“Sirtqi” bo‘lim “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yo‘nalishi Institutsional iqtisodiyot Fanidan mustaqil ish
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqJanubiy-Koreya-iqtisodiyotining-rivojlanishiiiii
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy Koreya Respublikasi davlatining iqtisodiy rivojlanishida industrial iqtisodiyotni tutgan o’rni. Reja
- 4.Xulosa
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI “Sirtqi” bo‘lim “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yo‘nalishi Institutsional iqtisodiyot Fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu:Janubiy Koreya Respublikasi davlatining iqtisodiy rivojlanishida industrial iqtisodiyotni tutgan o’rni. BAJARDI: 951-21 guruh talabasi Ismailova G. QABUL QILDI: Muxtorov B. Janubiy Koreya Respublikasi davlatining iqtisodiy rivojlanishida industrial iqtisodiyotni tutgan o’rni. Reja 1.Janubiy Koreyaning iqtisodiy muvafaqqiyati. 2.Janubiy Koreya YaIM miqdorning o’sishi. 3.Janubiy Koreyaning hozirgi iqtisodiy o’sish sur’atlari. 4.Xulosa Janubiy Koreya iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari Oxirgi 50 yillikdagi Janubiy Koreyaning iqtisodiy muvaqqiyati sezilarli darajada yuqoriladi. 1962-yildagi Janubiy Koreya kishi boshiga to’g’ri keladigan daromad bo’yicha dunyodagi Kongo va Sudan kabi davlatlardan ham qashshoqroq mamlakatdan so’nggi 30 yilda bu borada “mo’jiza” yaratib, daromadlar miqdori 20 martadan ham oshib ketdi, bundan tashqari YaIMning aholi jon boshiga teng taqsimlanishi bo’yicha kam uchraydigan davlatlar qatoridan o’rin egalladi. Bu yuqori iqtisodiy o’sish 1961-yilda president Parkning uchinchi respublikasi davriga to’g’ri keldi. U eksportga asoslangan iqtisodiyotni qo’llab quvvatladi. Prezident Park banklarni va export bilan shug’ullanuvchi tarmoqlarni milliylashtirdi, chetga mahsulot sotuvchi ishbilarmonlarni mukofatladi. Bu mukofotlar ularning daromadini oshirishga xizmat qiluvchi kam foizli zayomlar va import litsenziyalarini qo’llab-quvvtlatlashlardan iborat bo’ldi. Import ishlari qattiq nazorat ostiga olindi, eksport esa pul bilan ta’minlandi, ammo eksport bilan shug’ullanuvchilar o’zlarining invistitsion importlari bo’yicha erkinlashtirildilar va ortiqcha soliqlar olib tashlandi. Janubiy Koreyaning po’lat tayyorlash, kemasozlik, avtomobilsozlik va elektronika sohasidagi muvaqqiyatlari uni qoloq mamlakatdan rivojlangan industrial davlat darajasiga ko’tardi. 1962-yilda Janubiy Koreyaning kishi boshiga YaIM miqdori 87 dollardan 1988-yilga 3.145 dollarga o’sdi, 1996-yilga kelib esa bu ko’rsatgich 10.543 dollarga yetdi. 1996-yilda mamlakatning yuqori “status”i tan olinib, sanoatlashgan davlatlar klubi hisoblangan OECD (The Organisation for Economic Co-operation and Development) (1) ga a’zo bo’lib kirdi. 1998-yilga kelib Birlashgan Millatlar Taraqqiyot Dasturi (UNDP – United Nations Development Programme) axborotidagi Insoniyat Taraqqiyoti Indeksida (Human Development Index) 30o’rinni egalladi.(2) Janubiy Koreya YaIM miqdorining oshishi uning iqtisodiy o’sishida aks etdi. 1962-yildan 1981-yilgacha 8.8 % li o’rtacha o’sish suratlari kuzatilgan bo’lsa, 1982- 1988-yillarda esa YaIMning o’sishi 10.6 % ni tashkil qildi. 1989-yildan keyin o’sish suratlari biroz pasaydi va 1989-yildan 1996-yilgacha 7.5 % o’sish suratini saqlab qoldi. Janubiy Koreya iqtisodiyotining keskin suratlarda oshib borishi Jahon Banki tomonidan “eksportni olg’a surish strategiyasi” deb nomlandi.(3) Janubiy Koreya agrar davlatdan sanoatlashgan mamlakatga aylandi. Shu bilan birga, mamlakat YaIMining tarkibiy qismlari ham o’zgardi. Jumladan, iqtisodiyotdagi qishloq xo’jaligining hissasi (shu jumladan, o’rmonchilik va balikchilik) 1965-yilda 37.5 %ni, 1985-yilda 12.8 %ni, 1995-yilda 7 %ni tashkil qildi. 1997-yilda boshlangan Osiyo iqtisodiy inqirozi natijasi mamlakatdagi ahvol yomonlashdi. Xalqaro valyuta jamg’armasi (International Monetary Fund) va boshqa ko’maklashuvchilar tomonidan tarixdagi eng katta yordamni, ya’ni 57 mlrd. dollar miqdorida ko’mak berdilar. Janubiy Koreya 1960 va 1990-yillarda yuqori iqtisodiy o’sish suratlarini ta’minlab, Gong Kong, Singapur va Tayvan bilan birgalikda “Osiyo yo’lbarslari” davlatlarini tashkil qildi. Uning rivojlanishiga asosiy ko’makchi AQSh bo’lib qoldi. AQSh 19461978- yillarda Janubiy Koreyaga 60 mlrd. dollar miqdorida o’z ko’magini berdi, vaholanki, shu yillarda AQShning Afrika qit’asiga ko’rsatgan yordami 68 mlrd. dollarni tashkil etgan. 1997-1998-yillardagi Osiyo iqtisodiy inqirozi Koreya iqtisodiy taraqqiyotiga jiddiy zarar yetkazdi. Yalpi ichki mahsuloti 1998-yilda 6,9% tushib ketdi ketdi, ammo 1999 va 2000-yillarda iqtisodiyot qayta tiklanib, bu ko’rsatgich 9 % ga yetdi. Janubiy Koreya iqtisodiy inqiroz davrida xorijiy investitsiyalar va importlarni mamlakatga jalb qilish va olib kirish kabi islohotlarni amalga oshirdi. 2003-2007- yillarda iqtisodiy rivojlanish darajasi 4 % ni tashkil etdi. 2004-yilda Janubiy Koreya dunyo iqtisodiyotiga 3 mlrd. dollar qo’shdi va hozirgi kunda u dunyoning 12-eng yirik iqtisodiy davlatidir. Hukumat importlarga cheklovlar kiritishi bilan bir qatorda xomashyolar importini oshirdi. Uning iqtisodiy ko’rsatgichlari 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqorozi davrida tushib ketdi, lekin tezda qator iqtisodiy islohotlar yordamida mamlakat iqtisodiyoti qayta tiklandi va 2010-yilda ko’rsatgichlar 6.3 % ni tashkil qildi. Janubiy Koreya va AQSh o’rtasida Erkin iqtisodiy kelishuv 2011-yilda ratifikatsiya qilindi va 2012-yil mart oyida kuchga kirdi. 2012 va 2013-yillarda esa AQSh, Xitoy va YIda kuzatilgan iqtisodiy pasayishlar natijasida Janubiy Koreyaning ham iqtisodiyoti pasayishlar kuzatildi. Janubiy Koreya hozirgi kunda dunyoning eng boy davlatlaridan biridir va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti a’zolaridan biri hamda G-20 tarkibiga kiruvchi davlatdir. Janubiy Koreya YaIM bo’yicha dunyodagi yuqori 15 talik hamda xarid quvvati bo’yicha kuchli 12 talik qatoridan joy olgan. Tabiiy zaxiralari deyarli mavjud bo’lmagan va doim kichik hududdagi ko’p sonli aholi bilan birga eksportga asoslangan iqtisodiyoti tufayli so’ngi yillarda mamlakat dunyoning yettinchi eng katta eksport qiluvchi va yettinchi eng yirik import qiluvchi mamlakati bo’lib qolmoqda. Janubiy Koreyaning yuqori iqtisodiy o’sish suratlari va fond birjalari faoliyatiga Shimoliy Koreyaning harbiy inqirozi natijasida jiddiy zarar ko’rmoqda. Shunga qaramay, Xalqaro moliya fondi tomonidan bildirilgan fikrlarga ko’ra, Janubiy Koreyaning rivojlanish suratlari uning tashqi davlat qarzlarining kamligi hamda yuqori darajadagi moliyaviy mablag’larga egaligi sababli har qanday iqtisodiy xavf-xatarlarga bardosh bera oladi. Jahon banki singari boshqa moliyaviy tashkilotlarning fikricha, Janubiy Koreya BRICS va Indoneziya kabi keyingi avlod yuqori iqtisodiy rivojlanishga ega davlatdir.(4) Shu bilan birga, mamlakat jahon iqtisodiy inqirozi vaqtida 2010-yilda iqtisodiy o’sish suratlarini 6.1 % ga olib chiqqan davlatdir.(5) Janubiy Koreyaning 90 % rivojlanishini, asosan, uning to’rtta yirik ishlab chiqaruvchi korporatsiyalari yordamida ta’minlab,(6) “Han daryosi ustidagi mo’jiza” sifatida ko’rilmoqda. Mamlakat iqtisodiyotida 2014-yilning birinchi choragida qurilishlar va eksportlar natijasida yuqori o’sish kuzatildi. Janubiy Koreyaning iqtisodiy o’sish ko’rsatgichlari 2014-yilning birinchi choragida, ko’pgina tahlilchilar bashorat qilishgan 3,7 % emas, balki 3.9 % ni tashkil etdi. Undan oldingi uch oylik ko’rsatgichlar bilan taqqoslaganda o’sish 0.9% ni tashkil qildi. Janubiy Koreya iqtisodiyotini yurgizadigan eng asosiy vosita bo’lgan eksport sektorining kuchayishiga AQSh o’zining sezilarli yordamini ko’rsatdi. Mamlakat markaziy banki, Koreya bankining oxirgi ma’lumotlariga ko’ra so’ngi chorakdagi eksportning o’sishi 1.7 % ga o’sdi. Boshqa tomondan, Afrika, Lotin Amerikasi yoki Janubiy Osiyo mintaqalaridagi ko’pgina rivojlanayotgan davlatlar hamon iqtisodiy turg’unlik va qashshoqlik, tengsizlik, talab darajasiga javob bermaydigan sog’liqni saqlash tizimi, o’rtach umr kechirishning pastligi, savodsizlik, etnik va diniy nizolar va ayollar huquqlarning kasitilishi kabi taraqqiyot muammolariga duch kelmoqdalar. Bu holatlar bilan taqqoslaganda Janubiy Koreyaning taraqqiyot modeli o’zining ijobiy jihatlarini namoyon qila oldi. 2014-yilning dekabr holatiga ko’ra Janubiy Koreyaning YaIm miqdori 2.8% ta’minlab, 1 trillion 198 mlrd. dollarni tashkil etdi, kishi boshiga hisoblaganda 33.200 dollarni tashkil etmoqda.(7) Moody’s Investors Service xalqaro reytinglarni baholovchi agentlikning yozishicha keyingi to’rt yillikda Janubiy Koreyaning YaIM ishlab chiqarishi aholi jon boshiga hisoblaganda Yaponiya va Fransiyani ortda qoldiradi. Hozirgi kunda Janubiy Koreya YaIM miqdori bo’yicha Osiyoda 4-o’rinni band qilmoqda. Agentlikning yana fikr bildirishicha, aholining xarid quvvatlarini hisobga olgan holda aholi jon boshiga YaIM miqdori 2012-yilda 31 ming 950 dollarni tashkil etgani holda, 2018-yilga kelib 38 ming 451 dollarga yetadi. Bu vaqtga kelib bu ko’rsatgich Yaponiyada 37 ming 826 dollar, Fransiyada esa 37 ming 647 dollarga teng bo’ladi. AQShda esa bu ko’rsatgich 60 ming dollarga yetishi aytilmoqda.(8) 2014-yilda uning eksport qiymati 573.1 mlrd. dollarni tashkil etib, bu ko’rsatgich 2010-yilga nisbatan 22.9 % oshdi. Import quvvati esa 458 mlrd. dollarni tashkil etmoqda.(9) Janubiy Koreyaning bu kabi yutuqlariga hukumat tomonidan ishlab chiqilgan davlat modelining o’zining oqlagani natijasi sifatida ko’rish mumkin. Hozirgi kundagi hamon davom etayotgan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida u o’zining eksport salohiyatini oshirish yordamidagina barqaror taraqqiyoti ta’minlab qola oladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling