Sirtqi bo‘lim fakulteti Tarix o‘qitish metodikasi
Kurs ishining dolzarbligi
Download 140.04 Kb.
|
Abdullayeva Zilola Kurs Ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- 1.1. XX asrning 20 - yillarida Turkistonda tarix fanini o`qitish.
Kurs ishining dolzarbligi: Tarix darslarining bosh g’oyasini, uning ta'lim-tarbiya vazi-falarini aniq belgilash, ayniqsa, yosh, tajribasiz o’qituvchilar uchun qiyin ko’chadi. Ular ko’pincha darsning ta'limiy vazifalari bilan tarbiyaviy vazifalarini aniq ajrata olmay, ularning birini ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar yoki konkret dars materialini, uning mazmunini xisobga olmay, tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda belgilash bilan cheklanib qo’ya qoladilar. Bunday o’kituvchilardan ko’pincha, - shu darsingizda qanday muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishingiz kerak edi, - degan savolga, - o’quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashni ko’zda tutdim,— degan mazmundagi umumiy javob olinadi.
Kurs ishining maqsadi: Zamonaviy tarix darslariga bo`lgan ilmiy-metodik va didaktik talablar mavzusini yoritib berish. Kurs ishining predmeti: Zamonaviy tarix darslariga bo`lgan ilmiy-metodik va didaktik talablar mavzusiga oid o`quv qo`llanmalar. Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, besh bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. I-BOB. ZAMONAVIY TARIX DARSLARIGA BO`LGAN ILMIY-METODIK TALABLAR. 1.1. XX asrning 20 - yillarida Turkistonda tarix fanini o`qitish. Tarixdan ma‘lumki, jamiyatdagi kishilar ongi va tafakkuri shakllanishi va rivojida tarix fani asosiy hal qiluvchi ro`l o`ynaydi. Bugun mamlakatimizda ta‘lim tizimi taraqqiyoti o`zining yangi bosqichiga qadam qo`ydi. Bu jarayon ta’lim bosqichlarida uzviylikni ta’minlash, ta’limning turli bosqichlari uchun yaratilayotgan o`quv-materiallarida ham aks etadi. Mustaqillik yillarida milliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, zamonaviy fanlarni o`qitish tizimini takomillashtirish mamlakat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo`lgan salohiyatli kadrlar yetishib chiqishi uchun ham xizmat qiladi.1 20.04.2017 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida PQ-2909-sonli Qarori hamda 2019 yilning 8 oktyabrida qabo`l qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida‖ PF-5847-son farmoni oliy ta’lim tizimini rivojlantirishda tashlangan katta qadam bo`ldi1 . Ma’lumki, ta’lim eng muhim ijtimoiy institut sifatida shaxsning jamiyat rivojidagi o`rni va rolini belgilaydi. Jamiyat taraqqiyotida zamonaviy fanlar bilan birga tarixiy bilimlarni o`qitish masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Bu shundan dalolat beradiki, asosiy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vazifalarni hal etish bilan birga tarixiy taraqqiyot bosqichida O`zbekiston hududida tarixiy bilimlarni o`qitish va o`rganish masalalarining hal etilishi, uning yo`lga qo`yilishi va uning mazmun-mohiyati tarix fani misolida muhim jihatlarga ega. Oliy ta’lim tiziming XX asr 20-30-yillaridagi ahvoli va uni isloh qilish bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqidagi tarixiy ma’lumotlarni qilish, nafaqat bugungi kun oliy ta’lim tizimida hal qilinayotgan ko`plab muammolarning sabablarini aniqlashga, balki tarixiy saboqlarni hisobga olgan holda zamonaviy ta`lim siyosatini olib borishga imkon beradi Mazkur masalaning nazariy-metodologik jihatdan tadqiq etilishiga e’tibor qaratsak, bugungi kunga qadar O`zbekistonda ta’lim tarixi, jumladan, tarix fanining o`qitilishi, jumladan oliy ta’lim tizimi tarixining o`rganilishiga bag’ishlangan bir qator tadqiqotlar olib borilgani ko`zga tashlanadi. Mustaqillik yillarida masalaning ayrim jihatlari ta’lim tarixi bilan bog’liq holda A.X.Choriyev, I.Y.Tursunov, K.Ergashevlar tomonidan o`rganildi. Mazkur ishlarda ta’limda sovet shaklining joriy bo`lishi, qo`llanma va darsliklarning metodologik tomondan ishlab chiqilishida mafkuraviy ta’sirning kuchayishi kabi jihatlar tadqiq qilingan2 . O`zbekistonda tarix fani va ta’limini rivojlantirish, tarix fani bo`yicha mutaxassislar tayyorlash bilan bog’liq tarixiy jarayonlar R.E.Xoliqova tomonidan o`rganildi. Mazkur tadqiqot tarix fakultetining O`zbekiston hududida vujudga kelishi, dastlabki darslik, qo`llanma va ilmiy maqolalar yaratilishiga doir jihatlarni yoritib beradi3 . Shuningdek jamoaviy mualliflar tomonidan e’lon qilingan bir qator asarlardan ham XX asrda O`zbekistonda tarix fani rivojidagi muammo va masalalariga doir materiallar ham e’lon qilindi. Turkiston o`lkasida 1917 yil oktabr inqilobidan keyin bolsheviklar hokimiyatining oʻrnatilishi bilan ta’lim tizimi madaniy sohada Sovet davlati milliy siyosatining tarkibiy qismiga aylandi. 2O`lka aholisi o`qish va yozishni o`rganishga majbur bo`ldilar. Milliy maktablar qo`llab-quvvatlandi4 . Sovet hokimiyati hukmronligi paytdayoq ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga davlat tomonidan ajratiladigan mablag`ning «qoldiq» prinsipiga amal qilinishi hukmron mavqega ega bo`lgan. Bu ayniqsa O`rta Osiyo mahalliy aholisi ta’limi sohasida yaqqol ko`zga tashlanadi. Ittifoqning partiyasovet rahbariyati tomonidan maktablar va boshqa o`quv yurtlarida ta’limning rus tilida olib borilishiga bo`lgan xayrixohlik ustunligi aniq ko`rinib turibdi. Bunda mahalliy aholi, avvalo milliy ziyolilarning dunyoviy bilimlarga intilishlari hisobga olinmagan yoki rasmiyat yuzasidangina ba’zi jihatlari hisobga olingan xolos5 . Yangi tashkil etilgan sobiq Sovet Ittifoqida Oliy talimni qayta tashkil etishning boshlanishi RSFSR Xalq Komissarlari Soveti tomonidan ishlab chiqilgan 1918 yil 2 avgustdagi ―Oliy o`quv yurtlariga qabo`l qilish qoidalari to`g`risida‖gi farmoni bilan asoslanib, bu mustamlaka hududlarda xam oliy o`quv yurtlarini qayta tashkil etish imkonini bergan. Natijada Turkiston xalq universiteti (1918-yil aprel), Sharq instituti (1918 yil oxiri), Turkiston davlat universiteti (1920 yil 7 noyabr), Toshkentda K. A. Timiryazev nomidagi Xalq talimi instituti(1920-yil sentabr tashkil etilib 1921 yildan O`rta Osiyo davlat universiteti pedagogika fakulteti), Toshkentda kommunistik universitet (1921 yil avgust) tashkil etildi. XX asrning 20-yillaridan boshlab O`zbekiston hududida tarix fani, tarixiy bilimlarni o`rganish va o`qitish masalalari jamiyatda hukmron mafkura tomonidan o`rnatilgan ta’lim tizimlari tarkibida kechdi. Ko`pgina ilmiy adabiyotlarda keltirib o`tilganidek, tarixning sovet davri ancha murakkab, ziddiyatli davr bo`lib, jamiyat taraqqiyotidagi ijobiy o`zgarishlarni ham, uni ko`p yillar oldin orqaga so`rgan salbiy, fojiali sahifalarni ham o`z ichiga oladi. Zamonaviy tarix fanida ushbu mavzu allaqachon yangi tadqiqotlar va uslubiy yondashuvlar bilan ko`plab ishlarga bag`ishlangan. Ular orasida Markaziy Osiyo, xususan, O`zbekiston xalqlarining sovet davridagi madaniy-ma’rifiy hayotiga oid tadqiqotlar muhim o`rin tutadi. Shu bilan birga, tarix fanining mazkur davrdagi tarixi, uning 1920-yillardan XX asr oxirigacha bo`lgan shakllanish va rivojlanish yo`lini tahlil qilishga alohida urinishlar qilingan bo`lsa-da, hali tugallangan emas6 . Shu bilan birga Uzbekistonda jamiyat rivojlanishining taqozosi, qolaversa, mafkuraviy nuqgai nazardan ham umumta’lim maktablari sohasi, o`rta va oliy o`quv yurtlarini kengaytirish hamda iqtisod, fan va madaniyatning turli sohalari uchun mahalliy aholi orasidan mutaxassislar yetishtirishga majburiy zarurat tug`ilgan. Sovet hukumatining 1932 yil 25 avgustda ―Boshlang`ich va o`rta maktablardagi o`quv dasturlari va rejasi‖ haqida chiqargan qarori o`z davri talabi va zarurati natijasida kelib chiqqan tarixiy hujjat sifatida baholandi. Mazkur qarorda ta’limning dastlabki bosqichida o`qitiladigan ijtimoiy fanlar dasturiga tarixiy nuqtai nazardan qarashni yanada takomillashtirish, tarix, ijtimoiy fanlarda o`tkaziladigan mashg`ulotlarda sovet andozasi asosidagi ta’lim va madaniyatni targ`ib etish orqali sovet kishisini rivojlantirish maqsad qilindi7 . Mazkur qarorning ijrosi sovet hukumati Xalq, Komissarlari Kengashining 1934 yil 15-mayida e’lon qqilingan «SSSR maktablarida fuqarolar tarixini o`qitish to`g`risida»gi maxsus qarori asosida o`rgannlib chiqqqandan keyin ma’lum bo`lishicha, ta’lim tizimida tarix fanini o`qitilishi mamlakat miqyosida ko`p hollarda «umumiy sharh usuli»da o`qitilib kelayotgani tanqid qilingan. Xalq Komissarlari Kengashining 1934 yil 25 avgustda «SSSR maktablarida fuqarolar tarixini o`qitish to`g`risida»gi qarori aslida hukumatning 1932 yil 25 avgust qarorini zudlik bilan hayotga tatbiq, etish yo`lidagi tadbir bo`ldi8 . Asrning 20-30 yillarida tarix o`qituvchilarini tayyorlash jarayoni bir qator tarixiy jihatlarga ega bo`ldi. Birinchidan, jamiyatda bolsheviklar siyosiy hukmronligining kuchayishi bilan ta’limning mazmunmohiyatida mafkuraviy jihatlar ustun qo`yildi. Buning oqibatida tarix fani va tarixchi kadrlar tayyorlash masalasi ham hukmron mafkura ta’siri ostida qoldi. Ikkinchidan, ta’lim tizimi va uning bosqichlar haqida qabo`l qilingan hukumat qarorlari faqatgina hukmron mafkura targ`iboti uchun xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash uchun xizmat qildi. Download 140.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling