Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish
Bilimlarni puxta o’zlashtirish tamoillari
Download 172.15 Kb.
|
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qitishni individuallashtirish tamoillari.
Bilimlarni puxta o’zlashtirish tamoillari. Bu tamoil olingan bilimlarni, shakllantirilgan o’quv hamda ko’nikmalarni o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanishini nazarda tutadi. O’quvchilar bilimining puxta bo’lishi o’qituvchining ko’rsatib o’tilgan tamoillardan o’quvchilarning taraqqiyot saviyasi hamda qiziqishiga qanchalik muvofiq tarzda foydalanishiga bog’liq.
Bilimlarni puxta bo’lishiga erishish uchun avvalo o’quv yili boshlanishida ilgari o’tilgan materialni yangi bilimlarning o’zlashtirilishini ongli bo’lishi uchun tiklash zarur. Birinchi navbatda, dasturning yangi material bilan ko’proq bog’liq bo’lgan bo’limlarini takrorlash lozim. Bunda yangi bilimlarni o’zlashtirishning birinchi bosqichida o’qituvchi o’quvchilar yangi materialni asosli ravishda tushunishlari va o’zlashtirib olishlari uchun uning barcha hajmini emas, balki asosiy mazmunini berishi kerak. Chunonchi, «Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi» (4-sinf) mavzusini o’rganishda o’quvchilarda avval o’lkadagi tabiiy sharoitning turli-tumanligi bilan, keyin har bir zona bilan tanishadilar. Bu yangi fanlar kiritib borish imkoniyatini beradi, ular yordamida har bir zona uchun xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarini, jumladan o’simlik va hayvonot dunyosi aniqlanib boradi, o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtiruvchi qo’shimcha ma’lumotlar berib boriladi. Puxta bilimlarga erishishda ularni o’quvchilarning faol fikr yuritishlari asosida sistemalashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. O’quvchilar yangi bilimlarni, ilgari o’rganilgan material bilan bog’lab, yaxshiroq o’zlashtiradilar. O’qitishni individuallashtirish tamoillari. O’rta ta’lim sistemasini qayta qurish sharoitida bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Maktabga kirayotgan har bir bola muayyan axborot yig’indisiga va individual xususiyatlarga ega, ular bilimlarni o’zlashtirish jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Biroq o’qitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni o’zlashtirish darajasi bir xil bo’lishi mumkin. Binobarin bolalar taraqqiyotida to’g’ri keladigan umumiylikni aniqlash mumkin. U rivojlanish darajasi, bilim zapasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor bahonalarining o’xshashligi bo’lishi mumkin. Ammo umumiylik bilan bir qatorda har bir o’quvchi uchun o’zining individual xususiyatlari; 1) diqqatning rivojlanishi; 2) darsdagi xulq-atvorning xarakteri; 3) predmetga munosabati; 4) ko’rgazmali va og’zaki materialning qabul qilinishining tezligi va aniqligi; 5) o’quv materialini tushunib olishi va fikrlash xarakteri; 6) tabiat to’g’risidagi bilimlarining sifati va og’zaki hamda yozma nutqlarining rivojlanish darajasi o’ziga xosdir. O’qituvchi, sinfda ish olib bora turib, har bir o’quvchi bilan yakka tarzda ishlash, ijobiy hislarni rivojlantirish va salbiylarini bartaraf etish, sinfni jamoa ishiga tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy qobiliyatini o’rganish va hisobga olish zarurligini unutmasligi kerak. O’qituvchining o’z o’quvchilarini yaxshi bilishi, ularga individual yondashishning asosi hisoblanadi, buning uchun u doim o’quvchilarni kuzatib, har xil faoliyat jarayonida o’rganib boradi. O’quvchilarning qanday o’zlashtirayotganligidan qat’iy nazar, ularning hammasiga individual yondashish kerak. Qoloqlarga o’z vaqtida qo’shimcha yordam ko’rsatmoq zarur. O’qituvchi har bir topshiriqni (gerbariy va kolleksiyalar tayyorlash, tirik tabiat burchagi va o’quv-tajriba uchastkasidagi ishlar, tabiat obyektlari ustidan kuzatish) o’quvchining individual xususiyatlarini, shu topshiriqni uddalay olishini, o’rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqishini hisobga olgan holda berishi kerak. O’quvchilarga individual yondashishga asoslangan o’qitish jarayoni o’quv materialini muvaffaqiyatli o’zlashtirilishini, bolaning aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, axloqiy normalarni singdiradi. Download 172.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling