Sirtqi bo’lim filologiya va tillarni o’qitish yo‘nalishi
Download 99 Kb.
|
Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sattorova Nigora MUSTAQIL ISHI Zamonaviy adabiyotda ayol harakati. Zulfiya Qurolboy asarlari asosida Reja
- Zulfiya Qurolboy qizi ijodining mavzu mundarijasi. Zulfiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM Filologiya va tillarni o’qitish yo‘nalishi S 22.34 guruh talabasi Sattorova Nigora MUSTAQIL ISHI Zamonaviy adabiyotda ayol harakati. Zulfiya Qurolboy asarlari asosida Reja 1. Hozirgi davr o’zbek hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillari 2.Hozirgi davr o’zbek hikoyachiligining taraqqiyotida Zulfiya Qurolboy ijodining o’rni 3.Zulfiya Qurolboy qizi ijodining mavzusi Zulfiya Qurolboy qizi ijodining mavzu mundarijasi. Zulfiya Qurolboy qizi ijodida hikoyalarining mavzular mundarijasi rang-barangdir. Ijodkorning qahramonlari siz-u biz bilgan odamlar hayotini kichik va ixcham shakllarda berishga harakat qilgan. Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida ayol obrazi alohida o’rin tutadi. Yozuvchi ayol timsolini tasvirlashda ayol hayotining biz e’tibor bermagan jihatlarini asarida tasvirlashga harakat qiladi. Zulfiya Qurolboy qizining “To’xtab qolgan vaqt suvratlari” hikoyasida ham ayol obrazi alohida tasvirlangan. Mazkur hikoyaning qahramonlari Isoq chol, Zilay biycha, Bekpo’lat, Malika obrazlari mavjud. Mazkur hikoyada voqealar tog’ bag’rida joylashgan qishloq hayoti va unda yashayotgan insonlarning turmush tarsi badiiy yo’sinda ta’sirli tasvirlanadi. “To’xtab qolgan vaqt suvratlari” voqealar qish chillasi paytida Isoq chol xonadonida bo’lib o’tadi. Isoq chol va uning oilasi haqida kundalik hayoti ishonarli holda tasvirlaydi. Bu esa o’z navbatida o’quvchiga qishloq hayotini tasavvur qilishiga imkon beradi. Masalan: “ Qishloq odatiga ko’ra, yangi kelinchakka ikki-uch oy qora ishlar qildirilmaydi. Balki, darrov “kir” bo’lib qolmasin deyishar. Shuning uchun katta kelin Norbuvi o’n bir yashar qizini yoniga olib uy ishlarini eplashtirib turdi, kelin-kuyovga ko’pda xalaqit beravermadi. Malika “choy damla… ovqatni olib borib ber…” qabilidagi iltimoslarni ado eta solib lip etib uyiga kirib ketaverganida ham Norbuvi g’ashlik qilmadi. Umuman, qaynonasi oshqozon xastaligi tufayli ko’z yumganidan buyon ro’zg’orning barcha tashvishlari, qaynotasining issiq-sovug’I uning zimmasida edi. To’g’ri, er-xotin biron mo’min-qobilgina, diyonatli kampir topib, cholni uylantirib qoyish tashvishida ancha yelib-yugurishdi. Lekin chol royxo’shlik ko’rsatmadi. Juda siqib kelganlarida: “ Olib bergan kampirlarning mendan burun u yoqqa jo’nab qolsa yana beva qolamanmi!” degan hazil aralash gaplar bilan qutildi.”1 Mana shu iqtibosdan ham ko’rinib turibdiki, yozuvchi o’zbek xalqining o’zbek kelinchagining turmush tarzini ishonarli holda tasvirlashga harakat qilgan. Mazkur hikoyada Malika shahar hayotidan qishloq hayotiga kelin bo’lib keladi. Voeqalar rivoji asnosida qahramonimiz Malikaning hayoti biroz qishloq hayotiga unchalik moslashib ketolmaydi. Lekin vaqt o’tishi bilan qishloq hayotiga o’rganib boradi. Yozuvchi mazkur hikoyasida o’zbek xalqining qishloq hayotini batafsil tasvirlashga harakat qilmaydi. Balki qaynoq hayot ichida yashayotgan ayol ruhiy olamini tasvirlashga diqqatni jalb qilishga harakat qiladi. “To’xtab qolgan vaqt suvratlari” hikoyasida mavzuning nomlanishiga alohida e’tibor berish lozim bo’ladi. Bu hikoyada Malikaning nazdida hayot voqealari bir xil tarzda, ya’ni vaqt to’xtab qolgandek tuyuladi. Shu boisdan Malika o’z hayotini to’xtab qolgan vaqt suvratida emas, balki harakatda bo’lgan hayot oqimida yashashini istaydi. Bu hikoyani tahlil jarayonida voqealar rivojidan kelib chiqib, Malika obraziga baho berganimizda to’xtab qolgan vaqt girdobida qolib ketishni istamagan harakatda qahramon deb tasavvur qilishga asos berishga imkon beradi. Bu esa masalaning bir tomoni, masalaning ikkinchi tomoniga e’tiborni qaratadigan bo’lsak, Isoq chol va qishloq odamlarining to’xtab qolgan vaqt suvratining sodiq fuqarolari deya olmaymiz. Sababi bu insonlar ham hayotda maqsadi farzandlarini yaxshi tarbiyalab, oila sha’nini oylaydigan, odamlarga imkon qadar yordam qilish haqidagi jaydari falsafasini ularning oddiy turmush tarzidan bilib olishimiz kerak. Shu boisdan bu qahramonlarning bir xil holatda o’tayotgan turmush tarzida yashayotgan fikr harakatidan qolgan odamlar toifasi vakillari deb bo’lmaydi. Zulfiya Qurlboy qizining “To’xtab qolgan vaqt suvratlari” hikoyasida inson hech qachon bir joyda to’xtab qolmasligi, balki imkon qadar insonning ma’naviy dunyosini boyitib boorish va intellektual salohiyatini hayotiy tajribalar va ma’naviy meroslar aosida takomillashtirib borishni ijodkor alohida ta’kidlab o’tishi bevosita asarning badiiy g’oyasini tashkil etadi. Zulfiya Qurolboy qizining “ Muhabbat va nafrat” hikoyasida ayol timsoli asosida muhabbat inson uchun eng bebeho tuyg’ulardan biri ekanligini badiiy yo’sinda tasvirlab o’tadi. Yozuvchi mazkur hikoyasida muhabbat tufayli aldangan Dildora obrazi tasvirlangan. Dildor o’zining dunyosiga yaqin bo’lgan Abdullaga ko’ngil qoyadi. Lekin Abdulla muhabbatni hayotda o’z mustaqil oilasi bo’la turib, Dildorani aldashga harakat qiladi. Pok qalbi, samimiy tuyg’ularga ega bo’lgan Dildora vaqt o’tishi bilan Abdullaning qanday inson ekanligi oydinlashib qolishi natijasida samimiy va pok qalbiga darz ketishini sezib qoladi. Yozuvchi voqealar rivojidan kelib chiqib, iztirobda qolgan Dildora holatini shunday tasvirlaydi: “ Sochlari to’zg’igan , yuzlari tilingan, yoqavayron qiz kimsasiz ko’chada qayoqqa yurishini, nima qilishini bilmay ancha vaqt turib qoldi. Qalbi huvillab, o’zini yolg’iz his etdi. Shu paytgacha u Abdulla meni sevadi deb oylardi. Shu umid , shu ishonch uning dardiga malham, ko’ngliga quvonch bag’ishlardi. Taqdir uni shugina baxtdan ham benasib etdi. Yolg’iz qanday yashaydi. Qiz og’ir xo’rsinib, haligina kelgan yo’li boylab, bekat tomon bir-bir bosib yurib ketdi. Kun kech bo’lib qolgan, yo’llar muzlab, izg’irinli shamol esardi. Avtobuslar tirband. Bir bekatda to’xtashsa, narigisidan g’zillab o’tib ketardi. Bekatda turaverib, sovuq jonidan o’tib ketdi. Plash cho’ntaklariga qo’lini solayotib birdan yonida sumkasi yo’qligini bilib qoldi. Yuragi shuv etdi. Sochiqning puli sumkada edi…”2 Mana shu iqtibosdan ham ko’rinib turibdiki, yozuvchi qahramon holatini vaziyatdan kelib chiqqan holda ishonarli tarzda tasvirlashga harakat qilgan. Ijodkorning o’ziga xos jihati shundaki, qahramon ruhiy dunyosini oddiy informatsiya tariqasidagi jumlalar orqali ifodalshga harakat qilmaydi. Balki nasrda ham qahramon ruhiy dunyosini ta’sirchan chiqishida badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalanib, qahramon ruhiy dunyosini ishonarli holda tasvirlay olgan. Sababi inson hayotda o’ziga shior qilib, hayotda yelkadosh bo’lish insoni yo’lning o’rtasida tashlab ketishi inson uchun katta fojea ekanligini ijodkor tomonidan inson qalbi huvillab qolishini tasvirlab beradi. Bu qalb munglilarini tinglaydigan qalbi uyg’oq insoni yo’q, dardiga malham beradigan insoni bo’lmasa inson uchun hayotda yo’qotishlardan biri ekanligini ijodkor mazkur hikoyasi orqali inson dardini badiiy yo’sinda tasvirlab beradi. Yozuvchi Zulfiya Qurolboy qizi “Muhabbat va nafrat” hikoyasi orqali inson qalbini tushuna oladigan va imkon qadar hayotning yaxshi – yomon kunlarida ham yelkadosh bo’lish darajasidagi inson bo’lishini alohida ko’rsatib beradi. Mazkur hikoyasida inson qalbini parchalagan, qalbi quroq bo’lgan Abdulla obrazini tasvirlash orqali bunday insonlarda inson qalbini, inson qadrini tushuna bilmagan manfur inson ekanini badiiy yo’sinda tasvirlab beradi. Yozuvchi mazkur hikoyasida inson hayoti zulmatdan iborat emasligi, balki yaxshi insonlar ham borligini asarda Po’lat obrazi orqali ko’rsatib berganligi tahsinga loyiqdir. Yozuvchi voqealar rivoji asnosida Dildoraning boshiga kulfat tushgan bir paytda, qalbi huvillab qolgan vaqtda inson qalbini tushunadigan , imkon qadar inson qadrini baland tutadigan Po’lat uning dardlarini tushunishga harakat qiladi. Po’lat Dildoraning hayotiga yorug’ kunlarini in’om qiladi. Shu bilan bir qatorda yozuvchi Po’lat obrazini voqealar rivoji uchun olib kirmaydi, balki tirik inson sifatida uning ham ko’nglida dard borligi, u ham hayotda dardiga sherik bo’ladigan va tinglaydigan insoni borligini istaydi. Hayot unga Dildorani to’qnashtiradi. Va Dildoraga imkon qadar yordam qilishga harakat qiladi. Yozuvchi “Muhabbat va nafrat” hikoyasi orqali inson qalbini hech qachon badnom qilmasligi, bir kalom orqali inson ruhini ko’tarish , qalbiga ziyoni olib kirishligini ta’kidlab o’tadi. Shu boisdan, inson hayotda muhabbatni o’tkinchi lahzalar uchun nafratga aylantirib yubormasligini badiiy yo’sinda tasvirlab beradi. O’zbek adabiyotida hikoya janrida o’zia xos uyg’onish, yangilanish jarayoni kechmoqda. Har qanday adabiyotda yuksak badiiy saviyadagi asarlar yaratilishi favqulodda quvonchli hodisa. Adabiy jarayon oqimiga jo’shqinlik baxsh etadigan, el-yurt nazariga tushadigan, keng jamoatchilik orasida qizg’in bahs –munozaralar uyg’otadigan asarlar peshma-pesh yaratilayotgan ekan, bu muayyan adabiyotda muayyan tendensiya shakllanganidan va ushbu tamoyil o’z mahsulini berayotganidan dalolatdir. Badiiy ijodda muyyan yo’nalishning vujudga kelishi tasodifan yuz bermaydi. Zero, har qanday tamoyilning vujudga kelish tarixi, ko’lami, miqyosi va istiqboli bo’ladi. Badiiy adabiyotdagi tendensiyaning vujudga kelishi badiiy tafakkur “ o’chog’I” dagi o’zgarishlar jarayonidan boshlanadi. Shunday ekan, Yangi asar xususidagi so’zni badiiy tafakkur botinida kuzatilatogan yangilanishga moyillik haqidagi mulohazalardan boshlashga to’g’ri keladi. Ilm-fanning qariyb barcha sohasida genesis istilohi ko’p qo’llanadi. Mazkur atama badiiy tafakkur yangilanishi falsafani tahlil va tadqiq etishda ayniqsa ko’proq asqotadi. Yangicha badiiy tafakkurning vujudga kelish, shakllanish omillari ko’p. U qanchalik xususiy hodisa bo’lsa, shu qadar ijtimoiy hodisa hamdir. Mustaqillik yo’lini tanlagan O’zbekiston sharoitida umumbashariy qadriyatlarni, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotdagi ulkan voqea-hodisalarni qayta ko’zdan kechirish, shu bugunning nuqtai nazaridan qayta baholash keng palak yozdi. Qadriyatlar , tushunchalar o’zgardi, dunyoqarash o’zgarayotgan ekan, tabiiy , badiiy tafakkur yangilanishi, buning sharofati bilan adabiyot o’zgarishi muqarrar. Badiiy tafakkur “bag’ri”ga shamol tegishi sharofati o’laroq adabiyotimizda jiddiy sifatiy o’zgarishlar boy ko’rsata boshladi. Mazkur hodisa roman, qissa singari epik janlarda ham kuzatilayotgan bo’lsa-da, ma’naviy yangilanish manzaralari hikoya janri imkoniyatlarida mukammalroq namoyon bo’lmoqda. Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarining mavzu mundarijasi rang-barang ekanligini bevosita ijodini muntazam ravishda kuzatib borish natijasida shunday xulosaga kelishimizga asos bo’la oladi. Ijodkorning hikoyalaridagi qahramonlar ona siymosi ishonarli holda tasvirlangan. Bu tasvir orqali qaysidir ma’noda o’z onalarimizning fazilatlarini ko’rganday bo’lamiz. Ijodkorning ona siymosi haqida “ Yozsiz yil” hikoyasida badiiy yo’sinda tasvirlangan. Ona o’g’lining yarim jon ekanligini bila turib qo’shni qishloqqa sovchilikka boradi. Yozuvchi mazkur hikoyasida onaning o’g’li uchun sovchilikka borishdagi onaning ko’nglidagi o’tkazayotgan iztirobli tuyg’ulari va Majid aka bilan suhbati har qanday kitobxonni befarq qoldirmaydi. Fikrimizning isboti uchun asardan iqtibos keltiramiz: “ Buvgul ena bu fayzli uy ichida o’zini qanchalar achchiq ta’na-dashnomlar kutayotganini sezdi, ammo ona har qanday andisha-yu istiholani yig’ishtirib qoyib, ichkariga dadil qadam bosdi. – Qanday haddingiz sig’di, nogiron o’g’lingizga gulday qizimni so’rab kelishga?!- Buvgul enaning muddaosini eshitgan Majid aka tutaqib ketdi.- Yo majidning qizi ko’chada qolgan, deb oylayayapsizmi?! Unday oylaganim yo’q,- dedi Buvgul ena vazminlik bilan. – jahlingiz chiqmasin, inim. Meniyam tushuning… -Ahvolingizni tushunganim uchun shaytonga hay berdim,- dedi Majid aka.- Bo’lmasa hozir… - Ulimning ahvolini yashirmayman, buni butun qishloq biladi. Mana siz ham allaqachon eshitgan ekansiz…Lekin yoshlar bir-birini tanlashibdi. O’zaro kelishibdi ham!... Johillik qilib yoshlarning uvoliga qolmaylik tag’in… -Aslo uvoliga qolmaymiz. Aksincha, savobga qolamiz ularni bir-biridan uzoqlashtirsak! -Lekin qizning o’zi…rozi-ku! -Qizim rozi bo’lsa bo’laversin, ammo men ikki dunyoda ham ko’nmayman! Ko’ra-bila turib uni o’tga tashlamayman! Bir umr hur qiz bo’lib o’tib ketishini istamayman! -Balki… -Yo’q. Gap tamom-vassalom!- Majid aka yuziga fotiha tortdi. Ketishingiz mumkin, degandek qaradi Buvgul enaga. “ . Mana shu parchada ham Buvgul ena bilan Majid aka o’rtasidagi suhbatlardan shuni anglash mumkinki, ona farzandining nogiron bo’lishidan qat’I nazar Majid akaning qiziga sovchilikka boradi. Lekin Majid akaning Buvgul enaga aytgan so’zlari onani iztirobga soladi. Ota-ona hamisha farzadlarining kamolini istaydi. Shu boisdan Majid akanining munosabatlarini ham qoralab bo’lmaydi. Buvgul enaning niyati ham o’g’lining kamolini ko’rishni istaydi. Imkon qadar o’g’lining ko’ngli cho’kib qolmasin deb, farzandining dardiga sherik bo’lib yashashga harakat qiladi. Buvgul enaning o’g’li Sobirning nogiron bo’lishi avtohalokat tufayli sodir bo’lgan. Shu boisdan onaning farzandining holatiga achinadi. Lekin o’g’lining yuziga qarata kamchiliklarini ayta olmaydi. Bu o’zbek xalqining xokisor ona siymosi ekanligin mazkur hikoya asnosida bilib olishimiz mumkin. Hayotda onaning shodi xurramligi bevosita farzandlarining hayotda o’z o’rnini topishi, ahil bo’lib yashashi, tinch-totuv hayot kechirishi bevosita onaning xursandchiligini belgilab berishi hech kimga sir emas. Bu holat ham asarda ishonarli holda tasvirlangan: “ “Sobirning kiyimlarini xafsala bilan dazmol qilishi, tuflilarini yaltiratib ketguncha tozalashlari, qo’shiq xirgoyi qilib yurishlarini kuzatish Buvgul enaga benihoya huzur bag’ishlardi. O’g’lining yuziga g’am soya solishini istamasdi. Umrining oxirigacha uni baxtiyor holda ko’rishni xohlardi ona. Kechki payt Sobirning kiyinib, yasan-tusan qilib ko’chaga otlanganini ko’rgan kezlarda esa Buvgul ena xursandchiligidan dunyoga sig’may ketardi. Ko’chiga kuch qo’shilardi. O’g’lining halokatidan keyin azobga aylangan hayotga nisbatan qalbida yashash ishtiyoqi kuchayardi. “Bu hol qancha vaqt davom etarkin?” degan savoldan etlari junjikib ketgan vaqtlar ham ko’p bo’lardi, shunday kezlarda ona o’zini munofiq sanab, tinchini yo’qotardi, ammo o’g’lining baxtiyor chehrasiga ko’zi tushgan lahzadan boshlab hammasini butkul unutar, ertaga nima bo’lsa bo’lar, mana hozir bolamdan baxtli odam yo’q dunyoda, menga bundan ortiq yana nima kerak, deya o’ziga taskin berardi. “ Mana shu iqtibosdan ham ko’rish mumkinki, hayotda ota-ona uchun dunyoda boylikdan ko’ra farzandlarining yuzida kulgi va shodlikni ko’rsa dunyodagi barcha boylikdan ham ustun ekanligini yozuvchi badiiy lavhalarda ishonarli holda tasvirlab berishga harakat qilgan. Farzand qalbida kechayotgan tuyg’ularni hech kim onachilik bilmasa kerak. Ona farzandining so’zlaridan emas, har bir nafasidan , xatti-harakatlaridan anglab olishga harakat qiladi. Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida yolg’iz ayol ruhiyatida kechayotgan jarayonlar ham hayotiy misollar asosida tasvirlanganini ko’rish mumkin. Yozuvchining “Qadimiy qo’shiq” hikoyasida yolg’iz ayol obrazida hayotda o’z muhabbatiga erisha olmagan ayol qismati tasvirlanadi. Bu holatni yozuvchi shunday tasvirlaydi: “To’lin oy teraklar ustida osilib turardi. Allaqanday shovqin-suronsiz, mahzun kecha edi. Sultonmurod shu oqshom muyulish chetida qorayib turgan toshni ko’rdi. Va ancha vaqtgacha tosh ustida xayol surib o’tirdi. Keyin bor kuchi-yu irodasini to’plab, eshon buvaning nurayotgan uyi tomon yurdi. Bu hammasi… siqilganimdan …. Qo’rqmang, o’tib ketadi,-dedi Shohsanam siniqlik bilan. Uning yuzi za’faron ko’zlari kirtaygan, ozg’in vujudi nihoyatda behold eknaligi shundoq sezilib turardi. Ayol nimanidir yashirayotgandek va buni kulgi bilan pardalayotgandek, hadeb jilmayishga urinardi. Sultonmurod uy ichiga zimdan razm soldi: hammayoq shipshiydam, taxmonda to’rt-beshta ko’rpa-yostiqdan boshqa qo’lga ilinadigan narsa yo’q edi. Juvon buni sezdi. Dori -darmonga deb…o’lsin, qancha dorini ichib yubordim. Baribir foydasi bo’lmadi” .Mana shu keltirilgan iqtibosdan ham ko’rish mumkinki, yolg’iz ayol qismati va uning qalbida kechayotgan jarayonlar faqat yolg’iz ayolga ayon. O’zining dardlarini begonaga hatto yaqiniga ham dasturxon qilishni istamaydi. Yoshligida yaqin kishisi Sultonmurodga ko’ngil qoyib, falakning gardishi bilan eshonga turmushga chiqish va eshonning olamdan o’tishi, keyinchalik turmushga chiqmay yolg’iz holda yashashlari bevosita Sultonmurodni qiynaydi. Hatto Sultonmurod uning dardlarini yengillashtirishga harakat qiladi , lekin Shohsanam buni istamaydi. Umuman olganda Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli alohida o’rin tutadi. Ijodkor imkon qadar ayol qalbini tadrijiy yo’sinda badiiy tahlil qilishga harakat qiladi. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling