Sitologiya va
- §. Genlarning polimer ва ko‘p tomonlama ta’siri
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
54- §. Genlarning polimer ва ko‘p tomonlama ta’siri
Genlarning polimer ta’siri. Allel bo‘lmagan bir nechta gen- ning bitta belgining rivojlanishiga o‘xshash ta’sir ko‘rsatishi gen- larning polimer ta’siri deyiladi. Genlarning polimer ta’siri orga- 10. Biologiya, 9- sinf. http:eduportal.uz 146 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM nizmlarning miqdoriy belgilarida uchraydi. Masalan, hayvonlarning vazni, o‘sishi, o‘simliklarning bo‘yi, tovuqlarning tuxum qilishi, qo- ramol sutining miqdori va yog‘liligi, o‘simliklar tarkibidagi vitamin- lar miqdori va boshqalar. Miqdor belgilarning rivojlanish darajasi unga ta’sir etuvchi polimer genlar soniga bog‘liq bo‘ladi. Polimer irsiylanishni dastavval shved olimi Nilson ele o‘rgan- di. u bug‘doyning qizil (A 1 A 1 A 2 A 2 ) va oq (a 1 a 1 a 2 a 2 ) navlarini o‘zaro chatishtirib, F 1 o‘simliklarni oldi (52- rasm). F 1 da donlarning rangi pushti bo‘ldi. F 1 o‘zaro chatishtirilib, F 2 dagi o‘simliklarning don rangiga qarab beshta guruhga ajratildi. ularning miqdoriy nisbati quyidagicha: bitta qizil, to‘rtta och qizil rangli, oltita pushti, to‘rtta och pushti rangli, bitta oq donli o‘sim- liklar olindi. Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ xillarga bo‘li- nadi. Nokumulyativ polimeriya ko‘proq sifat belgilarni irsiylanishi dominant genlar soniga bog‘liq bo‘lmagan holda namoyon bo‘ladi. Miqdor belgilarning irsiylanishi kumulyativ polimeriya orqali amalga oshadi. kumulyativ polimeriyada duragaylarda belgining har xil da- rajada rivojlanishi dominant genlarning soniga bog‘liq bo‘ladi. ku- mulyativ polimeriyada fenotip jihatdan nisbat F 2 da 1:4:6:4:1, noku- mulyativ polimeriyada esa 15:1 nisbatda bo‘ladi. Polimer irsiylanish qonuniyatlarini o‘rganishning ahamiya- ti juda katta. organizmlardagi, xususan, madaniy o‘simlik va uy hayvonlarining inson uchun foydali miqdoriy belgilari polimer gen- lar ta’sirida irsiylanadi va rivojlanadi. Masalan, uy hayvonlarining og‘irligi, sut miqdori va yog‘liligi, lavlagi ildizmevasidagi shakar- ning miqdori, g‘alladoshlarda boshoqning uzunligi, makkajo‘xori so‘tasining uzunligi va hokazo. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling