Sitologiya va
Jinsga bog‘liq holda irsiylanishga doir masalalar yechish
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 59 §. O‘zgaruvchanlik
Jinsga bog‘liq holda irsiylanishga doir masalalar yechish
1. Drozofila meva pashshasida ko‘zning qizil rangini ifodalovchi allel – W, oq rangini ifodalovchi allel – w ustidan dominantlik qiladi. ular jinsiy xromosomalarda joylashgan. Tajribada qizil ko‘zli gomozi- gota urg‘ochi drozofila oq ko‘zli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. olingan F 1 dagi erkak va urg‘ochi formalar o‘zaro chatishtirilib, F 2 da 300 ta drozofila olingan: a) ulardan nechtasi erkak va nechtasi urg‘ochi; b) erkak drozofilalarning qanchasi qizil ko‘zli, qanchasi oq ko‘zli bo‘lgan? 2. Odamda gemofiliyani keltirib chiqaruvchi h geni X-xromoso- mada joylashgan. Otasi gemofiliya bilan kasallangan qiz sog‘lom yi- gitga turmushga chiqqan. ular 8 ta farzand ko‘rishgan: a) farzand- larining nechtasi sog‘lom? b) qizlarining nechtasi sog‘lom? d) gemo- filiya bilan kasallangan o‘g‘il bolalar nechta? 3. Viandot tovuqlarda chipor patning ba’zilari oltin rangda, ba’zi- lari kumush rangda tovlanadi. oltin rangli chipor belgi retsessiv, ku- mush rangli chipor belgi dominant bo‘ladi. kumushrang chipor patli tovuqni oltin rang chipor patli xo‘roz bilan chatishtirib 30 ta jo‘ja olin- gan: a) ulardan nechtasi tovuq? b) F 1 da necha xil genotip olingan? d) jo‘jalarning nechtasi kumushrang chipor patli bo‘ladi? e) xo‘roz- larning nechtasi kumushrang chipor patli bo‘ladi? f) tovuqlar ning nech tasi oltin rang chipor patli bo‘ladi? 59 §. O‘zgaruvchanlik organizmlarning belgi va xususiyatlari bilan o‘zaro farq qilishi yoki bir turga mansub organizmlarning bir-biridan farq qilish xos- sasiga o‘zgaruvchanlik deb ataladi. o‘zgaruvchanlik tufayli turlar xilma-xilligi ortadi. o‘zgaruvchanlik tabiiy va su’niy tanlash uchun manba hisoblanadi. o‘zgaruvchanlik – irsiylanmaydigan va irsiyla- nadigan xillarga bo‘linadi. organizmlarda vujudga keladigan o‘zgaruvchanlikni quyi- dagilarga ajratish mumkin: http:eduportal.uz 159 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM 1. kombinativ o‘zgaruvchanlik – ota-ona organizmlar ning er- kin chatishuvi natijasida keyingi avlodlarda genlarning yangi kom- binatsiyalarini vujudga kelishi orqali amalga oshadi. 2. Rekombinogenez o‘zgaruvchanlik – meyoz jarayonida go- mologik xromosomalar o‘rtasida sodir bo‘ladigan krossingover tu- fayli amalga oshadi. 3. Mutatsion o‘zgaruvchanlik – genlar va xromosomalarning o‘zgarishi orqali amalga oshadi. 4. ontogenetik o‘zgaruvchanlik – organizmlarning individual rivoj lanishi natijasida organizmlarning belgilarini o‘zgarishi bilan amalga oshadi. 5. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik – tashqi muhit omillari ta’si- ri natijasida organizmlar genotipi o‘zgarmagan holda fenotipini o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgaruvchanlik. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling