Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalish


Download 179.78 Kb.
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi179.78 Kb.
#1502992
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
raqamli va ahborot t 1 topshiriq

WinRar arxivlash dasturiWinRar arxivlovchi dasturi RAR formatidagi arxiv fayllari hosil qiladi. RAR formatidagi arxivning ustunlik tomonlari bir nechta bo’lib, ular birinchidanzichlash samaradorligi ancha yuqori, ikkinchidan ko’p tomli va uzuluksiz arxivlar hosil qila oladi, uchinchidan 8 Eksobaytgacha hajmli fayllarni xam arxivlash imkonini beradi. Tom deb arxivning bir necha qismdan iborat bo’laklarga bo’linishiga aytiladi. Odatda tomlar katta xajmdagi arxivni bir necha disklarda saqlash uchun qo’llaniladi. Bu xolda birinchi tom odatdagidek .rar kengaytmali bo’ladi, qolganlari esa mos ravishda .r00, .r01, .r02 va xokazo. Tomlar xam uzuluksiz va xam o’zini-o’zi ochadigan ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Fayl va papkalarni uzuluksiz arxivlash deganda, ularni faqat RAR formatida, maxsus usulda bitta ma’lumotlar ketma-ketligi sifatida qaralib zichlashtirishga aytiladi. Bu bilan zichlash samaradorligi ancha yuqori bo’lishiga erishiladi. Ammo bunday arxivlashning kamchiliklari xambor, masalan:


  • ularni yangilash, yahni orasidagi biror faylni yangisi bilan almashtirish, oddiy arxivlashdan ko’ra sekinroq amalga oshiriladi;

  • biror faylni arxivdan chiqarish uchun barcha oldinroqda turganlari tekshirib chiqiladi, agar ulardan birortasi buzilgan bo’lsa, u xolda arxivdan umuman chiqarib bo’lmaydi;

Bunday arxivlash usulidan quyidagi xollarda foydalangan maqsadga muvofiq:





  • arxivni kamdan-kam yangilansa;

  • arxivdagi fayllardan bir yoki bir nechtasini tez-tez chiqarib turish zarurati bo’lmasa;

  • zichlash samaradorligi zichlash tezligidan muhimroq bo’lsa.

Bu arxivlovchi dastur xar ikkala formatda xam, kompyuterda WinRar arxivatori bo’lmasa xam o’zini-o’zi ocha oladigan SFX ko’rinishidagi .exe kengaytmali arxiv fayllari yaratish imkonini beradi. Shuning uchun uni to’g’ridan-to’g’ri ishga tushirish orqali ochish mumkin. Bu xolda barcha fayllar arxivdan chiqadi. Bundan tashqari arxivlangan fayllarni parolg’ bilan himoyalab qo’yish, fizik buzilgan fayllarni qayta tiklash va boshqa ko’pgina amallarni bajarish imkonini yaratib beradi.n WinRar ni ishga tushirish uchun bir necha usullar mavjud bo’lib, ulardan biri bosh menyu orqali ikkinchisi kontekst menyusi orqalidir. Ularni xar birini aloxida ko’rib chiqamiz.


Bosh menyu orqali:“Pusk”ga kirib “Vse programmq (yoki Programm)” bo’limini tanlaymiz, ochilgan ost menyudan “WinRar” bo’limini tanlaymiz so’ngra WinRar ni tanlash orqali dasturni ishga tushiramiz.
Ochilgan oynada arxivlanishi kerak bo’lgan fayllar joylashgan xotira qurilmasi nomi va papka tanlanadi. Shundan so’ng papkadagi fayllar ro’yxatidan arxivlanishi kerak bo’lgan fayllar ajratiladi va “Komand” menyusidan yoki kontekst menyudan “Dobavit fayl arxiv” buyrug’i tanlanadi yoki AltQA tugmachalar kombinatsiyasi bosiladi yoki uskunalar panelidagi “Dobavitg’” tugmasi bosilishi xam mumkin. Natijada navbatdagi “Imya i parametrq arxiva” nomli oyna ochilib unda arxivlanayotgan fayllar uchun umumiy nom va arxivlashning standart kattaliklari tavsiya etiladi. Kontekst menyu orqali:
Arxivlanishi kerak bo’lgan fayllar joylashgan papka ochiladi va undan arxivlanishi kerak bo’lgan fayllar ajratiladi. Ajratilgan fayllar ustida kontekst menyu ochilsa, unda arxiv fayli nomini tavsiya etilgan va nomni kiritish o’zingizga xavola qilingan ko’rinishlaridagi buyruqlar aks etadi. Keragini tanlasangiz WinRar ning “Imya i parametrq arxiva” nomli oynasi ochiladi va unda arxivlashning standart kattaliklari tavsiya etiladi. “Imya i parametrq arxiva” nomli oynadagi kattaliklarning ayrimlari bilan tanishib olamiz.“Umumiy”\varaqchasida: “Obzor…” tugmachasi yordamida, agar kerak bo’lsa, avvaldan mavjud bo’lgan arxiv faylini nomini tanlashimiz va u yerga ajratilgan fayllarni arxivlab qo’shib qo’yishimiz mumkin yoki “Imya arxiva:” nomli qisqartirilgan ro’yxat maydonida bor bo’lgan nomlardan foydalaniladi.


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. S.Rahmonqulov “IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash”, Т.: “Sharq”, 1998.
2. A. Axmedov N. Taylaqov “Informatika”, Toshkent “O’zbekiston”, 2001.
3. A. Abduqodirov va boshqalar “Informatika”, Т.: “Me’ros”. 2002.
4. A. Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari» Toshkent «O’qituvchi», 2002.
5. http://www.microsoft.com/
6. http://www.ziyonet.uz/
9.http://www.ref.uz/ 
Download 179.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling