 450 ga yerga kartoshka, 19,5 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1233 ga bogʻ va tokzor bilan band. Shuningdek, sugʻoriladigan yerlarga beda, noʻxat, mosh, kunjut, tariq, loviya, kungabokar va boshqa ekiladi. Guliston va Xovos tumanlari sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan asosiy joylardir. Viloyatda yetishtiriladigan qovun, tarvuz, piyoz Ural, Sibir va Uzok, Sharqdagi shaharlarga ham joʻnatiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Sirdaryo viloyatidagi jami jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 181,1 ming krramol (shundan 75,9 ming sigir), 120,5 ming qoʻy va echki, 376,3 ming parranda, 6,1 ming ot boqiladi (2004). Viloyatda 2 ta baliqchilik xoʻjaligi mavjud.
Viloyatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga doir kompleks dasturlarni amalga oshirish natijasida joriy yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot 8,1 foizga oshdi.Sanoat tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish va ularni yanada diversifikatsiya qilishga doir dasturiy chora-tadbirlarning ijrosi sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmini 5,7 foizga oshirish imkonini berdi.Fermer xo'jaliklarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga ilg'or texnologiyalarni joriy etish ko'lamini kengaytirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida qishloq xo'jaligining yalpi mahsuloti 6,8 foizga o'sdi.Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi, strategik investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etishni jadallashtirish va yangi ishlab chiqarish ob'ektlarini tashkil etish o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmini 18,1 foiz va qurilish ishlarini 12,3 foizga oshirishni ta'minladi.Ichki talabni muvozanatli rag'batlantirish va mamlakatimizda tovarlar ishlab chiqaruvchi hamda xizmatlar ko'rsatuvchi mahalliy korxonalarni rivojlantirishni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni 10 foiz, chakana savdo aylanmasini 16,2 foiz, xizmatlar ko'rsatishni 15,1 foizga oshirishni ta'minladi.Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish hajmining o'sishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining tashkil etilishi va aholi bandligini kengaytirish aholi real daromadining barqaror oshishida muhim omil bo'ldi.

Download 98.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling