Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- autosomalar
57 §. Jins genetikasi
organik olamda jinsiy farqlarning kelib chiqishi, jinsni aniqlash mexanizmi, jinslar o‘rtasidagi nisbatlarni o‘rganish biologiya uchun nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. hayvonlar jinsi sun’iy yo‘l bilan boshqarilganda edi, qishloq xo‘jaligi uchun juda katta foyda keltirgan bo‘lardi. Jins tuxum hujayra urug‘langandan keyin ma’lum bo‘ladi. Ayrim jinsli organizmlarda (jumladan odam- da ham) jinslar nisbati odatda 1:1 ni tashkil etadi. ko‘pchilik ayrim jinsli organizmlarning erkak va urg‘ochilarida xromosomalari bir xil emas. Ana shu tafovutlar bilan drozofiladagi xromosomalar soni misolida tanishib chiqaylik. Drozofilada xromosoma to‘plami diploid holda 8 ta bo‘ladi. uch juft xromosomalari jihatidan olganda erkak va urg‘ochi orga- nizmlarda bir-biridan farq qilmaydi. Lekin bir juft xususiga kelgan- da muhim tafovutlar mavjud. urg‘ochisida ikkita bir xil (juft) tayoq- chasimon xromosomalar bor; erkagida bunday xromosoma faqat http:eduportal.uz 154 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM bitta, uning juftini ikki yelkali alohida bir xromosoma tashkil etadi. erkaklari bilan urg‘ochilarida farq qilmaydigan, bir xildagi xromo- somalar autosomalar deb ataladi. erkaklari bilan urg‘ochilarida bir-biridan farq qiladigan xromosomalar esa jinsiy xromosomalar deyiladi. Shunday qilib, drozofilaning xromosomalar soni oltita autoso- ma va ikkita jinsiy xromosomadan tashkil topadi. urg‘ochi pash- shada qo‘shaloq holda (XX), erkak pashshada esa (XY) yakka holda bo‘ladigan tayoqchasimon jinsiy xromosoma X-xromosoma, ikkinchi jinsiy xromosoma (urg‘ochi pashshada bo‘lmaydigan, er- kak pashshada ikki yelkali bo‘ladigan xromosoma) Y-xromosoma deyiladi. erkak va urg‘ochi pashshaning xromosomalar to‘plamidagi bu jinsiy tafovutlar ko‘payish jarayonida qanday saqlanib qoladi? Bu savolga javob berish uchun meyoz va urug‘lanishda xro- mosomalar qanday holatda bo‘lishini aniqlab olish zarur. urg‘ochi pashshaning jinsiy xromosomalari yetilayotganda meyoz natijasi- da har bir tuxum hujayraga to‘rtta xromosomadan iborat gaploid to‘plam, shu jumladan, bittadan X-xromosoma o‘tadi. Meyozda erkak pashshada ikki xil spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Jinsiy xro- mosomalar hujayraning qarama-qarshi qutblariga tarqalib keta- di. X-xromosoma bir qutbga, Y-xromosoma ikkinchi qutbga bora- di. Shu tufayli erkak pashshalarda ikki xil spermatozoidlar teng miq dorda hosil bo‘ladi. Bir xil spermatozoidlar 3 ta autosoma bi- lan bitta X-xromosoma, boshqalarida uchta autosoma bilan bitta Y-xromosoma bo‘ladi. urug‘lanishda ikkita kombinatsiya bo‘lish ehtimoli bir xil. Tuxum hujayrani X yoki Y-xromosomali sper- ma urug‘lantirishi mumkin. Birinchi holda urug‘langan tuxumdan urg‘ochi pashsha, ikkinchi holda erkak pashsha rivojlanadi. or- ganizmning jinsi urug‘lanish vaqtida belgilanadi va zigotaning xro- mosomalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Jins belgilanishining xromosoma mexanizmi odamda ham xuddi drozofiladagi kabi bir xil. Odam xromosomalarining dip- loid soni – 46 ta. Shu songa 22 juft autosoma va 2 ta jinsiy xro- http:eduportal.uz 155 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM mosoma kiradi. Ayollarda jinsiy xromosomalar XX, erkaklarda – XY-xromosomadan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra, erkaklarda ikki xil spermatozoidlar – X va Y-xromosomali spermatozoidlar hosil bo‘ladi (53- rasm). Ayrim jinsli ba’zi organizmlarda (masalan, ba’zi hasharotlar- da) Y-xromosoma umuman bo‘lmaydi. Bunday hollarda erkagi- ning xromosomalari bittaga yetishmaydi: X va Y-xromosoma- lar o‘rnida bitta X-xromosoma bo‘ladi. Bu holda meyoz jarayoni- da erkak gametalar hosil bo‘lib kelayotganida X-xromosomada kon’yu gatsiya uchun sherigi bo‘lmaydi va hujayralarning biriga o‘tadi. Natijada, barcha spermatozoidlarning yarmisi X-xromo- somali, qolgan yarmisi esa undan mahrum bo‘ladi. Tuxum hujayra X-xromoso mali spermiy bilan urug‘lansa, ikkita – X-xromosoma- si bo‘ladigan to‘plam yuzaga keladi va bunday tuxumdan urg‘ochi orga nizm rivojlanib boradi. Tuxum hujayra X-xromosoma yo‘q spermiy bilan urug‘lansa, u holda bitta X-xromosomasi bo‘lgan or- ganizm bunyod ga keladi, u erkak bo‘lib chiqadi. Shu bilan birga, tabiatda jins belgilanishining boshqa turi ham borki, u urg‘ochi jinsning geterogametali bo‘lishi bilan ta’riflana- di. Bu o‘rinda yuqorida ko‘rib o‘tilgan munosabatlarning teskarisi bo‘ladi. urg‘ochi jinsga har xil jinsiy xromosomalar XY-xromosoma Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling