Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalish


Download 93.68 Kb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi93.68 Kb.
#1513932
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
biznes rejalashtirish must ishi BMW

Urushdan keyin


1945-yil aprel oyida Qizil Armiya Brandenburg sanoat mintaqasini va u yerda joylashgan barcha BMWning korxonalarini egallab oldi, barcha hujjatlar musodara qilindi, ba'zi binolari qamoqxona sifatida foydalanildi. 1948-yilga kelib, Sovet hukumati Brandenburgdagi barcha BMW zavodlarini buzib tashladi[5].
Urushdan oldingi davrda kuchli bo'lgan BMW konserni Ikkinchi Jahon Urushidan keyin, kuchsiz zavodaga aylanib qoldi. Jahon urushidan keyin konsernning Myunxendagi (Germaniyaning Amerika ishg'ol zonasi) va Eisenachdagi (Germaniya Sovet harbiy ma'muriyati) zavodlari bor edi[8]. Ikkinchi Jahon urushi natijasida sanoat bazasi vayron bo'lgan boshqa nemis avtomobil kompaniyalari singari, BMW jiddiy avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida qayta tiklanishi uchun yillar kerak bo'ldi: 1962-yilda kompaniya avtomobil bozorga chiqdi.
Urushdan keyingi yillarda BMWning strategiyasi kam quvvatli mototsikllar ishlab chiqarish orqali narsalarni sifatini oshirishga harakat qilish edi, chunki urushdan keyin ittifoqchilar BMWga faqat belgilangan hajmdagi mototsikl ishlab chiqarishga ruxsat berishdi. Shuningdek, katta qulay sedanlarni ishlab chiqarishni taqiqlashdi. GDRdagi Eyzenaxdagi zavodni yo'qotdi. Biroq, bozor sharoitlari va BMW rahbariyatining samolyot dvigatellarini ishlab chiqarishni tiklashga urinishlari BMWni inqiroz yoqasiga olib keldi.

BMW tarixidagi muhim sanalar

1951-yil - BMW o'zining urushdan keyingi birinchi avtomobili bo'lgan "501" ni ishlab chiqardi.


  • 1954-yil - BMW lateral poygada jahon chempioni bo'ldi.

  • 1955-yil - BMWning Triebwerk GmbHi jonlandi. Kompaniya samolyot dvigatellarini ishlab chiqarish an'analariga e'tibor qaratadi.

  • 1955-yil - Muvaffaqiyat yo'lidagi navbatdagi qadam o'rta sinf o'rtasida o'z mahsulotlarini sotish maqsadida BMW siyosatini o'zgartirish edi. Va urushdan keyingi yillarda birinchi ommaviy avtomobil BMW Isetta ishlab chiqdi. Miniatyura ko'rinishidagi avtomobilni yaratish g'oyasi Italiyaning Iso kompaniyasiga tegishli bo'lib, u tomonidan yaratilgan kuzov prototipini nemislar sotib olishgan.

  • 1956-yil - "503" va "507" rusumli sport avtomobillari ishlab chiqildi.

  • 1959-yil - "700" rusumli avtomobil BMW uchun birinchi yirik ishlab chiqarish muvaffaqiyati bo'ldi.

  • 1975-yil - yillarda BMW tarixidagi birinchi "uchlik" paydo bo'ldi.

  • 1994-yil - Spartanburgda BMW zavodi ishga tushirildi. Mexicoda BMWning 16-filiali ochildi va Pekinda savdo ofisi tashkil etildi.

  • 1995-yil - afsonaviy BMW Z8 taqdimoti bo'ldi. Mashina kino yulduziga aylanadi va Jeyms Bond filmida tasvirlanadi.

  • 1999-yil - Detroyt avtosalonida SUV BMW X5 taqdimoti bo'lib o'tdi.

  • 2013-yil - BMW i3 elektromobili va i8 gibridining taqdimoti bo'lib o'tdi.


Download 93.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling