Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish
Download 172.15 Kb.
|
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari
Jonli tabiat burchagi uchun xona. Jonli tabiat burchagi uchun xona ajratgan ma’qul. Bunday imkoniyat bo’lmaganda o’simlik va hayvonlarni tabiatshunoslik kabineti yoki sinfda joylashtiriladi. Jonli tabiat burchagi uchun xona yorug’ bo’lishi, deraza ro’parasiga qo’yilgan har xil podstavkalarga suv hayvonlari hamda o’simliklari bo’lgan akvariumlarni qo’yish qulay bo’ladi.
Agar jonli burchak alohida xonada bo’lsa, unda qushlarni ham saqlash mumkin. Barcha qush qafaslariga tozalash oson bo’lsin uchun harakatchan taglik va oziq uchun harakatchan yashik o’rnatiladi. Maktab tabiat burchagida jo’r, sa’va, to’ti, chittak, chechetka kabilarni saqlagan yaxshi. Qafaslar devor yoki derazalarga ilib qo’yiladi, ammo shamol g’urillab o’tadigan joyga qo’ymaslik kerak, bunday joy qushlar uchun halokatlidir. Terrariumlar xona o’rtasiga yoki devor bo’ylab qo’yilgan, stolchalarga o’rnatiladi. Sut emizuvchilarning (olmaxon, dengiz cho’chqasi) katakchalari xonaning qorong’iroq qismida polga qo’yiladi. Agar tabiatshunoslik kabineti katta bo’lmasa, o’simlik va hayvonlarning bir qismini sinflarda joylashtiriladi va ular kerak bo’lganda foydalaniladi. Jonli tabiat burchagini jihozlash. Burchakda hayvonlar uchun ajratilgan joy ularning tabiatdagi hayot sharoitlariga muvofiq bo’lishi kerak. Akvariumni zoomagazindan olish ma’qul. Ammo akvarium sifatida hohlagan shisha idishdan foydalanish mumkin, lekin shuni hisobga olish kerakki, baliqlar to’rtburchak idishda yaxshi ko’rinadi. Akvariumdagi baliqlar soni uning katta kichikligiga (o’lchamiga) va undagi o’simliklarning soniga muvofiq bo’lishi kerak, bunda yutiladigan va chiqariladigan kislorodning balansi ta’minlansin. Akvariumda yashovchilarga doimiy parvarish zarur. Oziqni zoomagazindan sotib olish mumkin. Baliqlarni ularni shartli refleks hosil qilish uchun muayyan vaqtda oziqlantirish kerak. Bolalar termometr bilan o’lchab, suv haroratini tekshirib borishga o’rganishlari lozim. Sudralib yuruvchilar va suvda ham quruqda yashovchilar uchun xilma-xil ko’rinish va katta-kichiklikdagi terrariumlar quriladi. Odatdagi terrarium metalldan yoki yog’ochdan tayyorlangan yashik bo’lib, yon va tepa devorlari shisha va to’rdan iboratdir. Shisha devor terrariumda yashovchilarni kuzatish, yon devor hamda tepasining to’rdan bo’lishi ham ventilyasiyasini ta’minlash imkoniyatini beradi. Terrariumning metall tagiga tuproq sepiladi, unga o’simliklar o’tqaziladi va suvli idish joylashtiriladi. Terrariumga unda yashovchilarning yashirinib olishi uchun toshlar qo’yiladi. Suvga va quruqqa ehtiyojmand suv baqalari va tritonlar uchun akva-terrarium, ya’ni quruqlik oroli bo’lgan akvarium quriladi, uni akvarium tagiga tuproq solingan va suv sathidan biroz ko’tarilib turadigan shisha banka qo’yib tayyorlash qiyin emas. Quruqlik uchastkasini suv ostiga o’rnatish yoki suzuvchi qilish mumkin. O’simlik va hayvonlar to’plash, kuzatishlar tashkil qilish. Jonli tabiat burchagining aholisi (yangi o’simlik va hayvonlari) uning asosini tashkil qiladi, unga qarab jihozlar tanlanadi. O’simlik va hayvonlar nabori tabiatshunoslik dasturiga qarab, o’lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olib belgilanadi. Barcha xona o’simliklari ularning nomlari va qachon va qayerdan olinganligi to’g’risida ma’lumotlar yozilgan etiketkalarga ega bo’lishlari zarur. O’simliklardan avval shundaylarni tanlash kerakki, ular yordamida namlik, issiqlik, yorug’lik, suv iste’mol qilishdagi farqlarini, jumladan quruq iqlimga (kaktus, aloe), nam iqlimga (asparagus tradeskansiya) moslangan o’simliklarni, tropik o’simliklarni (begoniya), mo’’tadil iqlim o’smliklarini (navro’zgul), yorug’lik sevuvchi (xina) va soyaga chidamli (plyushch, aspidistra) o’simliklarni namoyish qilish mumkin bo’lsin. Keyin shunday o’simliklar tanlanadiki, ular, masalan, yorongul, fuksiya, begoniya, kaktus, tradeskansiya, elodeya, binafsha kabilarning har xil turlari yordamida turlicha tajribalar o’tkaziladi. Tradeskansiyada qalamchalar bilan ko’paytirishni namoyish qilish yaxshi bo’ladi. Begoniya, fuksiya, yoronguldan ham foydalanish mumkin. Barglardan ko’paytirishni uzumbark binafshasi yoki begoniya reksda ko’rsatish mumkin. Jonli tabiat burchagida tajribalar o’tkazish uchun har xil madaniy o’simliklarning urug’laridan: loviyaning quruq, ivitilgan yoki urug’laridan (1-sinf), rediska, qizil lavlagi, sabzi urug’laridan (2-sinf), pomidor va g’o’za chigitidan (3-sinf) keng foydalaniladi. Tajribalar tabiatshunoslik va qishloq xo’jaligi mehnati dasturiga muvofiq o’tkaziladi. Jonli tabiat burchagida hayvonlarning har xil turlari bo’lishi kerak. Barcha akvariumlarda chig’anoqli mollyuskalar bo’lishi kerak, chunki ular akvarium devorlarini suv o’tlaridan tozalaydi va atmosfera havosidan nafas olgani uchun akvariumdagi boshqa hayvonlar uchun zarur bo’lgan suvdagi havoni yutmaydi. Baliqlardan yashash sharoitlariga uncha talabchan bo’lmaganlarini, masalan, guppi, qilich baliq, tilla baliq, to’rsimon dumli baliq, teleskop, kometa kabilarni saqlash yaxshi. Aylanchiq baliq, suv qandalasi kabi suv havzalarining vakillarini alohida shisha bankalarda saqlash kerak, chunki ularni baliqlar yeb qo’yadilar. Shuningdek, yirtqich hisoblangan gambuziyani ham alohida saqlash zarur. Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida akvarium katta rol o’ynaydi, o’quvchilar suv hayvonlarining harakatlanishini kuzatadilar, ularning tana qismlarini ko’radilar, qanday ov qilishlarini kuzatadilar. Baliqlarni harakatda ko’ra turib, bolalar ularning harakat organlariga e’tibor beradilar, baliqlar hayotida rang qanday rol o’ynashligini aniqlaydilar. Gambuziya va tangabaliqlarning ko’payishini kuzatishga alohida e’tibor beriladi. Kuzatishlar kundaliklarida tangabaliq lichinkalari va gambuziya chavoqlarining paydo bo’lishi va rivojlanish muddatlari yozib boriladi. Akvariumda hayvonlardan tashqari o’simliklar (shoxbarg, urut, vodokars, vallesneriya, elodeya, ryaska) ham saqlanadi, ular bilan o’quvchilar dasturni o’tish davomida tanishib boradilar. Dasturga muvofiq kichik yoshdagi maktab o’quvchilari baqa va qurbaqaning rivojlanishini (itbaliq, dumli baqacha va yetuk baqaning vujudga kelishini) ham kuzatadilar. Jonli tabiat burchagida bolalar ularni solishtirishlari, tana qismlarini qarab chiqishlari, ularning tuxumlari qanday farq qilishini, tuxumdan itbaliq rivojlanishini ko’radilar. Terrariumda o’quvchilar, shuningdek kaltakesak va toshbaqalarning xulq-atvori, harakatlanishi, tashqi xususiyatlarini kuzatishlari mumkin. Tabiatshunoslik o’qituvchisi o’quvchilarning jonli tabiat burchagidagi o’simlik va hayvonlarni sistemali ravishda parvarish qilib borishlariga, gullarni muntazam sug’orishlari, barglarni yuvishlari, hayvonlarni boqishlari hamda toza joyda saqlashlariga erishish kerak. Buning uchun o’quvchilarning navbatchiligi yo’lga qo’yiladi. Jonli tabiat burchagidagi tajriba, kuzatish va amaliy ishlar o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi va u tomonidan nazorat qilib borilishi kerak. Barcha ishlar plan bo’yicha qurilishi zarur, plan tuzishda mavsumiylik tamoiliga amal qilish lozim. Burchakdagi ishlar yillik, yarim yillik va choraklik tuziladi. Plan tuzishda o’quvchilarni ng qiziqishlari, umumiy taraqqiyoti, shuningdek ishning uddalay olinadigan bo’lishi hisobga olinadi. Planda maqsad va mavzuni belgilash, ishning mazmuni va shakllari ochib berilishi, amalga oshirish metodlarini ko’rsatishi, o’quvchilar egallashi mo’ljallangan amaliy ko’nikmalar belgilangan bo’lishi kerak. Ayrim mavzularni ham planlashtirish mumkin. (Jonli tabiat burchagidagi ishlar planining taxminiy shakliga qarang.) Download 172.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling