Sitologiya va


fikotsian va yashil xlorofill


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

fikotsian va yashil xlorofill pigmentlari ko‘proq bo‘ladi. ko‘k-
yashil suvo‘tlar bakteriyalarga o‘xshash hujayrasining tiriklik qis-
mi yadro va boshqa hujayra organoidlariga ajralmagan. hujayra 
po‘sti pektindan iborat. hujayrada fotosintez mahsuli sifatida oqsil 
donachalari zaxira moddalar sifatida to‘planadi. ko‘k-yashil suv-
o‘tlar hujayrasi odatda ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Bun-
dan tashqari, ipsimon vakillari iplarining bir necha qismlarga ajrali-
shi, ya’ni gormogoniylar yordamida ko‘payadi.
ko‘k-yashil suvo‘tlar bo‘limining bir hujayrali vakillariga 
xrokokk (Chroccoccus), ipsimon 
holdagi vakillariga ossillatoriyani 
(ossillatoria), koloniyali holdagi va-
killariga esa nostok (Nostoc)ni misol 
qilish mumkin. Ossillatoriya oddiy 
ipsimon, shilimshiq pardasi bo‘lma-
gan hujayrasining eni bo‘yidan bir 
necha marta katta. ossillatoriya ipi 
tanasi bo‘ylab bir xilda tuzilgan hu-
jayralardan iborat (15- betdagi 6- 
rasm). Sitoplazmada rangsiz sen­
troplazma va uni o‘rab olgan rangli 
xromatoplazma ajratiladi. ossilla-
toriya ipi alohida gormogoniylarga 
ajralib ketish yo‘li bilan ko‘payadi.
Tabiatda ossillatoriyani sholi-
poya 
lar, ko‘lmak suvlar, hovuz va 
ko‘llarda ko‘plab uchratish mumkin.
Nostok — koloniya holda 
A
tashqi korinishi. 
B tallomning kattalashtirilgan
bir bo
lagi.
7­ rasm.
Nostok.
 A
B
http:eduportal.uz


17
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
yashov chi suvo‘ti bo‘lib, koloniyasi yong‘oq yoki olxo‘ri donasidek 
kattalikda bo‘ladi. u shilimshiq po‘st bilan qoplangan. koloniyada 
sharsimon hujayralar marjonsimon, xilma-xil buralgan, ipsimon 
ko‘rinishlarda joylashgan. Nostok koloniyasi ko‘pincha tog‘li tu-
manlarda buloq, soy va ariqlarda keng tarqalgan (7- rasm).
Tashqi ko‘rinishi jihatdan sodda tuzilgan ko‘k-yashil suvo‘tlar 
tashqi muhitning noqulay sharoitlariga ancha moslashuvchan. 
Shuning uchun ham ularni chuchuk va sho‘r suvlarda, tuproq va 
uning yuzasida hattoki qaynar buloqlarda ham uchratish mumkin.
Markaziy osiyo cho‘llarida ko‘k-yashil suvo‘tlar tuproq hosil 
bo‘lishi jarayonlarida qatnashadi. ular atmosferadagi erkin azotni 
o‘zlashtirish xususiyatiga ega va tuproqni azotga boyitadi. Yapo-
niya va Xitoyda nostokning ba’zi turlari ozuqa sifatida ishlatiladi. 
1. Prokariotlar deb qanday organizmlar aytiladi?
2. Bakteriyalar qanday tuzilishga ega?
3. Bakteriyalarning qanday foydali va zararli tomonlarini bilasiz?
1. oziq-ovqat mahsulotlarini bakteriyalarning zararli ta’siridan 
qanday saqlash mumkin ekanligi to‘g‘risida fikr bildiring. 
2. Bakteriyalar ta’sirida qanday kasalliklar kelib chiqishi va
ularga qarshi qanday choralar ko‘rish kerakligini tushunti ring.
3. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini yetishtirishda bakteriyalarning
roli haqida yozma ma’lumotlarni tayyorlang.
2. Biologiya, 9- sinf.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling