O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SIRTQI” FAKULTET
“Bank ishi”
yo’nalishi
MAVZU: “Bank ustav kapitalini shakllantirish hisobi” mavzusidagi
KURS ISHI
|
Guruh : SBI 55
Tayyorladi:
|
_______________
|
|
Ilmiy rahbar:
|
|
TOSHKENT 2023
MAVZU: Bank ustav kapitalini shakllantirish hisobi.
Reja:
Kirish
Bank ustav kapitali uni tashkil etish manbalari
Ustav kapitalini hisobga olish tartibi
Banklarning ustav kapitalini ko’paytirish yo’llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Korxonaning o’z mablag’larini shakllantirish asosiy manbai bo’lib, uning mulkdorlari tomonidan korxonaga qo’yilgan mablag’lar majmui bo’lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydalanishga topshirilgan vaqtida o’z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag’larni aks ettiradi.
Kurs ishi maqsadi va vazifasi:Aksioner jamiyati deb maxsus nom bilan ta’sis etiladigan, ma’lum miqdorda teng qismlarga bo’lingan (aksiyalar) asosiy (ustav) kapitaliga ega bo’lgan, va majburiyatlari bo’yicha faqat o’zining mulki bilan javob beradigan yuridik shaxslar tushuniladi. Bu ta’sischilarning tenglik prinsipiga asoslangan ixtiyoriy birlashmadir. Asosiy sharti – faoliyatiga o’z kapitalini qo’yish, ya’ni aksioner jamiyati – bu kapitalning birlashishi demakdir. Aksioner jamiyatining faoliyati ustav bilan belgilanadi. Aksioner jamiyatining majburiyatlari bo’yicha aksionerlar mulklari bilan to’la mas’uliyatli emas, ularning mas’uliyatlari faqat ustav kapitaliga qo’yilma bilan cheklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |