Sitologiya va
§. Tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlanish
- ko‘pa yishdir
1 §. Tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari
I bob HAYOTNING umumIY qONuNIYATLARI ORGANIK OLAm HAqIDA mA’LumOT BO‘LIm I hayotning umumiy qonuniyat- lari organizmlarning xilma-xilligi http:eduportal.uz 6 oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT I Bo‘LIM lanishidan ajra lib chiqadi. Moddalar almashinuvi natijasida organizm larda keraksiz moddalar ham to‘planishi mumkin. Bun- day moddalar odatda zaharli moddalardir, ularni organizmdan chiqarib yuborish ajratish jarayoni deb ataladi. Tirik organizmlar o‘sadi va rivojlanadi. O‘sish va rivojla nish barcha tirik organizm- lar uchun xos xususiyatdir. o‘sish organizmlar tomonidan ozuqa moddalarni o‘zlashtirish hisobiga amalga oshadi. organizmlar tashqi muhitdagi va o‘zida kuzatiladigan barcha o‘zgarishlarga ham sezgir bo‘ladi. Buning uchun yashil o‘sim- liklarning quyosh nuri ta’siriga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib o‘tish kifoya. Demak, tirik organizmlar qo‘zg‘aluvchanlik xususi- yati bilan tavsiflanadi. Shuningdek, tirik organizmlar o‘zinio‘zi idora etish xususiyatiga ham ega bo‘lib, u organizmni o‘zgaruv- chan tashqi muhit sharoitlariga javoban kimyoviy tarkibi va fiziologik jarayonlarning borishini ma’lum bir me’yorda ushlab tu- rish, ya’ni gomeostaz bilan bog‘liq. Bunda tashqi muhitdan qan- daydir ozuqa moddalarni qabul qilishi, yetishmasa organizm o‘zi- ning ichki imkoniyatlaridan foydalanishi, aksincha, ortiqcha mod- dalarni zaxira sifatida saqlashi mumkin. ko‘pincha biz turmushda hayot doimiy harakatda degan ibora- ni ishlatamiz. haqiqatdan ham shunday. Barcha tirik organizmlar, ayniqsa, barcha hayvonlar doimiy harakatda bo‘ladi. hayvonlar o‘ziga ozuqa topish va xavf-hatardan saqlanishi uchun faol hara- katda bo‘lishi zarur. Harakatlanish — tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biridir. o‘simliklar ham harakatlanish xususiyatiga ega. Ammo ular- ning harakati juda sekin ro‘y bergani uchun deyarli bilinmaydi. Tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan yana biri ko‘pa yishdir. ushbu xususiyat tiriklikning eng zaruriy omili hisoblanadi va shuning uchun ham sayyoramizda hayot davom etib kelmoqda (1- rasm). ko‘payish orqali tirik organizmlar o‘zi uchun xos bo‘lgan yana bir muhim xususiyat — irsiyat va o‘zgaruvchanlikni amalga oshiradi. Irsiyat tufayli tur turg‘unligi ta’minlanadi. o‘zgaruvchanlik natijasida esa tur xilma-xilligi ortadi. http:eduportal.uz 7 oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT I Bo‘LIM MoDDALAR ALMAShINuVI oZIQLANISh NAFAS oLISh AJRATISh Qo‘ZG‘ALuVChANLIk hARAkATLANISh ko‘PAYISh o‘SISh VA RIVoJLANISh Tirik organizmlarning asosiy xususiyatlari: Tirik organizmlar jonsiz tabiatdan nimasi bilan farq qiladi? Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling