Система стандартов безопасности труда (ссбт), ee значение, функции и реализация


Texnika xavfsizligi yo‘riqnomasi talablarini buzganda xodimning javobgarligi kabi masalalarni o‘z ichiga olgan kirish yo‘riqnomasi tuziladi


Download 51.95 Kb.
bet5/7
Sana14.11.2023
Hajmi51.95 Kb.
#1773406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ММТХ 3-маъруза лотинча

2.8.Texnika xavfsizligi yo‘riqnomasi talablarini buzganda xodimning javobgarligi kabi masalalarni o‘z ichiga olgan kirish yo‘riqnomasi tuziladi.
 Xodimlarni ish joyida yo‘riqnomadan o‘tkazishdan tartibi
 – barcha xodimlar kirish yo‘riqnomasidan tashqari ish joyida xam yo‘riqnomadan o‘tishlari shart;
– ish joyida yo‘riqnomadan o‘tkazishning maqsadi har bir xodimni xavfsiz va to‘g‘ri ish olib borish usullariga o‘rgatish;
– ish joyida yo‘riqnomadan o‘tkazishda xodimni mexanizmlar, dastgohlar va uskunalarning tuzilishi, xavfli va xavfsiz joylari xamda ish joyini ishga tayyorlash jarayoni bilan tanishtiriladi;
– ish joyida yo‘riqnomadan o‘tkazish xodimga bevosita rahbarlik qiluvchi brigadir (bo‘linma) zimmasiga yuklatiladi;
– yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va yo‘riqnomalar bilan ishlovchilar hamda ish joylarini ta’minlash mehnatni muhofaza qilish xizmati yoki uni vazifasini bajaruvchi rahbarlardan biriga yuklatiladi;
– yo‘riqnomadan o‘tgan xodimlar ish joyida yo‘riqnomadan o‘tkazish jurnaliga qayd etilib, tegishli imzolar quyilishi bilan rasmiylashtiriladi;
– xodimlar ish staji va malakasidan qat’iy nazar uzog‘i bilan 6 oyda navbatdagi yo‘riqnomadan o‘tkazilishi shart;
– ishlab chiqarish texnologiyalarida o‘zgarishlar bo‘lganda, dastgohlar almashganda va boshqa holatlar natijasida mehnat sharoitlarida o‘zgarishlar bo‘lganda, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda, xavfsiz mehnat olib borish bo‘yicha yo‘riqnomalarga o‘zgartirishlar kiritilganda va boshqa holatlarda navbatdan tashqari yo‘riqnomadan o‘tkaziladi;
– navbatdan tashqari yo‘riqnomadan o‘tkazish ham ish joyida yo‘riqnomadan o‘tkazish kabi sabablari ko‘rsatilgan holda jurnalga qayd qilinadi.
Ish joyidagi instruktajdan o‘tkazilgan ishchilar bilimi tekshirilgach, ular 2-5 kun davomida brigadir nazoratida ish bajaradilar, so‘ngra mustaqil ish yuritish haqida ruxsat rasmiylashtiriladi va instruktaj daftariga yozib qo‘yiladi. Unga imzo qo‘yilib instruktaj olingan sana kuni ko‘rsatiladi.
Baxtsiz hodisaning og‘ir-engilligigi va oqibatini hisobga olib to‘rt xil javobgarlik chora-tadbirlari belgilangan.

Download 51.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling