Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
Bakteriyalar. Bakteriyalar yer sharidagi sodda tuzilgan eng
qadimgi va ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan sodda organizmlar hi- soblanib, hujayrasida yadro rosmana shakllanmaganligi hamda oddiy ko‘payishi (bo‘linish yo‘li) bilan xarakterlidir, jinsiy ko‘payish uchramaydi. Ba’zi avtotrof bakteriyalarni hisobga olmaganda, ular gete rotrof oziqlanadi. hujayra po‘sti murein moddasidan iborat. Bakteriyalar bir hujayrali, ba’zan ipsimon yoki shoxlangan, koloni- yali organizmlar bo‘lib, ular shakl jihatidan uch guruhga ajratilgan: 1. Sharsimon-kokklar; 2. Tayoqsimon-batsillalar; 3. Buralgan- vib rionlar, spirillalar (4- rasm). Bakteriyalar noqulay sharoitda spora hosil qilish xususiyati- http:eduportal.uz 14 oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT I Bo‘LIM ga ega. Sporalar tashqi omillar ta’siriga ancha chidamli bo‘lib, bakteriyalar spora holatida bir necha yilgacha o‘z hayotchanligini saqlab qoladi. ular asosan shamol va suv yordamida tarqaladi. Shuning uchun ham suv, tuproq, ozuqa mahsulotlarida va turar joylarda bakteriyalar ko‘p uchraydi. Shuningdek, bakteriyalarning erkin kislorodli muhitda yashovchi aerob va kislorodsiz muhitda yashovchi anaerob hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya turlari ham mavjud. Xavfli kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar orasida o‘pka sili kasalligi ni qo‘zg‘atuvchi tayoqchasimon bakteriyaga qarshi davo- lash usullari va tegishli dori-darmonlar yaratilgan. Vatanimizda sil kasalligini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida max- sus dispanserlar faoliyat ko‘rsatib turibdi. Sil kasalligi sekin rivojla- nadigan kasallik hisoblanadi, bakteriyalar orqali tez tarqaladigan xavfli kasalliklarga o‘lat, vabo, kuydirgi kabi kasalliklarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. ularni ma’lum turdagi bakteriyalar keltirib chiqaradi. o‘lat kasalligini keltirib chiqaradigan bakteriyalar sich- qon va kalamushlarda yashaydigan burgalar orqali tarqaladi. hozirgi davrda mamlakatimizda yuqumli kasalliklar xav- fi bartaraf etilgan. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari doimo qat’iy nazorat ostida, shuningdek, vodoprovod suvlari filtrdan o‘tkaziladi. De z in feksiya ishlari keng ko‘lamda olib boriladi. Bu borada sani- tar epidemiologik stansiyalar faollik ko‘rsatib kelmoqda. kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi kurash chora-tadbirlaridan biri Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling