Sirtqi(Maxsus sirtqi)” bo‘limi “Maktabgacha ta‘lim” yo‘nalishi 3-kurs 203-guruh talabasi Bobojanova Dilnoza


Download 151.93 Kb.
bet2/5
Sana18.01.2023
Hajmi151.93 Kb.
#1099395
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)

Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarini kengaytirish va“Ko‘p” va “Bitta”, “Ko‘p” va “Kam” o‘rtasidagi o‘zaro munosabat bilan tanishtirish va butunni qismlarga ajratish.
Har bir yosh guruhda miqdoriy tasavvurlarni shakllantirish usulining.
metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish
Kurs ishining ob’ekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari katta maktab yoshidagi guruhlarda mashg‘ulot jarayoni.
Kurs ishining predmeti. “Ko‘p” va “Bitta”, “Ko‘p” va “Kam” o‘rtasidagi o‘zaro munosabat bilan tanishtirish va butunni qismlarga ajratish.Har bir yosh guruhda miqdoriy tasavvurlarni shakllantirish usuli.
Kurs ishining vazifalari:.

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarga miqdoriy tasavvurlarni shakllantiruvchi o‘yinlardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish;

  • Kichik va o‘rta guruh bolalarini matematik tushunchalarini shakllantirish yuzasidan mashg‘ulot ishlanmalari yaratish

  • Katta va tayyorlov guruh bolalarini matematik tushunchalarini shakllantirish yuzasidan mashg‘ulot ishlanmalari yaratish

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I.BOB. MATEMATIKA FANINI O‘RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.


1.1 Matematikani o‘qitishda interfaol pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Zamonaviy ta'limni tashkil etishda qo‘yiladigan muhim tadbirlardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni bolalarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda ma'lum faoliya yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvn talab etadi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada kata tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Ta'limni isloh qilinishi jarayonining ajralmas, muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnalogiyalar, interfaol metodlar ta'lim jarayoniga o‘zlari bilmagan holda qiziqishi bilan kirishib ketadilar. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy interfaol strategiyalar bo‘lga bilimlarni samarali o‘zlashtiradi. Chunki bugun sinflarni to‘ldirib o‘tirgan o‘quvchilar sho‘x beg‘ubor bolalik gashtini surayotgan, ba'zan xayolparast bolalardir. Ular orasida hatto 45 daqiqalik dars jarayonining nihoyasini intiqlik bilan kutib, ta'limga yuzaki qaraydigan o‘quvchilar ham yo‘q emas.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Matematikani o‘qitishda texnologiyadan foydalanishning kengaytirilganligi o‘quv jarayonini yanada moslashtirishga imkon beradi. Ikkala bola bir-biriga o‘xshash emasligi sababli, texnologiya individual talabalarga, ayniqsa, ularning shaxsiy ehtiyojlari uchun foydali bo‘lgan tarkib va yordamlarni taqdim etishi mumkin. Bolalar darslarni, o‘quv qo‘llanmalarni, ekran yozuvlarini va boshqa o‘quv vositalarini o‘z qurilmalarida va o‘zlarining tezligida ko‘rishlari mumkin. Shunday qilib, agar bitta talaba hanuzgacha mavzuda adashib qolgan bo‘lsa, boshqasi qo‘shimcha muammolarga tayyor bo‘lsa, texnologiya har biriga tegishli keyingi qadamni qo‘yishga imkon beradi.
Texnologiyalar bolalarga qanday imkoniyatlar yaratib berishining ajoyib namunasi - Xan akademiyasining fenomeni . Matematik darslarining yozuvlarini YouTube-da joylashtira boshlaganida Sal Xon notijorat ta'lim tashkiloti tuzishni niyat qilmagan. U uzoqdan qarindoshlariga repetitorlik qilishga yordam berishga harakat qilar edi va videolarni Maxfiy rejimga o‘rnatish uchun hech qanday sabab ko‘rmadi. Uning amakivachchalaridan, so‘ngra uning videolarini topgan butun dunyodagi boshqa odamlardan olingan mulohazalardan u ushbu vositaning qanchalik qadrli ekanligini va darslarni tanlash, orqaga qaytarish va boshqarish imkoniyatining muhimligini tushundi.
MUHOKAMA
2Texnologiya o‘quvchilarga matematik tushunchalarni ko‘rish va ular bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Talabalar o‘yinlar, simulyatsiyalar va raqamli vositalar yordamida o‘rganishlari va kashfiyotlar qilishlari mumkin.
Bolalar va talabalar uchun eng yaxshi platformalardan biri bu veb-grafikali kalkulyator Demos. Demos sinf faoliyati sahifasida bilan o‘ynab va matematik g‘oyalarini test va, shuningdek, almashish va hamkorlik talabalarni jalb qilish uchun katta boshlanish nuqtasi hisoblanadi.
Texthelp-ning STEM taklifiga yangi qo‘shimchalar - EquatIO mathpace , o‘quvchilar va o‘qituvchilar matematik tenglamalar va formulalarni Desmos grafikalari, geometrik shakllar, manipulyativalar va qo‘lda chizilgan rasmlar bilan birlashtiradigan raqamli doskani yaratadi.
NATIJA
Matematik ta'limga texnologiyani integratsiyalashuvi uchta muhim omil bilan bog‘liqligi aniqlandi; texnologiya, o‘quv faoliyati va vazifalarini loyihalash; o‘qituvchining roli; va ta'lim mazmuni.

2.Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotlarining Davlat o‘quv dasturi.T.: 2018.


Bolalar o‘rganishni tashkil qilishi kerak, masalan, texnologiyaga boy faoliyat natijalarini sintez qilish, asbobdan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqishda yordam berish va texnologik muhitdagi tajribalarni qog‘oz va qalam bilan ishlash yoki boshqa matematik mashg‘ulotlar bilan bog‘lash. Matematika o‘qituvchilari matematik amaliyotni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda o‘zgartirishi uchun hammualliflar va tadqiqotchilar sifatida konstruktiv jarayonning bir qismi bo‘lishi kerakligini ta'kidlaydi; Shunga qaramay, loyihalashtirish jarayoni juda qiyin, bu yerda: vositalarning matematik ifoda va muloqotga dialektik ta'sirini hisobga olish kerak va loyihalash va tahlil qilishning turli markazlari mavjud. Bolalar texnologiyani mustaqil ravishda ijobiy ta'lim yutuqlariga olib keladigan usullardan foydalanishlari ehtimoldan yiroq emas. Tarbiyachi va bolalarlarning o‘zaro ta'sirida samarali amaliyot ishlab chiqilishi va rivojlanish o‘qituvchi tomonidan boshqarilishi kerak. Bunga erishish uchun o‘qituvchilarning texnologik va pedagogik mazmun bilimlarini rivojlantirishni o‘z ichiga olgan malaka oshirish jarayoni zarur. Va nihoyat, raqamli texnologiyalardan foydalanish izchil ta'lim kontekstiga kiritilishi kerak.


Matematika mashg‘lotida bolalarga ped texnologiyani qo‘llash.Mashg‘ulot maqsadi: Har bir pedagogning bosh maqsadi - pedagogik mahorati bilan o‘z individualligini yorqin namoyon etish, interfaol ta'lim vositasida matematika darslarida mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish, uning sifatida oldindan o‘quvchilarni ta'lim-tarbiya samaradorligini ko‘ra bilish.

Fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan davrda bolalarning aqliy rivojlanish tezligi ham o‘sib bormoqda. Natijada ta'limning umumiy darajasi ham oshayotgani shubhasiz. Biroq nazarimizda boshlang‘ich ta'limning asosiy vazifasi savodxonlikni jadallashtirish, o‘zlashtirishni tezlashtirishdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Boshlang‘ich ta'lim aqliy rivojlanishga yordam beruvchi samarali ta'limning interfaol usullarini qo‘llash natijasida bo‘ladi.


Aqliy rivojlanishdagi o‘zlashtirishlar esa tafakkurni oliy bosqichiga o‘tishi bilan emas, balki o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirish bilan izohlanadi.
Ta'limning maqsadi: o‘quvchilarning zahiriy imkoniyatlarini, o‘zi anglab yetmagan, yuzaga chiqara olmagan ichki hissiyotlarini erkin fikrlash orqali yuzaga chiqarish va o‘quvchilarda o‘ziga, bilimiga, kuchiga nisbatan ishonch hissini tug‘diradi.
Interfaol metodlardan foydalananishdagi asosiy qonuniyatlar quyidagilardan iborat:
Pedagogik jarayon o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi asosida tashkillashtiriladi;
O‘quvchi mashg‘ulotning faol ishtirokchisiga aylanadi;
O‘qituvchi mashg‘ulotning bosh «hukmdori» vazifasidan bo‘shatiladi;
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘zaro teng huquqli ishtirokchilarga aylanadi;
Mashg‘ulot jarayoni demokratik tamoyillar asosida olib boriladi;
Eng muhimi faol metodda aynan o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida pedagogik hamkorlik vujudga keltiriladi.
Interaktiv metodlar aktiv metodlarning zamonaviy shakli hisoblanadi.
1-4 sinflarda joriy etilgan yangi texnologiya, avvalo fanlar orasidagi bog‘liqlikni ta'minlash, ortiqcha qiyinchiliklarni bartaraf etish, fanlarni integratsiyalash, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, ijodiy ishlash tizimini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish kabi zarur ishlarni bajaradi.
Ta'lim tizimi shaxsni shakllantirish uchun, Davlat Standarti Talablari asosida hamda jahon ta'lim darajasida kadrlar etishtirish uchun avvalo o‘qituvchilar, murabbiylar shaxsini har tamonlama mukammal bo‘lishini talab qiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining masuliyati katta, u umumiy ta'lim tizimining asosini, poydevorini yaratuvchi shaxsdir.
Barcha yaxshi ishlar bolani ezgulikka etaklash, o‘qituvchining pedagogik mahoratiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Buyuk alloma, inson ruhhiyatining muhandisi Ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida shunday fikr bayon qiladi: “O‘qituvchining barcha hatti harakatlari ezgulikdan iborat bo‘lmog‘i kerak”.
Bugungi kunda ta'lim tizimini to‘g‘ri yo‘naltirish dolzarb muammodir. Bu jarayon bola ruhiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Bu borada ruhshunos olimlarning fikri qanday?
Ular bolani ortiqcha yukdan ozod qilish, saboqlarni me'yorlash, nazariy bilimlarni hammasini amaliy mashg‘ulotlar zamiriga singdirishga e'tibor berish, o‘yin-mashg‘ulot turlarini ko‘paytirish orqali samaradorlikka erishish mumkinligini ta'kidlaydilar.
Yangi pedagogik texnologiya bola faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan bo‘lib, avvalo uning sog‘ligini muhofaza qilishni, unda turfa fazilatlarni shakllantirish uchun amaliy yondashuv rejalarini tuzishni, bu rejalarda bolani quvnoqlikka, topqirlikka undovchi vositalar jamlanishini, hozirjavoblikka, sermulohazalikka, to‘g‘ri raqobat qila olishga yoki faraz qila olishi qobilyatini rivojlantirishga, ijodiy tafakkur, qilish, tadbirkor bo‘lishga undovchi qator nazariy va amaliy ishlar majmuasini barqaror etishni nazarda tutadi.

Pedagogik texnologiyalarning boshlang‘ich ta'lim tizimida keng o‘rin olish va barqarorlashishi uchun istiqbol rejalarda quydagilarga etibor berish lozim:


bajarilishi va tadbiq etilishi lozim bo‘lgan ishlarni to‘g‘ri loyihalash, maqsad va vazifalarni belgilash;
  • amaliy mashq va mashg‘ulotlar tizimini yaratish;



  • boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha atamalar to‘plamini tuzish;

  • sinov mashg‘ulotlari, test savollari tuzish;

  • kompyuterni o‘yinlar uchun dasturlashtirish;

  • sayr-sayohatlar o‘tkazishning nazariy va amaliy
    yo‘nalishini belgilash va dars rejalarini hozirlash;
    pedagogik texnologiyalarni o‘zida aks ettiradigan o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratish;

  • O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy-ma'naviy xususiyatlariga mos ravishda boshlang‘ich ta'limning amaliy asoslarini ishlab chiqish;

  • Jahon pedagogikasining boshlang‘ich ta'lim sohasida mavjud tajribalarini o‘rganish va keng masalalarni maktablarimizda joriy etish:

3Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘yinga asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yaxshi samara beradi. Ular oldindan rejalashtirilgan va o‘z ichiga ko‘p qirrali o‘yinlarni qamrab olgan bo‘lishi kerak. O‘yinga asoslangan bunday texnologiyalarning o‘rni, avvalo o‘yin elementlarining funktsiyalarini o‘qituvchi, o‘quvchilarga qanday tushuntirishga va qanday etkaza olishga bog‘liq. Ikkinchidan, quydagi xolatlardagiga u samarali bo‘ladi.

  1. DTS talablariga javob bera oladigan, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga asoslangan bo‘lsa;

  2. Fanlararo uzviylikni yakka tartibda va guruhlarda qo‘llay
    olsa;

  1. Oldindan o‘quv dasturiga mos rivojlantirib, zamonaviy texnologiyalariga asoslangan bo‘lsa;

3.Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, T.: 2018.12.

1.2.Maktabgacha ta’lim muasasalarida matematika mashg‘ulotida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish.


Matematikaning chegarasiz mamlakat degan iborasini bir necha bor eshitganman. Uning taqiqlanganligiga qaramay, matematikaga oid iboraning juda yaxshi sabablari bor. Inson hayotida matematika alohida o‘rin tutadi.
Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, matematikani yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo‘ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o‘zida shakllantiradi. Shuningdek, matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi.
Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat'iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta'minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun matematik
madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib, o‘quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e'tiborni kuchaytirish - davr talabi.
Matematik ta'limga kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta'limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta'lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta'minlanadi.
Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o‘rni inobatga olingan holda mazkur fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo‘lib, yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika ta'limini zamon talablari asosida takomillashtirib borish, uni o‘qitishda eng so‘nggi pedagogik va innovatsion usullar, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta e'tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, o‘quv fanini akademik bilim berishdan ko‘ra ko‘proq hayot bilan bog‘lash, amaliy misol va masalalarni yechish, o‘quvchilarni mustaqil izlanish, o‘qib-o‘rganishga jalb etishning ahamiyati beqiyos. Dars jarayonida o‘quvchi o‘zini majburan partaga mixlab qo‘yilgandek his etmasligi, aksincha, mashg‘ulotlarda katta ishtiyoq, kuchli xohish bilan qatnashishiga erilishi lozim.
4Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun savol-javoblar yoki imtihonlarda, balki uyda, ish jarayonida, sport va san'at bilan shug‘ullanishda, savdo-sotiq, oldi-berdi - hayotning har bir lahzasida o‘quvchiga naf berishini u chuqur anglab yetishi muhim. Buning uchun esa mazkur fan o‘qituvchisi o‘tayotgan mavzularini bevosita hayot bilan bog‘lab, biror misol yoki masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida yechishga o‘rgatishi zarur.
Matematika fanlarini o‘qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni taminlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta'lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini amalga oshirish, ta'lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo‘lgan yaxlit tizimda o‘z ifodasini topadi.
Kompyuter texnikalarini talim muassasalariga tatbiq etish, o‘qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo‘l ochib beradi. Keyingi o‘n yillikda matematika fanini o‘qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo‘nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o‘rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o‘yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.
Matematika o‘qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo‘nalishi ayrim o‘quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o‘qitishning boshqa usullari qo‘llanganda tasavvur qilish, ko‘z oldiga keltirilishi qiyin bo‘lgan materiallarni tushunarlibo‘lishini taminlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o‘quvchilarga malumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko‘rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o‘rganish va o‘quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo‘ladilar.
Ko‘p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o‘z kasbi bilan bir vaqtda malum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo‘lgan matematik sistemalar yaratilgan.


4.Bikbaeva N.U., Ibragimova Z.I., Qosimova X.I. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish. – T.: O‘qituvchi, 1995 y. 184-b
Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin.
Matematika fanlarini o 'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini o‘qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni taminlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.[3]
Kompyuter texnikalarini talim muassasalariga tatbiq etish, o‘qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo‘l ochib beradi. Keyingi o‘n yillikda matematika fanini o‘qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo‘nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o‘rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o‘yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.
Matematika o‘qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo‘nalishi ayrim o‘quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o‘qitishning boshqa usullari qo‘llanganda tasavvur qilish, ko‘z oldiga keltirilishi qiyin bo‘lgan materiallarni tushunarli bo‘lishini taminlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o‘quvchilarga malumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko‘rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani
chuqur o‘rganish va o‘quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo‘ladilar.
Ko‘p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o‘z kasbi bilan bir vaqtda malum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo‘lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin.
Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo‘lgan ehtiyoj so‘z, yozuv, tasviriy san'atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda.
Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog‘ozlarda, magnit tasmalarida, ya'ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur'atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir.
Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o‘xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o‘qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda.


Download 151.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling