- Germaniyada oliy ta’limning asosiy tamoyili “akademik erkinlik” – bu tizim har qanday talabaga o‘z diplomiga kiritiladigan, o‘rganiladigan fanlar ro‘yxatini mustaqil aniqlash imkonini beruvchi tizimdir.
- Ta'lim mazmuni quyidagilar bilan tartibga solinadi:
- 70-80% - federal komponent;
- 20-30% - universitetlar tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi.
Baholash tizimi - O'rta ta'limda quyidagi miqdoriy va sifat ko'rsatkichlariga ega bo'lgan 6 ballli baholash tizimi qo'llaniladi.
- Zehrgut «a’lo»
- Gut «yaxshi»
- Befriedigend «yetarli»
- Ausreichend «qoniqarli»
- Mangelhaft «Qoniqarsiz»
- Ungenugend «Juda yomon»
Baholash tizimi - Ayrim ta’lim muassasalarida o‘rtacha ball olish uchun yuqoridagi baholarni ballarga o‘tkazish quyidagi nisbat bo‘yicha qo‘llaniladi: 1-baho=15 ball, 2=12 ball, 3=9 ball, 4=6 ball, 5= 3 ball va baho 6 = 0 ball.
- Oliy ta’limda 5 balllik baholash tizimi qo‘llaniladi, ularning 5 ta miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari o‘rta ta’lim uchun 6 ballli baholash tizimining 5 ta birinchi ko‘rsatkichlari bilan to‘liq mos keladi.
- Germaniya barcha mamlakatlardan talabalarni qabul qiladi. Chet ellik talabalar Germaniya oliy o‘quv yurtiga kirish huquqini beruvchi nemis o‘rta maktabi diplomiga (Allgemeine yoki Fachgebundene Hochschulreife) tenglashtirilgan hujjat (sertifikat)ga ega bo‘lishi kerak. Bunday sertifikatga ega bo'lmagan abituriyentlar Studienkolleg kurslarida odatda taxminan bir yil o'qib, imtihondan (Feststellungspruefung) o'tishlari kerak.
Chet ellik talabalar - 2010 yilda Germaniyada bakalavriat va magistratura talabalarining 10% dan ortig'i chet ellik talabalarni tashkil etgan. Germaniyaning bir qator oliy ta’lim muassasalarida asosan chet ellik talabalarga e’tibor qaratiladi.
- Germaniyada universitetga kirish uchun standart qoidalar mavjud. Universitetga o'qishga kirish uchun o'rta maktabning yakuniy yilida qabul qilingan barcha imtihonlardan o’tishi kerak. Shundan so’ng bitiruvchiga Abitur diploma berialdi.
- Ushbu hujjat gimnaziyada yoki gimnaziya dasturi bo'yicha integratsiyalashgan maktabda o'qish natijalari asosida beriladi. Ushbu imtihon natijalari universitetga o'qish imkoniyatini qo'lga kiritishda eng muhim mezondir. Germaniyada universitetlarga kirish imtihonlari yo'q. Abituriyentlarni qabul qilish attestatdagi o‘rtacha baholarga muvofiq amalga oshiriladi, ayrim ijtimoiy omillar ham hisobga olinadi. Agar universitetda o'qish uchun abituriyentlar bepul o'rinlardan ko'proq bo'lsa, unda faqat eng yaxshilari qabul qilinadi. Qolganlarning hammasi navbatda turadi va kelgusi yilda kafolatlangan joyni qo'lga kiritishi mumkin.
Germaniya kasb-hunar ta'limining dual tizimi - Germaniyada kasb-hunar ta'limi dual tizimga asosan tashkil etilgan.
- “Dual” tushunchasi ikkilik degan ma'noni bildiradi va uning asosiy elementidan biri korxona bo‘lsa, ikkinchisi kasb-hunar maktabi hisoblanadi.
- Korxona va kasb-hunar maktabi hamkorlikda kasb-hunar ta'limi jarayonini ta'minlaydi. Korxona va kasb-hunar maktabi o‘rnashgan joyi va ishlash vaqti turli xil bo‘lsada, bir-biri bilan hamkorlik qiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |