Sitologiya va


­ rasm. Dominant mutatsiya


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

57­ rasm.
Dominant mutatsiya
 — xo‘roz-
ning bo‘yin qismida patning 
bo‘lmasligi (A); normal jo‘ja (1) 
va mutant, patsiz jo‘ja (2) (B).
A
B
1
2
http:eduportal.uz


165
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
o‘zgarishlar kiritadi, ya’ni polipeptid zanjirdagi aminokislotalarning 
ketma-ketligi yangilanadi va shu bilan oqsil molekulasining funk-
sional faolligini o‘zgartiradi.
Xromosoma tuzilmasining o‘zgarishi xromosoma mutatsiya-
si deb ataladi. Bunday mutatsiyalar xromosomaning ma’lum bir 
qismining yo‘qolishi tufayli vujudga keladi.
Ayrim hollarda xromosomadan ajralgan qism gomologik bo‘l-
magan xromosoma bilan birikib, genlarning yangi kombinatsiyasi-
ni paydo qiladi va ularning o‘zaro ta’sir xarakterini o‘zgartiradi.
urug‘lanish davrida bunday gametalarning normal gaploid 
gameta bilan qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan zigotada mazkur 
turga xarakterli bo‘lgan diploidli to‘plamga nisbatan xromosoma-
lar soni bittaga ko‘p yoki kam bo‘ladi. Bunday holatlarda genlar 
muvozanatining buzilishi organizm rivojlanishining buzilishiga olib 
keladi.
Sodda hayvon va o‘simliklarda ko‘pincha xromosomalar ning 
gaploid to‘plamga nisbatan karra ortishi kuzatiladi. Xromosoma-
lar to‘plamining bunday o‘zgarishi poliploidiya deb ataladi. Poli-
ploidiyaning darajasi har xil bo‘ladi. Sodda hayvonlarda xromo-
somalar soni bir necha yuz barobarga ko‘payishi mumkin. Poli-
ploidiya hodisasi yuksak o‘simliklarda keng tarqalgan. kariotip da 
xromosoma 
lar sonining ko‘payishi bilan organizmning genetik 
barqarorligi ortadi, mutatsiya jarayonida hayotchanlikning pasa-
yishi xavfi kamayadi. Poliploidiya organizmlarning hayotchanligi
mahsuldorligi va bosh qa xususiyatlarini oshiradi. o‘simlikshunos-
likda poliploidiya 
dan keng foydalaniladi. Chunki madaniy o‘sim-
liklarning sun’iy olin gan poliploid navlari yuqori hosildorligi bilan 
farqlanadi (167- betdagi 60- rasm).

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling