Maktab tizimi
Maktabda ta'lim 6 yoshdan boshlanadi va 9-10 yil davom etadi.
| | |
Boshlang'ich maktab: 1-4, 1-6 sinflar.
|
2 yil – umumiy o'rganish: nemis tili, arifmetika, o'lkashunoslik, musiqa, jismoniy tarbiya, din.
| | |
4-6-sinflarda ta'limni davom ettirish to'g'risida qaror qabul qiladilar:
| | | | |
Xalq maktabini tamomlagan
|
Real maktab (o’rta maktab)
|
Gimnaziya
|
Xalq maktabini tamomlagan
9-10-sinfgacha
|
Kasbiy yo’nalishlar + din, tarix, ijtimoiy fanlar + tabiiy fanlar, matematika + estetik fanlar, jismoniy tarbiya.
|
Real maktab (o’rta maktab): 10-sinfgacha
|
Fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili + o'rta maktabda. 1 yoki 2 ta fanov tanlov asosida bo’lishi mumkin
|
Gimnaziya: 13 sinfgacha
|
Nemis tili, tarix, geografiya, matematika, biologiya, jismoniy tarbiya, musiqa, din + tanlov fani.
| Germaniyadagi boshqa maktablar - Germaniya maktab tizimida kichik o'rinni "umumiy maktablar" egallaydi, ularda ta'lim turlariga aniq bo'linish yo’q.
- Germaniya konstitutsiyasida xususiy maktablar ochilishiga ruxsat berilgan, ularning aksariyati diniydir. Ularda talabalarning taxminan 8% tahsil oladi. Xususiy maktablar davlat maktablariga qaraganda dasturlarni tanlashda va ta'limga urg'u berishda erkinroq bo'lganligi sababli, ularda turli xil pedagogik alternativalar ko'pincha sinovdan o'tkaziladi.
"Fikrlayapmanmi, demak, yashayapman!” - Germaniyada davlatga qarashli maktablar bilan birga xususiy ta'lim maskanlari ham faoliyat yuritadi. Xususiy maktablar o‘rta ta'lim maskanlarining 2 foizini tashkil etadi. O‘quv dasturlari an'anaviy maktablardan farq qiluvchi xususiy maktablarni Federal ta'lim va madaniyat vazirligi nazorat qiladi. Xususiy maktablar sanoat, til, kosmetika, gimnastika, uy xo‘jaligi kabi ixtisoslashgan yo‘nalishlarda ta'lim beradi. Nodavlat ta'lim maskanlari bir-birini qo‘llab-quvvatlash uchun Xususiy maktablar uyushmasiga birlashgan. Shuningdek, nogiron va aqliy qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktablar ochilgan. Olmon maktablarida xorijlik fuqarolar ham ta'lim olishi mumkin. Xorijliklar mahalliy shart-sharoitga moslashishi, nemis tilini puxta o‘zlashtirishi uchun tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
- Nemis pedagoglari iste'dodsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q, deb hisoblashadi. Shunga ko‘ra ular o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, ularni yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. "Fikrlayapmanmi, demak, yashayapman!” deydi mashhur faylasuf Rene Dekart. Olmon maktablarida ana shu naql oltin qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar birinchi navbatda o‘quvchining, hatto xato bo‘lsa-da, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni maqsad qiladi. Ta'lim jarayoni esa ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |