Ikkinchidan, talaba yuqorida keltirilgan mavzularni mustaqil tarzda puxta egallaydi. O‘rganib chiqilgan
mavzularning faqat “Referat” mavzusidan tashqari barchasini umumiy daftarga konspekt
shaklda annotatsiya
qiladi. Annotatsiya har bir mavzu yuzasidan kamida 2-3 betdan iborat hajmda yoziladi.
Mavzu konspekti
masalan: 1-mashg‘ulot - saf va tartiblash mashqlarini o‘rgatish, 2-mashg‘ulot - umumrivojlantiruvchi mashqlarni
o‘rgatish va hakoza tartibda bo‘ladi.
Uchinchidan, talaba yuqorida keltirilgan mavzularni mustaqil o‘rganishi
jarayonida har bir mavzu
yuzasidan 2 tadan kam bo‘lmagan, 4 tadan ko‘p bo‘lmagan test tuzadi. Test qo‘l
yozma shaklda tuziladi va
qog‘oz varianti topshiriladi.
Talaba ushbu mavzularni mustaqil o‘rganishi jarayonida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Konspekt va
test tayyorlashi natijasida fanni o‘zlashtirishi ancha takomillashadi.
Sessiya oralig‘i nazorat ishlarini baholash uchun,
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21-noyabrdagi
“Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi
to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 930-sonIi qarori 1-ilovasi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi
(maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning “Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘quv
jarayonini tashkil qilish” – deb nomlangan 3-bob 20-bandiga muvofiq o‘quv
sessiyasi davridagi dars
mashg‘ulotlarini tugash-tugamasligi muhim emas.
Mustaqil ta’lim ishlari 48 varaqli daftarga tayyorlanib semistrdagi 19 ta mavzudan 18 tasi (har biri
2-3 varaqdan) yoziladi. Dastlab mavzu, so‘ng mazmuni shaklida. O‘n to‘qqizta mavzudan bittasi refirat
shaklida list qog‘ozga yoziladi. Refiratning yozilish tartibi yuqorida aytib o‘tildi. Kimga qaysi mavzuni
tushishi guruhning ro‘yxatidagi tartibi bo‘yicha belgilanadi. M:1-raqamdagi talaba 1-mavzuni, 19-
raqamdagi talaba 19-mavzuni, 20-raqamdagi talaba 1-mavzuni kabi.