Sitologiya faniga kirish. Sitologiya fanining mazmuni va tarixi
- yilda shotland sayyohi va fizigi Robert Broun
Download 0.6 Mb.
|
1-mavzu ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rud o lf Vir xo vning 1858
- 1876 yildaEdu a rd V a n B e n e d e n
- 1953 yilda Jems Uotson va Frensis Krik
1831- yilda shotland sayyohi va fizigi Robert Broun(1773-1858) o`simlik hujayrasida yadroni topdi va unga "nukleus” yoki "areola" deb nom berdi. Birinchi atama ko`pchilik tomonidan keng qabul qilindi va xozirgacha saqlanib kelinmoqda. 1836 yilda Gabriel Valentin yadroda yadrocha borligini aniqlaydi. Matias Shleyden(1804-1881) o`simliklarning turli qismlarining o`sish davrida hujayralar paydo bo`lishini kuzatgan. Shleydenning asosiy xizmati shundaki, 1838 yilda uning “ Fitogenezis haqidagi ma`lumotlar” nomli asari chop etilgan bo`lib, muallif botanikada o`sha paytdagi ma`lum bo`lgan hujayra haqidagi tasavvurlarga tayangan holda rivojlanish nuqta`i nazardan o`simlik hujayralarining bir xilligi haqidagi fikrni ilgari suradi. Shleydenning hujayra paydo bo`lishi nazariyasi kеyinchalik sitogenezis deb atala boshlandi.1839 yilda nemis zoologi Teodor Shvann (1810-1882) hayvon hujayralarini o`rganib hayvon va o`simliklarning hayot faoliyatida va rivojlanishida hujayra tuzilma birligidir dеgan xulosaga keladi. 1838 – 1839 yillarda nemis olimlari Matias Shleyden va Teodor Shvannlar hujayra nazariyasini shakllantiradilar . Ular yaratgan nazariya ikkita postulatdan iborat edi: 1. Hayot asosan hujayra shaklida mavjud bo`lib, barchaorganizmlar hujayralardan tashkil topgan. 2.Hamma tirik organizmlar hujayralari tuzilishiga va moddalar almashinuvi jarayonlari-ning borishiga ko`ra o`xshash ya`ni gomologikdir Hayot asosan hujayra shaklida mavjud bo`lib, barcha organizmlar hujayralardan tashkil topgan. Bu tezis barcha tirik mavjudotlarning kelib chiqishi bir ekanligini ifodalaydi. Xar qanday hujayra 3 ta asosiy subtizimdan tuzilgan: tashqi apparat, sitoplazma, yadro apparati. Energetik almashinuv jarayoni hamma hujayralarda glikolizga asoslangan bo`ladi. Hamma hujayralarning hayot faoliyati uchta asosiy va universal jarayonlarga: DNK sintezi, RNK sintezi vaoqsil sinteziga bog`liq. Hujayralar orasidagi farqlar esa ular bajaradigan vazifalarning xususiyligi bilan bog`liq. Masalan: tuzilishi jihatidan bir-biridan tubdan farq qiladigan nerv va mushak hujayralari; nerv hujayrasida boshqa hujayralarda uchramaydigan va nerv impulslarini qabul qiluvchi o`simtalari, mushak hujayrasidaesa mikrofilamentlar bo`lishi xarakterlidir. XIXasrning oxirlarida sitologiya mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. Hujayra nazariyasining rivojlanishida nemis patologi Rudolf Virxovning 1858 yilda chop etilgan "Sellyulyar patologiya" asari katta o`rin egallaydi. Uning "hujayra faqat hujayra dan" – (omnis cellulaacellula) dеgan iborasi sitologiyaning rivojlanishiga turtki bo`ldi. Bu esa hozirgi vaqtda hujayra - mavjud hujayraning bo`linishi natijasida hosil bo`ladi dеgan ma`noni anglatadi. Hujayralardan tashqarida hayot yo`q dеgan ibora hozirgacha o`z qadrini yo`qotgani yo`q. R.Virxovgacha M.Shleyden o`z kuzatuvlarida hujayralarning hosil bo`lishida shu hujayraning o`zida mavjud donador massa ishtirok etadi deb noto`g`ri fikr yuritadi. Shu tariqa hujayra nazariyasi yangi postulatlar bilan boyitildi 3.Hamma hujayralar mavjud hujayraning bo`linishi orqali hosil bo`ladi. Bu tezis hujayralarning o`z-o`zidan hosil bo`lish usullarini inkor etadi. 4.Ko`p hujayrali organizmning faolligi uning hujayralari faolligi va o`zaro bir-biri bilan munosabatda bo`lishi orqali ta`minlanadi. Bunga asosan organizm - hujayralar to`dasi emas balkim o`zaro muloqotda bo`lgan hujayralar yig`indisi ya`ni tizimidir. Unda har bir hujayraning faolligi qo`shni hujayralar faoliyatiga bog`liqdir. Masalan, eritrositlar organizmdagi barcha hujayralarni kislorod bilan ta`minlaydi. Neyronlar nerv zanjirini hosil qiladi,sekret bezlari hujayralari gormon ishlab chiqaradi. Hujayralarda yuzaga keladigan bunday differensiasiyalar negizida genlardagi faollik katta ahamiyatga ega. Zigotadagi hosil bo`layotgan hujayralar hammasi bir xil tabiatlidir. Lekin organogenez bosqichida ularning differensiasiyasi boshlanadi. DNK da joylashgan genlar o`zlarida turli informatsiyani tutadilar: nafas olish, ovqat hazm qilish, ayirish, eshitish. Embrionda hujayralar hosil bo`layotgandaqaysi gen uchastkasi aktiv bo`lsa shu vazifani bajarishga moslashgan hujayra yuzaga keladi. 5. Hujayraviy tuzilish irsiy axborotning saqlanishi, ko`payishi, uzatilishi vaamalgaoshirilishini ta`minlaydi. XX- asrning boshlari sitologiya fanining rivojlanishida uug`onish davri bo`ldi.
1956-60 yillarda odam hujayrasidagi xromosomalarning o`rganilishi va bir qator sitologik usullarining takomillashi bu fanning taraqqiyoti uchun katta manba bo`ldi. O`zbekistonlik olimlar ham sitologiya fanining rivojlanishiga o`zlarining munosib hissalarini qo`shdilar. Akademik J. X. Xamidov rahbarligida endokrin bezlar va neyronlarga radiasiya ta`sirida bo`ladigan morfofiziologik o`zgarishlarini zamonaviy ilmiy usullar yordamida o`rganilgan. Kеyingi yillarda hayvon genlarinini boshqa urug`langan tuxum hujayraga mikroin`eksiya usuli bilan o`tkazish, irsiyat omilaridan foydalanib irsiy kasalliklarni yo`qotish va hayvon zotlarini tanlash hamda hujayra injeneriyasiga oid ilmiy tadqiqotlar sohasida elеktronmikroskopik, avtoradiografiya va sitokimyo usullari joriyetilib, buyrak, oshqozon-ichak tizimining patologiyasini o`rganishga doir tadqiqotlar olib borilmoqda. Akademik B. O. Toshmuxamedov hujayra membranasining tuzilishi va funksiyalariga doir tadqiqot ishlarini olib borib bir qator yangi ma`lumotlarni oldi. G`o`za genetikasi va sitologiyasi sohasining rivojlanishi uchun o`z hissasini qo`shgan O`zbekiston olimlaridan akademiklar A.A.Abdullaеv, D.A.Musaеv, professor S.M. Rizaеva va biologiya fanlari nomzodi V.P. Klyatlar 2011 yilda 1darajali Davlat mukofotiga sazovor bo`ldilar. XXI asrda sitologiya molekulyar asosda rivojlanib biologiya fanlarining yangi tarmoqlari taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Fanda to`plangan ma`lumotlarga asoslangan holda hozirgi kundagi hujayra nazariyasi quyidagi postulatlardan iborat: 1.Hujayra - tiriklikning elementar strukturaviy va funksional birligi. 2.O`simlik, hayvon va zamburug` hujayralari tuzilishi, kimyoviy tarkibi va moddalar almashinuvi jarayonlari jihatidan o`xshashdir. 3.Hujayra – tiriklikning strukturaviy va funksional birligi. Tuzilishi va bajaradigan vazifasi jihatidan o`xshash hujayralar to`qimalarga, to`qimalar – a`zo va a`zolar tizimiga birlashib organizmni tashkil etadilar. Bu esa organizmlarning bir butunligini ta`minlaydi. 4.Hujayra – barcha tiriklikning rivojlanish birligi. Har qanday organizm o`z individual rivojlanishini yagona hujayra – zigotadan boshlaydi. 5.Yangi hujayralar ona hujayraning bo`linishidan hosil bo`ladi. 6.Hujayra membranali tuzilish tartibiga ega. 7.Yadro eukariot hujayralarning genetik axborotni saqlovchi va boshqaruvchi mexanizm sifatida faoliyat yurituvchi asosiy komponentidir. 8.O`simlik va hayvon hujayralari o`rtasidagi o`xshashlik ular kelib chiqishining umumiy ligidan darak beradi. 9.Tirik organizmlar tuzilishining murakkablashuvi asosida hujayralar differensiasiyasi jarayoni yotadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling