Sirtqi ta’lim talabalari uchun Jismoniy tarbiya nazaraiyasi va metodikasi fanidan sessiya oraliq nazorat ishlarini tayyorlash tartibi
Download 225.68 Kb. Pdf ko'rish
|
JTNM fanidan sessiya oralig`i, V kurs, sirtqi, IX semistr.
Sirtqi ta’lim talabalari uchun Jismoniy tarbiya nazaraiyasi va metodikasi fanidan sessiya oraliq nazorat ishlarini tayyorlash tartibi. 9-semistr. Sirtqi ta’lim talabalari tomonidan bajariladigan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oluvchi talabalar bajaradigan oraliq nazorat ishlaridan farqlanadi. Kunduzgi ta’lim shaklida o‘quv rejasidagi fanning ma’lum bob, bo‘lim yakuni bo‘yicha bir yoki ikki oraliq nazorat ishi olinsa sirtqi bo‘lim talabasi esa bir sessiyadan ikkinchi sessiyagacha muayyan fan bo‘yicha o‘tiladigan boblar, bo‘limlar, mavzular yoki to‘la kursni ishlab chiquvchi amaliy topshiriqlarni turli shakllarda bajarishlari rejalashtiriladi. Sessiya oraliq nazorat ishlarining maqsadi talabaning sessiya oralig‘ida muayyan fan bo‘yicha to‘liq tayyorgarligini ta’minlash hamda yakuniy nazoratga tayyorlashdan iborat. Sessiya oralig‘i nazorat ishlarida fanning har bir bobi yoki bo‘limi alohida mustaqil ish turini qo‘llashdan iborat topshiriqlar to‘plami belgilanadi. Uni quyidagi namuna bo‘yicha tuzish mumkin: 1. Fan bo‘yicha har bir mavzu mazmunini yoritib beruvchi savollarga javob yozish. Bunda har bir mavzu bo‘yicha aniq savollar ro‘yxati tuziladi (har bir variantda 3 tadan savol bo‘lishi mumkin). 2. Har bir fan bo‘yicha test-sinov savollarini tavsiya etish. Bunda fan bo‘yicha test-sinov savollar bazasi tayyorlanadi. Test-sinov savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim (test-sinov savollari har bir variantda 30 tadan kam bo‘lmasligi kerak). 3. Har bir mavzu bo‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar to‘plamiga javob berish. Bunda mavzu bo‘ycha muammoli keys topshiriqlari tayyorlanadi. 4. Fanning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, mashqlar, misol va masalalar to‘plamini tayyorlash. 5. Talabaning amaliy faoliyati bilan bog‘liq tajriba ishi vazifalarini bajarish. Bunda talabaning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq tajriba o‘tkazish mavzulari banki yaratiladi. 6. Talabaning o‘z kasbiy amaliy faoliyati tajribalari asosida metodik ishlanmalari va tavsiyalarini tayyorlash va bayon etish. Sessiya oralig‘i nazorat ishlari topshiriqlari har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Fan bo‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi har bir talabaga alohida individual variantdan iborat bo‘ladi. Sirtqi ta’lim talabasi tomonidan bajarilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari o‘quv sessiyasiga kelgan paytning birinchi kuni “Dekanat”ga taqdim etiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Taqdim etilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kafedra mudiri raisligida fan o‘qituvchilari tomonidan baholanadi. № Download 225.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling