164
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
labki bosqichlaridayoq nobud bo‘ladi. Tashqi muhit o‘zgarishi nati-
jasida ilgari zararli bo‘lgan
mutatsiyalar, organizmga foydali ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Bunday mutatsiyalarni tashuvchi organizmlar
tabiiy tanlanish natijasida saralanib boradi.
mutatsiyalar paydo bo‘ladigan joylar. Mutatsiyalar
genera-
tiv va somatik bo‘lishi mumkin. Jinsiy hujayralarda paydo bo‘lgan
mutatsiyalar shu organizmning belgilarining namoyon bo‘lishi-
ga ta’sir qilmaydi, u faqat keyingi bo‘g‘inlarda namoyon bo‘ladi.
Bunday
mutatsiyalar generativ mutatsiyalar deyiladi. Agar so-
matik hujayralarning genlari o‘zgarsa, bunday mutatsiyalar shu
organizm ning o‘zida namoyon bo‘ladi va jinsiy ko‘payishda
keyingi
avlodga o‘tmaydi.
Biroq jinssiz ko‘payishda, agar organizm hujayra yoki hujay-
ralar to‘plamidan ko‘payayotgan va unda o‘zgargan – mutatsiyaga
uchragan gen bo‘lsa, bunday mutatsiyalar
somatik muta tsiyalar
deb ataladi va ular keyingi avlodlarga o‘tishi mumkin.
o‘simlikshunoslikda somatik mutatsiyalardan madaniy o‘sim-
liklarning yangi navlarini yaratishda keng foydalaniladi.
mutatsiyalarning paydo bo‘lish darajalari. Mutatsiyalarning
paydo bo‘lish darajalariga qarab gen va xromosoma mutatsiyalari-
ga ajratiladi. Bir gen doirasidagi bitta yoki bir nechta nukleotid-
larning o‘zgarishi yoki almashinishi bilan bog‘liq mutatsiyalar
gen
yoki
nuqtali mutatsiyalar deb ataladi. ular
oqsillar tuzilishiga
Do'stlaringiz bilan baham: