Система стандартов безопасности труда (ссбт), ee значение, функции и реализация


Download 51.95 Kb.
bet2/7
Sana14.11.2023
Hajmi51.95 Kb.
#1773406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ММТХ 3-маъруза лотинча

2. Tarmoq standartlari (TS), umumdavlat standartlari negizida yaratilgan bo‘lib, mehnat muhofazasi qoida va me’yorlariga aniqlikni ushbu tarmoq sharoitiga muvofiq kiritadi. Masalan, tarmoq standarti TS 46.0.12682. «Qishloq xo‘jaligida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitishlarni tashkil qilish»ning yagona tartibini o‘rnatadi.
Hamma standart va qo‘llanmalar fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan holda o‘zgartirishlar kiritish maqsadida har besh yilda qaytadan ko‘rib chiqilishi shart.
Har yili ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar yoki kasalliklar natijasida taxminan 2,78 million kishi vafot etadi. Bundan tashqari yuzlab, millionlab odamlar jarohat oladi. Bunday baxtsiz hodisalar jamiyatga katta zarar etkazadi, shuningdek, tegishli qonunlarni qabul qilish va sog‘liqni saqlash va xavfsizlikka katta mablag‘ sarflashga olib keladi.
ISO tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan yangi “ISO / TS 24179, Inson resurslarini boshqarish - mehnat muhofazasi va xavfsizlik kriteriyalari” standarti bu inson resurslarini boshqarish bo‘yicha ichki va tashqi hisobotlar uchun taqqoslanadigan ko‘rsatkichlarni taqdim etadigan texnik qo‘llanma (TS) va ko‘rsatma hujjatlarning birinchisidir.
Mazkur standart mehnat jarohatlari, baxtsiz hodisalar va kasalliklar tufayli yo‘qotilgan vaqt, baxtsiz hodisalar soni, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qitilgan odamlar soni va boshqa ko‘p narsalarni qamrab oladi.
YAngi ISO / TS 24179 “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik kriteriyalari” standarti Amerika standartlar instituti (ANSI) rahbarligidagi ISO / TS 260 Inson resurslarini boshqarish texnik qo‘mitaci tomonidan ishlab chiqildi.
SHuni ta’kidlash lozimki, 1973 yildan e’tiboran 300 dan ziyod standartlar tasdiqlanib, ishlab chiqarishga joriy etilgan.
3. Sanoat korxonalarining xilma-xilligini hisobga olib o‘zi uchun mos keladigan mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlashga instruksiyalar tizimi GOST 12.0.004- 79 (MXSS) tashkil qilingan.
Ishlab chiqarish korxonalarida havfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlashda havfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiena va yong‘in havfsizligiga bog‘liq qoida, norma, yo‘riqnomalar katta ahamiyatga ega. Ular umumiy va tarmoq turlariga bo‘linadi.
Umumiy norma qoidalariga «Qurilish norma va qoidalari», «Sanoat korxonalarini loyihalash sanitar normalari», «Nurlanish havfsizlik qoidalari», «Elektrotexnik moslamalar tuzilishi qoidalari», «Portlashdan himoyalangan elektr tanlash qoidalari», bosim ostida qo‘llanadigan idishlarning tuzilishi va havfsizligi qoidalari va boshqalar misol bo‘ladi.
Ishlab chiqarishda sog‘lom va havfsiz mehnat qilish sharoitlarini yaratishda va normadagi sharoitni taminlashda mehnat muhofazasini boshqarish tizimi (MMBT) inobatga olinadi. MMBT faoliyatida mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish, baholash, ishlarini barqarorlashtirish kiradi. SHuningdek, mehnatni muhofaza qilish, tashviqot olib borish, xavfsizlik talabiga binoan o‘qitish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, uskunalar, bino va qurilmalar havfsizligini ta’minlash, sanitariya-gigienik mehnat sharoitini yaxshilash, ishchilarni shaxsiy muhofaza vositalari va mehnatni normadagi rejimi, dam olish bilan ta’minlash, sanitariya - maishiy xizmat, mutaxassislarni kasbi bo‘yicha tanlash kabi vazifalar tizimning tarkibi hisoblanadi. Tizimni boshqarish uslubiy asosini mehnat qonunchiligi hujjatlari, davlat va kasaba uyushmasi qaror, yo‘llanma va farmonlari, texnikaviy norma-hujjatlar tashkil etadi.
4. Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi talablariga asosan, barcha ishchi va xodimlar ishlab chiqarish xavfsizligi darajasidan, ish staji va ishning turidan qat’iy nazar, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘riqnomasi (instruktaji)dan o‘tishlari kerak.

Download 51.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling