Sitologiya va


Viruslarning hujayralar bilan o‘zaro ta’siri


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Viruslarning hujayralar bilan o‘zaro ta’siri. hujayra oralig‘i 
muhitidagi suyuqlikdan hosil bo‘lgan pinositoz vakuolalar orqali 
tasodifan hujayra ichiga virus kirishi mumkin. Ammo odatda hu-
jayraga virusning kirishidan avval hujayra sirtidagi maxsus oq-
sil-retseptor bilan bog‘lanish sodir bo‘ladi. ushbu bog‘lanish virus 
yuzasida maxsus oqsillar orqali amalga oshiriladi. ular hujayra 
sirtidagi sezgir ma’lum retseptorni “tanib olish” xususiyatiga ega. 
Virus bilan bog‘langan hujayraning qismi sitoplazmaga birlashib, 
vakuolaga aylanadi. Sitoplazmatik membranadan tashkil topgan 
vakuola qobig‘i boshqa vakuola yoki yadro bilan qo‘shiladi. Ana 
shunday yo‘l bilan virus hujayraning barcha qismiga tarqalishi 
mumkin.
Virusning hujayraga kirib borishi yuqumlilik xususiyatini kel-
tirib chiqaradi. Chunonchi, sariq kasalligini qo‘zg‘atuvchi A va B 
2­ rasm.
Tamaki 
mozaika 
virusi va 
uning 
tuzi lishi.
Spirallashgan RNk
kapsid
Virusning tuzilishi
Barg hujayrasidagi 
virus kristallari
Tamaki mozaikasi bilan 
kasallangan barg
http:eduportal.uz


12
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
viruslar faqat jigar hujayralariga kirishi 
mumkin va ularda ko‘paya oladi.
Virus zarrachalarining to‘planishi 
ularning hujayradan chiqib ketishiga olib 
keladi. ushbu jarayon ba’zi bir viruslar-
da “portlash” tarzida ro‘y beradi. Natija-
da hujayra nobud bo‘ladi. Boshqa tur-
dagi viruslar kurtaklanishga o‘xshash 
yo‘l bilan ajraladi. Bunda organizmning 
hujayralari hayotchanligini uzoq vaqtga-
cha saqlab qoladi.
Bakteriya virusi — bakteriofaglar-
ning hujayraga kirishi biroz boshqacha-
roq. Bakteriyalarning qalin hujayra qo-
big‘i hayvon hujayralaridek oqsil-retsep-
torli va unga birikkan virus bilan birgalikda sitoplazmaga kirib 
borishiga imkon bermaydi. Shuning uchun bakteriofag hujayrasi-
ga ichi kovak tayoqcha yordamida uning boshchasida joylashgan 
DNk (yoki RNk) itarib kiritiladi (3- rasm). Bakteriofagning genomi 
sitoplazmaga tushadi, kapsid esa tashqarida qoladi. Bakteriya 
hujayrasi sitoplazmasida bakteriofagning genomi reduplikatsiya-
si boshlanadi hamda oqsil sintezlanib, uning kapsidi shakllanadi. 
oradan ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng bakteriya hujayrasi nobud 
bo‘ladi. Yetilgan fag zarrachalari esa tashqariga chiqadi.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling