Sitologiya va


Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri. Bitta genning bir qan-
cha belgining rivojlanishiga ta’siri ham aniqlangan. Bu hodisa 
pleyotropiya deb ataladi. Pleyotropiya hodisasi tabiatda keng 
tarqalgan. Bu hodisa o‘simliklar bilan hayvonlarning ko‘p genida 
uchraydi. Misol uchun, genetik jihatdan yaxshi o‘rganilgan dro-
http:eduportal.uz


147
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
zofila meva pashshasining ko‘zlarida pigment bo‘lmasligini belgi-
laydigan gen pushtilikni kamaytiradi, ba’zi ichki organlar rangiga 
ta’sir ko‘rsatadi va hayotchanligini qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Gulli o‘simliklarda gullarning to‘q qizil rangda bo‘lishini ta’min 
etuvchi gen ularning poya va shoxlarining ham to‘q qizil rangda 
bo‘lishiga daxldordir. Tovuqlarda jingalak patli zotlar uchraydi. 
Bunday pat tovuq tanasiga yopishib turmaydi, ko‘pincha sinib ke-
tadi. Bu bilan tovuq tanasidan tashqi muhitga ko‘p issiqlik tarqala-
di, ovqat hazm qilish, yurak-tomir faoliyatining ishi buziladi. Bular 
esa tovuqning nasl qoldirish xususiyatiga va hayotchanligiga sal-
biy ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zi bir genlarning pleyotrop ta’sirida organizmdagi turli or-
ganlarning rivojlanishida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi, natija-
da ular nobud bo‘ladi. Bunday genlar letal, ya’ni halokatga olib 
keluv chi genlar deb ataladi. Misol uchun: sichqonlarda jun rangi-
ning sariq va qora bo‘lishi bir juft allel genlar (A-a)ga bog‘liq. Bu 
gen retsessiv gomozigota (aa) holatda bo‘lsa, sichqon junining 
rangi qora bo‘ladi. Juni sariq rangda bo‘lgan sichqonlar doimo 
geterozigota (Aa) holatda bo‘ladi. Sariq sichqonlar orasida domi-
nant gomozigotali (AA) formalari tabiatda umuman uchramaydi. 
Bugdoy doni 
rangining 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling