Sirtqi” fakultet “Bank ishi” yo’nalishi mavzu: “Bank ustav kapitalini shakllantirish hisobi” mavzusidagi kurs ishi
Kurs ishining ob’ekti va predmeti
Download 268.14 Kb.
|
11tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati
- Bank ustav kapitali uni tashkil etish manbalari
Kurs ishining ob’ekti va predmeti: Ustav kapitalini hajmi uning ustavida ko’rsatiladi va uning o’zgarishi ustavini o’zgarishi uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorini o’zgartirish to’g’risidagi qaror, agar korxonaning ustav kapitalini yangi miqdori ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, umumiy majlis qabul qilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati Jamiyat ta’sis etilgan paytdagi ustav kapitali bir xilda nominal qiymatga ega bo’lgan oldindan belgilangan miqdordagi bir qancha oddiy aksiyalardan iborat bo’lishi kerak. Aksioner jamiyatlari faqat nomi ko’rsatilgan aksiyalar chiqaradi va ular albatta tegishli reestrlarda ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. Aksiyalarni to’lash mulklar, inshootlar, nomoddiy aktivlar va boshqa moddiy qimmatliklarni, so’mdagi va xorijiy valutadagi pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan bo’lishi mumkin. Bank ustav kapitali uni tashkil etish manbalari Kapital zaxiralar — soliqlar va yig‘imlar to‘langandan so‘ng sof foyda yoki avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan zaxiralar. Ulardan bank faoliyatida vujudga keladigan har qanday zararlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalanilishi mumkin standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash maqsadida tashkil qilinadigan zaxiralar maxsus zaxiralar — “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxiralar nomoddiy aktivlar — moddiy-ashyoviy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, bir yildan ortiq foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan va bank xizmatlarini ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlardir (dasturiy ta’minot, foydalanish huquqi, marketing va texnik ma’lumotlari, gudvill, muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari va boshqalar gudvill — xaridor tomonidan bank sotib olinishida uning sof aktivlari (barcha aktivlarning bozor bahosi va barcha majburiyatlarning bozor bahosi o‘rtasidagi farq) qiymatidan ortiq to‘lanadigan summa; leveraj — bank jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkich regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadigan bank kapital muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari — .kelgusida to‘lanishi lozim bolgan soliqqa tortish davridagi farqiga taalluqli bo‘lgan daromad solig‘i summasi muddati uzaytirilgan soliq talablari — kelgusida to‘lanadigan daromad solig‘i summasi kreditning qayta hisoblash omili — bu balansdan tashqari aktivlarni tavakkalchilik darajasini hisoblashda ularga nisbatan qo‘llaniladigan koeffitsiyent Banklar o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun turli shakldagi asosiy vositalar, kambaholi va tez eskiruvchi buyumlar, ijaraga olingan jihozlar va boshqa buyumlardan foydalanadi. Ular bank balansining tegishli hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi. Asosiy vositalar – bank faoliyatida bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida, ma'muriy maqsadlarda foydalaniladigan va bir yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanish ko‘zda tutilgan moddiy aktivlardir. Uning tarkibiga binolar, inshoootlar, kompьyuterlar, mebelь, hisoblash texnikasi, transport vositalari va boshqa jihozlar kiradi. Banklar asosiy vositalarni sotib olishi, yangidan qurishi, tekinga yoki hadya hisobidan balansga kirim qiladi. Banklarda asosiy vositalarning buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining ikkinchi tartibli 16500-“Asosiy vositalar” aktiv hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi, ushbu hisobvaraq tarkibida asosiy vositalarni hisobga olish bo‘yicha quyidagi asosiy hisobvaraqlar mavjud: 16501-Er 16505- Tugallanmagan qurilishlar 16509- Bankning imoratlari - Binolar va boshqa imoratlar 16511- Binolar va boshqa imoratlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) 16529- Transport vositalari 16531- Trasport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr- aktiv) 16535- Mebelь, moslama va jihozlar 16539- Mebelь, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) 16561- Ombordagi asosiy vositalar 16563- Ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) Bank balansiga kirim qilinayotgan asosiy vositalar boshlang‘ich qiymatida hisobga olinadi, asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati o‘z tarkibiga to‘langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‘imlarini, shuningdek, ularni yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish va ishga tushirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlari kiradi. Quyida bank tomonidan mebel sotib olish bilan bog‘liq operatsiyalar va ularning hisobini amalga oshirish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Bank mebelь ishlab chiqaruvchi firma bilan mebelь sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi, shartnoma bo‘yicha sotib olinayotgan mebelьning bahosi 15,0 mln so‘mni tashkil etadi. a). Shartnomaga asosan bank mebelь uchun oldindan to‘lovni amalga oshirdi. Debet 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kredit 10301 –“Markaziy bankdagi hisobvarag‘i- Nostro” yoki asosiy vosita sotuvchi mijozning hisobvarag‘i 15000000,0 b) Bankka olib kelingan mebel bank omboriga qabul qilindi. Debet 16561-“Ombordagi asosiy vositalar” Kredit 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” 15000000,0 c) Bank mebelni olib kelish va o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan 0,5 mln so‘mlik xarajatni amalga oshirdi. Debet 19907-“Xizmatlar uchun oldindan qilingan xarajatlar” Kredit 10301–“Markaziy bankdagi hisobvarag‘i- Nostro” yoki xizmat ko‘rsatuvchi firmaning hisobvarag‘I 500000,0 g) Bank omboridagi mebel va unga qilingan qo‘shimcha xarajatlar bank balansining tegishli hisobvarag‘iga kirim qilindi. Debet 16535-“Mebelь, moslama va jihozlar” 15500000,0 Kredit 16561-“Ombordagi asosiy vositalar” 15000000,0 Kredit 19907-“Xizmatlar uchun oldindan qilingan xarajatlar” 500000,0 Banklar mustaqil ravishda binolarni qurganda yoki rekonstruktsiya qilish uchun qilingan xarajatlarni 16505-“Tugallanmagan qurilishlar” hisobvarag‘ida hisobga olib boradi. Qurilishi tugagan yoki rekonstruktsiya qilingan bino qabul qilish va topshirish komissiyasining qaroriga asosan bankning tegishli hisobvarag‘iga olinadi. a) Qurilishi davom etayotgan bank binosi va rekonstruktsiyasi bo‘yicha qilingan xarajatlar kirim qilindi. Debet 16505-“Tugallanmagan qurilishlar” Kredit 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” b) Qurilishi tugagan bank binosi qabul qilish va topshirish dalolatnomasi asosida bankning tegishli hisobvarag‘iga kirim qilindi. Debet 16509 -“Bankning imoratlari-Binolar va boshqa imoratlar” Kredit 16505-“Tugallanmagan qurilishlar” Banklarning asosiy vositalari ma'lum muddatlarda qayta baholanib turiladi. Asosiy vositalarni qayta baholash indeks va bevosita qayta baholash usullarida amalga oshiriladi. Indeks usuli bilan qayta baholashda qayta baholash sanasidagi asosiy vositalarning balans qiymati va ushbu aktivlarning jamlangan eskirishi muayyan indeksdan foydalangan holda qayta baholanadi. So‘ngra aktivlarning qayta baholangan qiymati ularning balans qiymati va jamlangan eskirishi bilan taqqoslanadi va vujudga kelgan farqiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. a) Aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan oshsa quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi: Debet 165**-“Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i” Kredit 30908-“Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” b) Qayta baholashdan oldin va undan keyingi jamlangan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa. Debet 30908-“Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” Kredit 165-“ Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i” Asosiy vositalarning to‘liq tiklanish qiymati alohida ob'ektlar qiymatini baholanayotgan aynan o‘xshash bo‘lgan, yangi ob'ektlarning qayta baholash sanasida shakllangan, hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha bevosita qayta hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Qayta baholash natijasida 30908-"Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi" hisobvarag‘ida vujudga kelgan summaning ijobiy natijasi har oyda 31203-"Taqsimlanmagan foyda (aktiv- passiv)" hisobvarag‘iga hisobdan chiqariladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi. Debet 30908-“Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” Kredit 31203-“Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” Tegishli aktivni hisobdan chiqarishda 30908-hisobvaraqdagi qayta baholash natijasi to‘lig‘icha 31203-hisobvaraqqa o‘tkaziladi. Banklar har yili belgilangan muddatlarda asosiy vositalar bo‘yicha eskirish (amortizatsiya) summalarini hisoblaydi. Amortizatsiyani hisoblash teng maromli (to‘g‘ri chiziqli), bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish va jadallashtirilgan usullar yordamida amalga oshiriladi. Amortizatsiya hisoblashning jadallashtirilgan usuli ikkita yo‘l bilan amalga oshiriladi, birinchisi yillar summasi usuli (kumulyativ usul) va ikkinchisi kamayib boruvchi qoldiq usuli. Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda maqbul usulni tanlab olish maqsadga muvofiq, bunda asosiy vositalarning bir turiga faqat bitta usulni qo‘llash lozim bo‘ladi. Eskirish hisoblashning tanlangan usuli hisob siyosatida belgilanishi va bir hisobot davridan boshqasiga izchillik bilan qo‘llanishi va yil davomida o‘zgartirilimasligi lozim. Teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli o‘zgarmas amortizatsiya summasini teng maromda, asosiy vositalarning foydali xizmat muddati mobaynida ularning qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblashga asoslanadi. Bunda quyidagi formulalarni ishlatish maqsadga muvofiq: Download 268.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling