Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish


Download 172.15 Kb.
bet30/52
Sana13.12.2022
Hajmi172.15 Kb.
#1000261
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Bog'liq
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari

Nazariyani amaliyot bilan bog’lash. Nazariyani amaliyot bilan bog’lash o’quvchilarni amaliy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu uning o’zlashtirish sifatini ko’taradi. Bu tamoil mehnat ta’limi va o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitishda nazariya bilan amaliyotning bog’lanish xarakteri o’quv predmetining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o’quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o’zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o’quvchilarni nazariyani o’zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, «Tabiatda bahor» mavzusi (3-sinf) uni o’rganish bo’yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mavalarning hosiliga ekinlar zichligining ta’sirini aniqlash uchun urug’lar ekish), keyin esa mavzuni o’rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma’qul bo’ladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirishga maktab yoki jamoa xo’jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar va shuningdek «G’o’za», «Poliz ekinlari», «G’alla ekinlari», «Sezgi organlari», «Yurak va Qon» mavzulari (3-sinf) bo’yicha amaliy ishlar o’tkazilishi yordam berishi mumkin.
O’quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o’simliklarni ekish va ko’paytirish), shuningdek o’simliklarning suvga, issiqlikka, yorug’likka ehtiyojini (piyoz va balzaminni o’stirish misolida – 2-sinf), gul manzarali o’simliklarining o’sishi va rivojlanishiga organik va mineral o’g’itlarning ta’sirini (3-sinf), pomidorning pishishi va hosildorligiga bachkilarning ko’chirilib o’tkazilishining ta’sirini aniqlash bo’yicha tajribalar (4-sinf) o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan o’quv-tajriba uchatkasidagi mehnat jarayonida nazariya bilan amaliyot bog’lanishi yaxshi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirib borishda shuni esda tutish kerakki, o’quvchilarning amaliy faoliyati ularni nazariy bilimlarni o’zlashtirib olishga bo’lgan intilishlarini bo’shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday obyekt va tajribalarni tanlash kerakki, ular nazariy tamoillarni tasdiqlasin va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.
Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lanishi uning barcha bosqichlarida amalga oshirilmog’i va nazariy bilimlarning chuqurlashishiga va amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O’rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, ekskursiyalar, amaliy mashg’ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanishi mumkin.
Tabiatshunoslikni o’qitishda o’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoilli.
O’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoili:
1) o’quvchilarning o’qishga ongli va ijodiy munosabatda bo’lishlarini;
2) o’rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini;
3) o’qish mehnatini ijodiy xarakterda bo’lishini;
4) bilimlardan amaliyotda ongli qo’llanilishi va ularni ishonchga aylanishini o’z ichiga oladi. Onglilik tamoilini amalga oshirishda bosh rol o’qituvchiga taalluqlidir, u o’quvchi oldida turgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni yaxshilab bajarishga qiziqish uyg’otishi kerak.
O’qitishda onglilikni namoyon bo’lishining oliy shakli o’quvchilarning ijodiy faolligidir, u gerbariy, maket, model, mulyaj tayyorlash, o’tkazilgan kuzatishlarni tavsiflash va o’qituvchi taklif qilgan mavzu bo’yicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyorlash bilan bog’liq bo’ladi.
O’qitishning ko’rgazmalilik tamoili. Ko’rgazmalilik tamoillaridan foydalanishning asosiy vazifasi va o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoil atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o’qitishni nazarda tutadi. Ko’rgazmalilik tamoiliga rioya qilish tabiatni o’rganishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ko’rganlarida hosil qilgan xususiy ta’surotlari asosida to’g’ri tushuncha va xulosalar hosil bo’lishiga yordam beruvchi to’la qimmatli bilimlar olishlari kerak.
Tabiatshunoslik bo’yicha dasturning organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o’rganishga, tirik tabiat burchagida, maktab oldi maydonchalarida, kuzatishlar o’tkazish, tajribalar qo’yishga imkon beruvchi metodlarning qo’llanilishini, ya’ni o’quvchilarning bevosita ko’z bilan yoki bevosita ko’rib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan yoki ularning tasvirlar bilan tanishishi deb tushuniladigan ko’rgazmali prnsipidan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas.
Tabiatshunoslikni o’qitishdagi ko’rgazmalilikni mashg’ulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar (tirik tabiat burchagidagi, zooparkdagi o’simliklar, hayvonlar, gerbariylar, kolleksiyalar), foydalaniladigan yoki tajriba ko’rinishidagi hodisalarni eslatuvchi predmetli ko’rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining surat, tablisa, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy ko’rgazmalilikka ajratish maqsadga muvofiqdir.
Predmetli va tasviriy ko’rgazmalilikni amalga oshirish asosida o’qitish, ayniqsa bolalar taraqqiyotining ertangi bosqichlarida, tafakkurni, kuzatuvchanlikni faollashishiga yordam beradi, o’rganilayotgan masalalarga o’quvchilar qiziqishini oshiradi. Ularni oddiy tadqiqotlar olib borishga o’rgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordamlashadi, ularni o’zlashtirib olish jarayonini osonlashtiradi, bilimlarning mustahkamligini ta’minlaydi.
Tabiat jasmlari va hodisalari ustidan olib borilgan kuzatishlar materialni tushunib olishga va o’zlashtirilganlarni mustahkamlashga, o’qituvchi rahbarligida tabiat hodisalari o’rtasidagi chuqur bog’lanishlarni aniqlashga, jismlar to’g’risidagi fikrlar bilan ko’rganlarini taqqoslashga imkon beradi.
So’z bilan qabul qilish, so’z bilan tasavvur o’rtasida puxta bog’lanishlarning vujudga kelishi o’quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to’g’risida o’qituvchi hikoya qilib berganlarning va ular to’g’risida darslikda yozilganlarning ahamiyatini tushunib olishlariga imkon beradi.

Download 172.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling