Sirtqi bo’lim filologiya va tillarni o’qitish yo‘nalishi


Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida psixoligik tasvir


Download 99 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi99 Kb.
#1553369
1   2   3
Bog'liq
Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli

Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida psixoligik tasvir.
Adabiyotshunoslik ilmida qahramon ruhiy dunyosini emotsional yo’sinda ifodalanishida bevosita ijodkorning badiiy mahoratiga bog’liq bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ijodkorning voqelikni tasvirlash jarayonidagi qahramon ruhiyatiga bog’liq bo’ladi. Qahramonning ruhiy kechinmalari voqealar rivoji asnosida dialog va monolog sathlarda kengroq namoyon bo’lib boradi. Qahramonning ruhiy dunyosini monolog nutqda ochib berishda bevosita qahramon hayotidan olinayotgan voqelik darajasi va voqelikni ifodalashda sujet tiplaridan assosiativ sujet bevosita monolog nutqni yuzaga keltiradi. Buning uchun asarning voqealar rivojida qahramon xarakteri to’la qonli ravishda shakllangan bo’lishi kerak bo’ladi. Bu esa o’z navbatida qahramonning inson va jamiyat haqida qarashlari kengroq namoyon bo’ladi. Bu esa ijodkorning pozitsiyasi bilan bog’liq jarayonlar hisoblanadi. Zulfiya Qurolboy qizi ham qahramon ruhiy dunyosini badiiy yo’sinda tasvirlashda monolog va dialog nutqlar orqali, shu bilan bir qatorda vaziyat taqozosi va mazmuniy mantiq asosida badiiy yuk vazifasini bajaradigan detallar orqali tasvirlab berishga harakat qiladi.
Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol” hikoyasida oddiy oilaning turmush tarzi badiiy yo’sinda ixcham shaklda tasvirlanadi. “Ayol” hikoyasida Nafisa, uning turmush o’rtog’I Asilbek, maktab direktori Dilbar Yusupova, Matluba Temirovna kabi qahramonlar xatti-harakati orqali voqealar rivojlanib boriladi.
Zulfiya Qurolboy qizi “Ayol” hikoyasida qahramon ruhiyatini taftish qilishda birdan inson kechinmalarini tasvirlashga oshiqmaydi, balki asar ekspozitsiyasi orqali tabiat tasvirini berishdan boshlaydi. Jumladan: “ Dekabr oyining oxirlari. Havo sovuq, maydalab yomg’ir aralash yog’moqda. Ko’chalar bo’m-bo’sh, kimsasiz…
Ko’p qavatli uylarning birida deraza oynasidan tashqarini kuzatib turgan ayolning ko’ngli bundanda g’arib, bundan-da horg’in edi. U yangi ishga qo’l urishga chog’langan-u , biroq ko’nglini xavotirmi, ikkilanishmi yo qo’rquvmi o’xshash bir his chulg’ab olgan kishi kayfiyatida edi. Derzaning muzdek oynasiga peshonasini tirab yana bir necha soniya shu koyi turdi-da, so’ng bir qarorga keldi shekilli, kiyimxonaga o’tib apil-tapil kiyina boshladi. “ Mana shu iqtibosdan ham ko’rish mumkinki, yozuvchi qahramon ruhiyyatidagi iztirobli kechinmalarni tabiat holatidan kelib chiqib tasvirlashga harakat qiladi. Nafisaning boshiga og’ir tashvish tushganligi, bu tashvishdan qanday chiqib ketish haqidagi oylari asarda badiiy yo’sinda tasvirlanishi bevosita kitobxonni befarq qoldirmaydi. Yozuvchi qahramon ruhiyatiga mos tabiat tasvirini olib kiradi. Bu esa o’z navbatida qahramon ruhiyatini tushunishga yordam beradi. Ya’ni qish faslida tashqi harakatga nisbatan insonda ruhiyyatida ichki harakat tezlashadi. Bu holatni yuqorida keltirilgan iqtibosdan ham anglab olish mumkin bo’ladi.
“Ayol kiyimxonadan chiqarkan, yotoqxona eshigi oldida maykachan turgan erini ko’rib bir oz sarosimalanib turib qoldi. – O’tgan kuni Xosiyat yanga uch yuz so’m olgandi, so’rab ko’rmoqchiman. O’ziga qarasam hali-beri beradiganga o’xshamaydi. Asilbek ko’zlarini olib qochidi…” Mana shu iqtibosda keltirgan qahramon ruhiyyat tasviri kitobxonni befarq qoldirmyadi. Sababi Nafisaning Xosiyat yangadan qarzini olib chiqishi to’qib chiqarilgan narsa. Chunki Asilbekning ishidan ajralgani, ro’zg’or uchun moddiy ta’minot kerakligi uchun Nafisa bir ish qidirb ko’radi. Shu sababdan nafisa uchun boshqa chora yo’qligi sabab mana shu vajni ko’rsatishga harakat qiladi. Oilaning tayanchi bo’lgan Asilbekning bejizga ko’zini olib qochishi kitobxonni befarq qoldirmaydi. Ich-ichidan iztirob chekadi.
“Nafisa uydan chiqib ketayotganida aytgan yolg’on gapini eslab qizardi. Indamay o’g’ilchasini olib emiza boshladi. – Akalari qani? – Ko’chaga chiqamiz deb qoyishmadi. – Choy ichishmadi? Eri bosh chayqadi. Xotiniga qaramaslik uchun nigohini olib qochdi. – Non tugab qopti,- dedi bir ozdan keyin hazing tovushda. O’rtaga noqulay jimlik cho’kdi. Asilbek aybdor odamday bosh egib o’tirar. Nafisaning tili tanglayiga yopishib qolgandek… faqat onasini emib qorni toygan baxtiyor bolakayning qiqir-qiqir kulgani eshitilar xonada.- Xosiyat yanga… qarzini bermadimi?- deya yana botinmaygina so’radi eri.- Nonga chiqib kelardim.” . “Ayol” hikoyasidan keltirilgan parchada Nafisa va Asilbekning o’rtasida kechayotgan ruhiy jarayonlar kishini ancha iztirobga soladi. Nafisa ro’zg’ori uchun bir ish topish uchun maktabdan ish qidiradi. Asilbek og’ir vaziyatda qolib, nima qilishini bilmaydi. Mana shu ruhiy iztiroblardan chiqib ketish yo’lini faqat Nafisa izlashga harakat qiladi. Asilbek esa ishdan nohaq chetlatilgani uchun baribir adolat qaror topadi deb harakat qilmaydi. Bu esa o’z navbatida “Ayol” hikoyasida harakatchan va chora izlashga harakat qiladigan qahramon nafisa ekanligini anglash mumkin.
Nafisa maktabda farrosh sifatida ishga qabul qilinadi. Bu holatni yozuvchi shunday tasvirlaydi: “ Ishni boshlab yuborganiga uch oy bo’ldi-yu, hamon ayolning ko’ngli g’ash edi. Ochig’ini aytganda, birovga ‘ishlayapman” deyishga uyalardi. Ayniqsa, hovliga chiqib kun boyi gap sotib o’tiradigan qo’shni ayollardan tortinardi. Shu bois u har kuni vaqtli turar, tong yorishar-yorishmas maktabga borar, hamma yoqni supurib, ariqlarni tozalar, axlatlarni chiqarib tashlar, uzoqroqqa ishga qatnaydigan kishilar uylaridan chiqqanlarida u qosh ko’zi changga belanib qaytayotgan bo’lardi. Kechki mahal esa hovlida bitta-yarimta tanishlariga yo’liqib qolmaslik uchun yerga qaragancha maktab tomon shipillab jo’nab qolardi. Vaqt o’tgan sayin negadir shoshqaloqlik qilib o’zini o’zi yerga urgan , yuziga qora chizilgan odamdek o’zidan o’zi nafratlana boshladi. “. Yozuvchi qahramon holatini tasvirlashda inson hamisha halol yo’l bilan og’ir ish bo’lsa ham, ro’zg’origa halol taom olib borishni istaydi. Shu boisdan Nafisa mana ishni bajarishga harakat qiladi. Hatto turmush o’rtog’iga bir og’zi siz ishlamayyapsiz deb yuziga ta’na qarash qilmaydi. Unin ham tushunishga harakat qiladi. Bu esa o’z navbatida qahramonning hayot mashaqqatlariga bardosh berishi, ish bilan band bo’lib, muammolarni bartaraf qilishga harakat qiladi.
Hayotda insonlar turli xil xarakterda bo’ladi. Ba’zilar insonni tushunishga harakat qiladi, ba’zilari esa uning aksi bo’lishi ham hayotda kuzatiladi. Buni voqealar rivoji asnosida ko’rib boorish mumkin: “ Direktor Dilbar Yusupovna ham uning ishidan qoniqmayapti , shekilli, og’iz ochib bir nima demasa-da, uni ko’rganda ijirg’anib qoygani shundoqqina yuz-ko’zidan bilinib turardi. Ammo bu holat uzoqqa bormadi. – Siz ishga kelganingizdan buyon maktab hovliga odam qarab bo’lmay qoldi,- deya zahrini sochdi bir kuni huzuriga chaqirib. – Ayol kishisiz-ku, uyingizda ham shunaqa yarim-yorti ish qilasizmi? Essiz erkak…Bugundan boshlab kun boyi maktabda bo’lasiz, ertalab, kechqurun kelib ketishni bas qiling. Men sizga sakkiz soatlik ish haqi to’layapman. Olgan maoshingizni halollab oling. – Kun boyi maktabda yurishga ilojim yo’q,- dedi u ming istihola ham andak hadik bilan.- Yosh bolam bor. – Eplasangiz ishlang. Pul toppish oson emas. Ko’zlariga jiqqa yosh keldi. Nimadir demoqchi, o’zini oqlamoqchi bo’ldi, ammo tiliga tushov tushgandek gapirolmadi. Lablari pir-pir uchdi , xolos. “ Mana shu iqtibosdan ham ko’rish mumkinki, insonning halol mehnati hamisha qadrlanib kelingan. Lekin maktab direktori Nafisaning ahvolini tushunaslikka harakat qiladi. Uning ishlaridan kamchiliklar topib aybdor qilishga harakat qiladi. Inson qaysi lavozimda bo’lishidan qat’I nazar insonni tushunishga harakat qilishi kerak. Bu holatni Nafisa faoliyatidan ko’rish mumkin. Shu sababdan yozuvchi ayol timsoli hamisha ezguliklar qurshovida e’zozlanishi kerakligini ta’kidlaydi.
Millat hayotining estetik ifodasi o’laroq istiqlol adabiyoti deb atalmish badiiy hodisa yuzaga keldi. Istiqlol davri o’zbek adabiyoti ko’p asrlik milliy adabiyotning mantiqiy davomi edi. Bu adabiyot milliy adabiyot taraqqiyotidagi shunchaki bir bosqich bo’lmay, qator belgilarga ega bo’lgan o’ziga xos badiiy-estetik hodisadir.
Millat ahli o’z ma’naviyatining asosi bo’lmish Qur’oni Karim bilan tanishgani tufayli uning tafakkurida sog’lomlashish yuz berdi. O’zbek xalqining ko’p asrlik tarixini Qur’oni Karim tarjima qilinguncha va tarjima qilingandan keyingi davrlarga ajratish mumkin. Negaki, bu muqaddas kitobning o’zbekchalashtirilishi millatning e’tiqodi, dunyoqarashi va ma’naviyatida o’ziga xos inqilob bo’ldi. Dunyoqarashi tozargan millatning adabiyoti ham yangilanishi tabiiy. Shu bois hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan , dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash samarasi sifatida millat ijodiy dahosining mahsuli bo’lib, istiqlol adabiyoti dunyoga keldi. Bu adabiyot ijtimoiy taraqqiyot yo’sinlarini, muayyan shaxs ruhiyati manzaralarini sinfiy kurash va partiyaviy yondashuvsiz tasvirlash mumkinligining natijasi o’laroq paydo bo’ldi.
Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti olam hodisalari va odam ruhiyati qirralariga xilma xil qarash, olamning mavjudlik yo’sini va undagi tartibotlarni turlicha izohlash imkoniyati mahsuli bo’lgan adabiyotdir. Mustaqil o’zbek davlati badiiy adabiyotni sho’ro zamonida bo’lgani kabi o’z monopoliyasiga aylantirishga urinmay qoyishi bilan ijod erkinligiga obektiv sharoit yaratdi. Bu adabiyot siyosatga boysundirilmagani uchun ham ijodkorning ko’ngil ishiga aylandi. Mustaqillik davrida badiiy ijod bilan o’zini-yu, Allohini tanishga uringan, ko’nglini bo’shatishga ehtiyojmand odamlar shug’ullanmoqda. Bugungi o’zbek adabiyoti o’z ko’ngliga qarshi bormaydigan, uning royishlariga zug’um o’tkazmaydigan kishilar tomonidan yaratilayotir. Istiqlol davri adabiyotida odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi sifatida sinfiy-partiyaviy yondashish tamomila barham topdi.
Bugungi o’zbek adabiyoti millat ahlining ko’ngli, sezimlari va ruhiyatini tasvirlashga e’tibor qaratishi natijasida inson asosiy badiiy qadriyatga aylandi. Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti chinakamiga xilma-xil adabiyot bo’ldi. Unda sinab ko’rish, ochilmagan yo’llardan yurish, hatto, qilish imkoniyati bor. Bu adabiyotga qanday yozish kerakligi to’g’risida ko’rsatma berilmaydi. Bu hol birovga o’xshamaydigan, o’zgalarni takrorlamaydigan o’ziga xos iste’dodlarning yuzaga kelishiga imkon yaratadi. Xilma xil yo’nalishdagi asarlarning vujudga kelishi badiiy didi har xil bo’lgan o’quvchilarni paydo qiladi.
Nasr mustaqillik davrida ham milliy adabiyotning salmoqli turi bo’lib qolaverdi. Keyingi o’n yillikda Sh. Xolmirzayev, O’. Hoshimov, O. Muxtor, T. Malik, T. Murod, M.M. Do’st, A. Dilmurod. X. Sultonov, N. Norqobilov, X. Do’stmuhammad, N. Eshonqulov, T. Rustamov, L. Bo’rixon, A. Yo’ldoshev, Zulfiya Qurolboy qizi singari turli avlodga mansub ijodkorlar o’ziga xos yo’sinda qalam tebratib, milliy proza taraqqiyotiga hissa qo’shdilar.
Istiqlol davrida o’zbek nosirlari qahramonlar tasvirida sxematizmdan qutulib bormoqda. Badiiy asarda odamga mavjudligi bilan sir-sinoatga to’la, har lahzada har kimga har turli qiymatga ega bo’lib tuyuladigan tirik inson tarzida yondashish qaror topib borayotir. Odamni yoritishda jo’nlikdan qutulinayotganligi o’zbek nasri taraqqiyotida sog’lom tamoyillar qaror topayotganligini ko’rsatadi.
Zulfiya Qurolboy qizining “Yozsiz yil” hikoyasida o’zbek xalqining haqiqiy o’zbek onasini bir hikoya asosida ishonarli holda tasvirlab beradi. Bu hikoya har qanday kitobxonni befarq qoldirmyadi. Yozuvchi mazkur hikoyasida Buvgul ena obrazini shunday tasvirlaydi: “ Buvgul ena tong’ich o’g’li (ya’ni Mamatqul) ning ko’nglini g’ash qilib qoyganini sezdi, lekin ortiga burilmadi, og’ir mehnatni ko’p qilgandanmi, oltmishga kirmay dol bo’lgan qaddini etgan koyi, qo’llarini belida chalishtirgancha uyi tomon yo’rtarkan, yo’l-yo’lakay uchragan tanishlaridan Sobirjonini ko’rgan-ko’rmaganliklarini so’rardi. Aksiga olganday, na yo’lovchilardan, na qo’ni-qo’shnilardan Sobirga ko’zi tushgan odam topilmadi. “Bir og’zi aytmasdan qayoqqa ketib qoldiykin? –oyladi ona qo’li ishga bormay ko’cha eshik oldidagi supachada o’tirgancha yo’lga ko’z tutarkan. – Jo’ralari o’n besh yoshdan qizlarminan yetaklashib yurishlarini bilsayam buning parvoyiga kelmasdi. Qaylig’initoydan oldin bo’g’oz qilib qoygan jo’rasiga kuyovnavkar bo’lganidan keyin birdan o’zgarib qolganini sezuvdim. Bitta-yarimta qizminan, tanishib qolib, shuning ketidan hid olib ketdimikin? Oh , bolam-a!.. Buvgul enaning ko’z oldini xira parda qopladi.” Yozuvchining mazkur hikoyasida o’zbek onasi har qanday sharoitda ham farzandlarini birday yaxshi ko’radi. Farzandlari uyli-joyli bo’lib ketsa ham, ularning mudom holidan xabar olib turishini ishonarli lavhalarda ko’rsatib bergan. Shu bilan bir qatorda Sobir o’g’li mashina halokati tufayli yarim jon bo’lib qoladi. Ona bu og’lining ertangi qismatini kecha-yu kunduz iztirob bilan oylaydi. Hatto o’gli qayerga ketganini drvozasining oldidagi supada kelgunga qadar kutib o’tirishi haqiqiy o’zbek onasi siymosini badiiy yo’sinda gavdalantirib berganligini anglash mumkin.
Mazkur hikoyada Buvgul enaning o’g’li Sobirjon tomonidan qo’shni qishloqqa sovchilikka boradi. O’g’li yarim jon bo’lsa ham, ko’ngli o’ksimasin deb. Bu holatni yozuvchi shunday tasvirlaydi: “ Mashinani jildirishdan oldin avval Nuriddin :” ishimiz o’ngidan kelsin! “ deya omin qildi. Buvgul ena ham pichirlagancha duo o’qirkan… bexosdan Sobirning ixlos bilan yuziga fotiha tortayotganini ko’zi tushib… yuragi ezilib ketdi. O’g’lining bu xatt-harakatlari bema’nilik ekanligini bilardi ona, shu bilan bir vaqtda bu bema’nilik qismatga qarshi mardona isyonning o’ziga xos ko’rinishi ekanligini ham his qilardi; Sobir shu taxlit hayotidagi bo’shliqni to’ldirishga, haqiqatdan qochib qutulishiga urinayotganini fahmlardi.” Mana shu iqtibosdan ham anglab olish mumkinki, onaning dardlari, iztiroblarini har qanday kitobxon asarni o’qish jarayonida mana shunday iztirob bilan tasvirlangan lavhalarni befarq qoldirmaydi. Ona og’lining yarim jon ekanligini bila turib, ko’ngli qolmasin deb, sovchilikka borishi , farzandining bir daqiqa bo’lsa ham xursand holatda ko’rishi uchun ham yashashga tayyor ekanligini mazkur hikoya orqali ko’rish mumkin.


Xulosa

  1. Hozirgi milliy o’zbek dabiyotida hikoya janrining tadrijiy takomilida Zulfiya Qurolboy qizi ijodining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Ijodkorning hikoyalarida oddiy insonning turmush tarzini ixcham shaklda badiiy yo’sinda tasvirlashga harakat qilgan.

  2. Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli alohida o’rin tutadi. Zulfiya Qurolboy qizi ayol timsolini tasvirlashda oddiy voqelar asosida tasvirlashga harakat qilmaydi, balki imkon darajasida qahramon ruhiyatining ichki jarayonlarini badiiy yo’sinda ifodalashga harakat qiladi.

  3. Yozuvchining hikoyalarida ona timsoli ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ona siymosini aniq va tabiiy holatda hayotiy lavhalarda ko’rsatishga jamz etadi.

  4. Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarining mundarijasida ona siymosi, mustaqil hayotga qadam qoyayotgan kelichak obrazlari rang-barang boy’oqlarda tasvirlangan.

  5. Yozuvchi ayol timsolini tasvirlashda oddiy lavhalar orqali tasvirlashga harakat qilmaydi. Balki badiiy tasvir vositalar orqali qahramon ruhiyatini tabiiy yo’sinda tasvirlab berilganini “Ayol”, “ Muhabbat va nafrat”, “ To’xtab qolgan vaqt suvrati” hikoyalari asosida ko’rish mumkin.

  6. Zulfiya Qurolboy qizi ayol timsolini tasvirlashda asar ekpozitsiya asosida hayotiy misollar asosida qahramon ruhiyatini taftish qilishga jazm etadi. Bu esa asarning badiiy ta’sirchanligini va kitobxonning diqqatini jalb qilishiga zamin yaratib beradi.

  7. Ijodkor hikoyalarida ayol timsolini tasvirlashda badiiy tasvir vositalarning metafora, sinekdoxa, sheva xos so’zlar, sinonim, antonimlardan samarali foydalanib qahramon ruhiyatini ishonchli holda tasvirlay olgan.

  8. Zulfiya Qurolboy qizi ayol timsolini tasvirlashda ijodkorning o’zi qahramonini kitobxonga tanitishdan olib qochadi, balki qahramonlarning ichki va tashqi dialoglari asosisda qahramonlarning ruhiy dunyosi inkishof etiladi.

  9. Ijodkor ayol timsoli va yashab turgan muhitini tasvirlashda imkon qadar adabit til meyorlariga va o’z hududida qo’llanilayotgan so’zlaridan samarali va mantiq asosida foydalana olgani maqsadga muvofiq bo’lgan.

  10. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida O’zbek adabiyoti fanining “Hozirgi adabiy jarayon” rukni asosida o’zbek milliy hikoyachiligining o’ziga xos jihatlari va undagi tasvir belgilarida inson obrazini qay yo’sinda tadqiq qilinayotgani bevosita Zulfiya Qurolboy qizi ijodi misolida o’rganishda mazkur ish qo’shimcha manba sifatida o’rganish mumkin.




Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling